Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Tasdiqladi: general-mayor Gamzin Bosh kotib: Dyakov
Shunday qilib, Mushafni olib, butun ehtiyot choralari ko‘rilib, hurmat bilan Peterburgga yuborildi va imperator kutubxonasining nodir qo‘lyozmalar bo‘limiga qo‘yildi. U bilan birga sharqshunos olim Kun (1840-1888) tomonidan tartibga solingan va Mullo Abdujalil, Mullo Muin muftiy va boshqalardan olingan ma’lumotlar, protokol va xabarnoma ham bor edi. Shundan so‘ng, mashhur rus sharqshunos olimi A.F.Shebunin «Kufiy Qur’on» nomli bir maqola yozib, unda sharqshunos Kun to‘plagan, Mushaf tarixiga tegishli ma’lumotlarni 1890 yilda e’lon qiladi. Maqolada Shayx Abdujalil va Yahyo Xo‘ja muftiy: «Bu Usmon Mushafini Xo‘ja Ubaydulloh Ahror Rum (Turkiya)dan olib kelgan», deb xabar beradilar.deyiladi. Shu xabardan ma’lum bo‘lishicha, Mushaf ikki betiga yozilgan 353 varaqdan iborat bo‘lib, sahifalar soni 706 ta edi. Varaqlar bo‘yi 68 sm, eni 53 sm hajmda edilar. Yo‘qolgan va chirib ketgan varaqlarning o‘rnida oddiy qog‘ozdan iborat 69 sahifa qo‘shimcha bor edi”. ( “Mir’ot” jurnali, 11-12-1900y.) Mana shu ahvolda Mushaf Peterburg kutubxonasida, uni bilgan musulmonlar va qadimiy osoriatiqalar bilan qiziquvchilar uchun ziyorat manbai bo‘lib to 1917 yilga qadar saqlandi. Uning to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan gazeta va jurnallarda maqolalar chiqib turdi. “Mir’ot” majallasining yuqorida zikr qilingan sonidagi “Usmon Mushafi va kufiy Qur’on” sarlavhali maqolada Shebuninning 1891 yilda Peterburgda chop qilingan tadqiqotlari xulosasi keltirilib, shunday deyiladi: “Mazkur Mushafi sharif Peterburg bosmaxonalaridan birida arxeologiya instituti tomonidan chop qilinmoqchi va undagi tuzatish ishlari qrimlik Ilyos Mirzo Buragoniyga topshirilgan”. Qozonda chiqadigan “Din va maishat” majallasining 1327 hijriy sanasining 14- sonida bir maqola chop etilib, unda Mushafning “Yosin” surasi 1905 yilda Ilyos Mirzo tomonidan bosib chiqarilgani va keyinchalik arxeologiya instituti tomonidan olim Pisaryov tashabbusi bilan Mushaf butunligicha chop qilingani aytiladi. Pisaryov Mushaf nusxalarini asliga monand 53x68 sm hajmda va teri rangiga o‘xshash qog‘ozga bostirdi. Olingan nusxalar soni 50 ta edi. Shulardan Eron shohiga, Sulton Abdulhamid, Buxoro, Afg‘oniston va Fos amirlariga hamda boshqa ko‘zga ko‘ringan musulmon arboblarga nusxalar hadya qilindi. 25 ta nusxa 500 rubl baho bilan sotuvga chiqarildi. Bundan oldin 1895 yilda «A’rof» surasidan bir sahifa 2000 nusxada bosib chiqarilib, Islom mamlakatlarida sotilgan edi. Maqola muallifi professor Abdulla Muoziy: “Mushaf sahifalari kutubxonaga olib kelinmasdanoq o‘g‘irlanib, oldi-sotdi buyumiga aylandi, hozir ham uning varaqlari ba’zi qishloqlarda bor, deb eshitaman” deya hikoya qiladi.
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling