Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFI


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

 

TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFI 

 

Hozirgi paytda O’zbekiston jumhuriyati poytaxti — Toshkentda, qadimiy yodgorliklar 



muzeyida kiyik terisiga yozilgan katta bir Mushaf mavjud. Avval u Samarqanddagi «Oq 

madrasa» nomi bilan mashhur bo‘lgan, Nodir Devonbegi Tog‘o madrasasining maxsus 

hujrasida uzoq davr mobaynida katta e’tibor bilan saqlanar edi. Bu madrasa Xo‘ja Ahror 

valiy masjidiga yondoshgan bo‘lib, u zot mashhur sufiy olim, buyuk mashoyixlardan 

bo‘lib, to‘liq ismlari Xo‘ja Ubaydulloh bin Mahmud bin Shahob Al-Ahror Toshkandiy 

Samarqandiydur. Vafotlari 895 hijriyda bo‘lib, Shayx Muhammad Bahouddin tariqasining 

xalifalaridandurlar. Mana shu Mushafni har xil marosim va munosabatlar bilan odamlar 

istiqboliga olib chiqilar, «Fasayakfikahumullohu va huvas-sami’ul ‘alim» oyati ustida qon 

izlari bor edi. Sayyiduno Usmon (r.a.) shu Mushafning ustida shahid bo‘lganlar deb, 

tabarrukona ziyorat qilinar edi. Mushaf avvalda Shayx Ubaydulloh Ahror, so‘ngra u 

zotning avlodlari va o‘zlaridan keyingi xalifalarining tasarrufida bo‘lgan. Ul zotning 

avlodlari va xalifalari Mushafni mazkur hujrada saqlashlikka hazrati Xo‘ja Ahrorga va’da 

bergan edilar. Bu hol 1285 hijriy sana — ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgunlaricha davom 

etdi. Bosqinchilar Mushafdan xabar topgach, uning Islom olamida katta ahamiyatga 

molik yodgorlik ekanini anglab, uni Peterburgga olib ketish choralarini ko‘ra boshladilar. 

1869 yil Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov Toshkentda turgan Turkiston 

general-gubernatori Fon Kaufmanga xat yo‘llab, Samarqand masjidlarining birida kufiy 

xatda yozilgan va musulmonlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy Qur’on bor, yerlik 

ulamolar uni Buxoroga olib ketish chorasini ko‘rmoqda, deb yozadi va podpolkovnik 

Serovga tezda bu ishning oldini olish uchun Xo‘ja Ahror masjidiga berishni buyuradi. 

Qur’oni Karimning mashhur nusxasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan rus ma’murlari 

musulmonlar bilan suhbatda: “Ushbu nodir kitobning ahamiyati katta. Bilishimizcha

Mushaf qimmatli yodgorlik. Bu yerda uni hech kim o‘qiy olmasa va qadriga yetmasa, 

yo‘qolib ketishi hech gap emas. Agar u Rusiyaning poytaxti Peterburgdagi imperator 




Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling