Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

QOHIRADAGI USMON MUSHAFI 

 

Qohiradagi «Sayyiduno Husayn» masjidida ikkita qadimiy mushaf bor. Ulardan biri 



sayyiduno Usmon (r.a.) va ikkinchisi sayyiduno Ali (k.v.)ga tegishli deb hisoblanadi. 

Barzanjiy aytadilar: “Qohiradagi Mushafda xuddi hozirgi kunda Madinai Munavvarada 

mavjud bo‘lgan Mushafdagi kabi “fasayakfikahumulloh” oyatining ustida qon izlari bor. 

Makkadagi Mushafda ham shunday. Bundan kelib chiqadiki, kimdir ataylab, mazkur oyat 

ustiga, Bosh Mushafga o‘xshatish maqsadida, qon izlarini tushirgan. Vaholanki, hazrati 

Usmon qonlarining izi faqat bitta Mushafda bo‘lgan. Ehtimol bular Ibn Jubayr rivoyatida 

aytilgan, hazrati Usmon har xil yurtlarga jo‘natgan Mushaflarning ba’zilari bo‘lsa kerak”. 

Shuningdek, Berlin muzeyida ham bir qadimiy mushaf bor, yana biri Turkiyada 

mavjud. Mag‘rib podshohlari yurishlarda hazrati Usmon Mushaflarini qo‘shindagi birinchi 

tuyaga yuklab qo‘yar edilar.( «Nafxut-tiyab» 1-jild, 263-bet.) 

Ba’zi sharqshunos olimlar bir qancha tarixiy rivoyatlarni to‘plaganlarki, ularni 

e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bu rivoyatlar qadimgi ulamolarning Mushaflarni 

yoki ularning suralarini musulmon mamlakatlarda ko‘rganliklarini ta’kidlaydi. Mazkur 

sharqshunos olimlarning boshida professor Kazimirovni tilga olish mumkin. Ushbu 

rivoyatlardan biz Usmon Mushaflaridan biri IV hijriy asrning boshlarida mavjud ekanligini 

bilib olamiz. ( “Mubahasot”, 101-bet.) ; 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling