Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MADINA MUSHAFI
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 mushaflarning xar biriga bittadan olim qo‘shib, turli o‘lkalarga yuborgan edilar. Masalan, Zayd bin Sobitga Madina ahliga, Abdulloh bin Soibga esa Makka ahliga qiroatni o‘rgatishni amr etgandilar. Mana shu yo‘l bilan bir xil qiroat hamma tomonga yoyildi va Usmon Mushaflaridan nusxalar olindi. Usmon Mushaflari bosh kitob va murojaat qilinadigan asl manba’ sifatida mo‘‘tabar va muqaddas sanalar, shuning uchun ham ular qo‘riqlanadigan joylarda, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan saqlanar edi. Bora-bora ular qimmatbaho yodgorlik sifatida xalifa va podshohlarning xazinalariga ko‘chirilib, odamlar ko‘zidan uzoqlashdi. Agar kimning qo‘liga undan biror nusxa tushib qolsa, hech kimga ko‘rsatmaslikka harakat qilar edi. Davlat to‘ntarishlari, turli ixtilof va talon-tarojlar oqibatida bu Mushaflarning ba’zilari boshqa mamlakatlarga olib ketildi. Ba’zilari har xil shaxslarning qo‘liga tushdi, taqdiri esa noma’lum bo‘lib qoldi. Muhammad Tohir bin Abdul Qodir Kurdiy o‘zining «Tarixul-Qur’on» nomli kitobida shunday yozadi: «Biz Hijoz va Misr kutubxonalarida ko‘p izlanishlar olib bordik, lekin ularning mavjudligi haqida bizlarni qoniqtiradigan hujjatlar topmadik, faqatgina Qohirada chiqadigan «Ad-dunya va kullu shay’» («Dunyo va harbir narsa») majallasining 1937 yil 24 avgust sonida bosilgan «Olmoniya olti oy ichida Hijoz podshosi hukumati bilan tuzilgan bitimga muvofiq, xalifa Usmon Mushafining asl nusxasini qaytarib beradi», degan xabarga yo‘liqdik xolos. Bu xabarga ko‘ra, mazkur Mushaf Madinadan turk qurolli kuchlari tomonidan olib ketilgan bo‘lib, keyinchalik sobik, imperator Gilyom P ga topshirilganligi isbot bo‘lgan».( «Tarixul-Qur’on», 119-bet.)
Usmon Mushaflarining ulamo va qoriylar tomonidan eng ko‘p zikr qilinadigani Madina Mushafidir. Uning to‘g‘risida Imomi Nofi’ ko‘p naql qilganlar. Ibn Jubayr o‘zining sayohati pirovardida shunday yozadi (uning Madinaga qilgan ziyorati 580 hijriyda bo‘lgan): «Masjidi Nabaviyda saqlanayotgan mushaf, ustida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf emas, balki har tomonga yuborilgan Mushaflarning biridur». Mavlono Shibli Nu’moniy aytadilar: «Madina Mushafini 735 h. yilda Madinai Munavvarada ko‘rganlar, uning orqasida shunday yozuv bor edi: «Bu Mushaf bir guruh sahobalar, shu jumladan Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr va Said bin Os qarorlari bilan yozildi». Kitobning boshqa tomonida hazrati Usmon Mushafni yozish uchun yig‘gan boshqa sahobalarning nomlari bor edi. Mana shu sanada Makka Mushafi ham mavjud edi». Samhudiyning «Xulosatul-vafo» kitoblarida, «654hijriyda Masjidi Nabaviyda sodir bo‘lgan birinchi yong‘in paytida yonib ketgan narsalar ichida kitob va mushaflar ham bor edi. Ba’zi bir narsalar va Usmon Mushafidan boshqa hech narsa omon qolmadi»,— deyiladi. Shunga binoan Usmon Mushafi shu sanada Madinada mavjud edi, keyinchalik qayoqqa ketgani ma’lum emas. Ba’zi bir zamondoshlarimiz: «U to turklar Madinadan 1334 yilda chiqib ketgunlaricha mavjud edi. Ehtimol, Ostona (Konstantinopol)ga olib ketilgan bo‘lsa kerak», deydilar.( «TarixulQur’on» kitobi). Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling