Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

13

«Da’vatulhaq» majallasidan).  



 

 

USMON MUSHAFLARINING SONI, ULARNING YOZILISH USULI VA XAT TURI 

 

Ulamolar Usmon (r.a.) turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni to‘g‘risida har xil 



rivoyatlar aytganlar. Masalan, Hamza bin Habib Az-Zayyot ular to‘rtta edi, deydilar. Abu 

Hotim As-Sijistoniy esa yettita bo‘lgan deydilar. Eng to‘g‘ri rivoyat oltitadir: Makkiy, 

Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo‘lgan Madaniy va xalifaning o‘zlari 

uchun xos bo‘lgan madaniy Mushaflardur. Oxirgisini hazrati Usmon(r.a.) o‘zlari uchun 

olib qolganlar. Ul zot bu mushaflarning birortasini ham o‘z qo‘llari bilan yozmaganlar, 

balki ularni yozishga buyurganlar, xolos. 

Tarix ulamolari nazdida Qurayshlardan birinchi bo‘lib xat yozishni o‘rgangan va 

o‘rgatgan kishi Harb bin Umayyadir. O’sha paytdagi xat turi anboriy-himyoriy deb 

atalardi. U Hijozda tarqagandan so‘ng, Hijoziy deb atala boshladi. Islom dini kelgan 

paytda arablar orasida mana shu xat turi qo‘llanilar edi va shu yozuv bilan vahiyni, Abu 

Bakr sahifalarini, Usmon Mushaflarini yozdilar. Usmon Mushaflari har xil yordamchi shakl 

va nuqtalardan xoli yozilgan. Unga juz’lar, hizblar va boshqa ko‘rsatgichlarning 

alomatlari qo‘yilmagan. To Kufa yozuvi paydo bo‘lguncha Mushaf va boshqa hujjatlar 

ana shu xatda yozilar edi. Keyinchalik bir guruh xattotlar Kufa yozuvi bilan nusxalar 

ko‘chira boshladilar. Bu yozuv arab xatining tajvidini va uning yaxshilanishini ko‘zda 

tutar edi. Bora-bora Kufa ahli yozuvi o‘zining shakli jihatidan hijoziy xatdan qulay 

ekanligi ma’lum bo‘ldi va kufiy xat deb ataldi. Ana shu vaqtdan e’tiboran Qur’on va 

boshqa yozuv asarlari qufiy xatida bitila boshladi. 

O’sha zamonda bitiklar terilarga kufiy xat bilan yozilar edi. Bundan boshqa turda xat 

bitishni arablar bilmas edilar. Islomdan keyin eng qadimiy yozuv bo‘lgan bitiklarni ham 

terilarga yozdilar. Ular matolarga, xususan, bo‘zdan to‘qilgan Misr matosiga, shuningdek 

taxta, suyak, tosh va sopollarga yozar edilar. 

Abbosiylar davriga kelib, qog‘oz deb ataladigan yangi ashyo paydo bo‘ldi. U yuziga 

mum surtilgan varaqlardan iborat bo‘lib ko‘rinishidan teriga o‘xshab ketar edi. Qog‘oz 

yasashni arablar xitoyliklardan olganliklari haqiqatga yaqinroqdir. Chunki xitoylar 

miloddan oldin ham qog‘oz yasash sohasida mohir bo‘lganlar. Arablar Samarqandni fath 

qilganlarida bu sinoatni o‘sha yerdan o‘rgandilar, lekin, u Abbosiylar davrining birinchi 

asridagina keng tarqaldi. Bu paytga kelib terilar kamayib, yozishma va bitiklar uchun 

yetishmay qolgan edi («Qohiradagi Husayn masjidlaridagi Payg‘ambardan qolgan 

osorlar» kitobi.126-bet( «MuxallEfoturrasul») 

Arablar ajamlar bilan aralashib, quda-anda bo‘lib, ulardan yangi avlod paydo 

bo‘lganda, bu avlodning talaffuzida har-xil ohanglar vujudga keldi. Bu holat arab tilining 

buzilishi va Qur’on qiroatiga putur yetishi xavfini tug‘dirdi. Shuning uchun yozuvda qisqa 

unlilarni ifodalovchi harakat belgilarini (harakatlarni) ishlab chiqish qat’iy zaruriyatga 

aylandi. Natijada, 67-hijriy yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul-Asvad Duvaliyga 

nahv(sintaksis) darsligini ishlab chiqishni buyurdi. Buning uchun AbulAsvad i’rob 

(so‘zlarning jumladagi holatini ifodalash) harakatlarini bildiruvchi nuqtalardan 

foydalandi. U quyidagicha yo‘l tutdi. Bir kotibni olib kelib, unga: «Agar biror harfdan 

keyin «a» qisqa unlisini talaffuz qilsam, o‘sha harfning tepasiga nuqta k,o‘yasan(fatha), 

agar «u» qisqa unlisini aytsam, o‘rtasiga (zamma), agar «i» qisqa unlisini qo‘shsam, 

harfning tagiga nuqta(kasra) qo‘yasan»,— dedi. Bunda nuqtalar matn yozuvi siyohidan 

boshqacha rangdagi siyohlar bilan yozilar edi. Bu arab yozuvining takomillashtirishdagi 

birinchi isloh edi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid bin AbdulMalik bin Marvon 



Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling