Tarixdan nazorat savollariga javoblar


Download 70.5 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi70.5 Kb.
#101225
Bog'liq
tarixdan nazorat savollariga javoblar


Tarixdan nazorat savollariga javoblar

1. 1. Fevral inqilobida 1917-yil 2-mart kuni Rossiyada podsho yani Nikolay 2 ning hokimyati agdariladi uninu urniga hokimyatni brujuaziya egallaydi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuziladi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyuda butun mamlakatda ularning hokimyati urnatiladi. Gregoriy Lvov(mart-iyul) va Krenskiy(iyul-oktabr) oylarida Hokimyatni boshqarishadi. Toshkentda 2-mart kuni Toshkent soveti tuziladi. Turkiston general gubernatori Kropatkin 31-mart kuni uy qamoğiga tashlanadi. 7-aprel kuni Turkiston kometiti tuziladi. Unga Nikolay(kadet) va Vladimirlar(eser) raislik qilishadi.

2. SHOʻROI ISLOMIYA" ("Islom kengashi") — Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiysiyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917 yil 14 martda Toshkentda tuzilgan va 1918 yil bahorigacha faoliyat olib borgan. Unga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori oʻgʻli, keyinchalik Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev rais qilib saylangan.

3.Tashkilot faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Mustafo Choʻqay, Ahmad Zakiy Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpoʻlat Norboʻtabekov kabi maʼrifatparvarlar faol qatnashgan. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston musulmonlarining 1qurultoyi oʻtkazildi (1917 yil aprel). Qurultoyda qabul qilingan tashkilot dasturida oʻlka musulmonlari orasida islohotlar oʻtkazish gʻoyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib, Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qoʻyilgan.

4.1917 yil mobaynida Turkiston musulmonlarining yana 3 qurultoyi oʻtkazilgan. Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari boʻlgan ayrim ulamolar (qadimchilar) oʻrtasidagi kelishmovchiliklar "SH.i." tashkiloti safida tarafkashlik yuz berishiga olib keldi. 1917 yil iyunda tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qoʻqon va Toshkentda yangi jamiyat — "Shoʻroi ulamo"ta asos solishgan. Turkiston va Qozogʻiston musulmonlarining Toshkentda oʻtgan qurultoyi (1917 yil 17—20 sentyabr)da har 2 tashkilot oʻzaro birlashganligini eʼlon qilgan boʻlsa ham, aslida tom maʼnodagi birlashuv boʻlmagan. Oktyabr toʻntarishilan soʻng "SH.i." oʻz qarorgohini Toshkentdan Qoʻqonga koʻchirishga majbur boʻlgan (1917 yil noyabr). Tashkilot aʼzolari Turkiston muxtoriyati hukumatini tuzishda faollik koʻrsatishgan. Muxtoriyat hukumatini bolsheviklar agʻdargach, tirik qolgan "SH.i." aʼzolari taʼqibga uchragan.

5.Qurultoy kun tartibiga 16 ta masalaning qo‘yilishining o‘zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o‘lka￾ning bo‘lajak davlat qurilishiga alohida to‘xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federatsiyasi tuzilishi g‘oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ — Turkiston o‘lka musulmonlar sho‘rosini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

6.1917-yilning 17—20-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi o‘lka xalqlari hayotida muhim rol o‘ynadi. Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qurultoyning maxsus qarorida tarkibi 12 kishilik Turkiston o‘lka qo‘mitasi, 24 kishilik «Mahkamayi Shar’iya» (parlament) tashkil etilishi va ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. Qurultoyda «Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», «Turon» va shu kabi boshqa manalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona «Ittifoqi Muslimin» («Mu￾sulmonlar Ittifoqi») siyosiy partiyasini tuzish g‘oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Behbudiy nutq so‘zlab, hammani birlikka, jipslashishga da’vat etgandi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasi mazkur qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o‘z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo‘lgan o‘lkaning milliy muxtoriyatini tuzish g‘oyasini asosiy o‘ringa qo‘ygan edi.

7. Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo‘lga olar ekanlar, ular sobiq Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan hududlarda, jumladan, Turkistonda ham sovet tuzu￾mini qaror toptirishga intildilar. Ular nihoyatda yashirin niqoblangan dasturiy hujjatlarni, o‘z g‘oyaviy ta’sirini ishga solib, qisqa muddatlarda joylarda hokimiyatni qo‘lga kiritishga kirishdilar. Bu maqsadga erishishda kerak bo‘lsa har qanday zo‘rlik, kuch ishlatishdan ham qaytmadilar. Bu, ayniqsa, Turkiston o‘lkasi misolida yorqin namoyon bo‘ldi.

8. Uning tarkibiga butun o‘lka aholisining qariyb 95 foizini tashkil etgan yerli mahalliy xalqlarning birorta ham vakili kiritilmadi. Bu endi sovet hokimiyati hukmdorlariga xos shovinistik va ulug‘ davlatchilik siyosatining tipik namunasi sifatida mahalliy aholini mensimaslik, uning manfaatlarini sariq chaqaga arzitmaslikni bildirardi. Shu xildagi nuqtayi nazarni ular ochiq-oshkora tarzda bayon etishdan ham o‘zlarini tiyolmadilar. Masalan, o‘lka sovetlarining IV qurultoyida so‘zga chiqqan xalq komissari, shovinist Uspenskiy: «O‘rtoq musulmonlar, shuni bilingki, biz sizlarning katta og‘alaringmiz. Siz kichiksiz va tushunarliki, bizga bo‘ysunishingiz kerak!», deb dag‘dag‘a qilgandi.

9.1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis s’yezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi.

10. Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi to‘g‘risidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat Majlisi 54 nafar a’zodan iborat bo‘lib qurultoy qaroriga binoan “36 nafar musulmonlar va 18 nafar g‘ayri musulmonlardan saylanadur. 36 musulmon vakillari Turkistonning 5 viloyatidan bo‘lib: Farg‘ona-10 nafar, Samarqand-5 nafar, Sirdaryo-9 nafar, Yettisuv-6 nafar, Zakaspiy-2 nafar; 4 nafar esa butun Turkiston shahar dumalari tarafidan tayin bo‘lurlar”. 18 nafar o‘rin esa o‘lkaning yevropalik tashkilot va fuqarolariga, jumladan, temir yo‘lchilar ittifoqi, ishchi va sodat deputatlari soveti, sotsial demokratlar, dashnoqtsutyun, yerlik juhudlar, yahudiylar, eserlar, ukrayinlar, polyaklarning vakillari va boshqalarga berilishi ko‘zda tutilgan edi. Demak, tashkil etilayotgan hukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy guruhlar vakillarining qatnashuvi ko‘zda tutildi. Demokratik ruhdagi milliy ziyolilar qurultoyda qabul qilingan dasturiy hujjatlarga o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan xalqchil va demokratik g‘oyalarni kiritishdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da’vat etdi. 1918-yilning erta bahorida avval Farg‘ona vodiysida, so‘ngra butun Turkistonda qurolli qarshilik harakati boshlandi. Ammo, bu davrga kelib Turkiston Muxtoriyatini tor-mor etib, o‘lkada yakka hukmron bo‘lgan, qurol va zo‘ravonlikka tayangan bolsheviklar Toshkentda sovetcha andozadagi avtonomiya (muxtoriyat)ni tashkil etishga kirishgan edilar.

11. 1918-yil yanvar oyidayoq bolsheviklar Turkiston Muxtoriyatiga qarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini ko‘tarishgan edi. Bu muammo faqat Turkiston sovetlarining V-syezdida (1918 yil 20 aprel-1 may) hal qilindi. Syezd Rossiya Sovet Sotsialistik Federatsiyasi tarkibida Turkiston respublikasi (tarixiy adabiyotlarda Turkiston avtonom respublikasi)ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiston respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) va XKS saylandi. Ular tarkibiga ilk marta tub millatlarning vakillari kiritildi. Shuningdek, syezdda sanoat korxonalarini musodara (natsionalizatsiya) qilish va boshqa ayrim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, sovet Rossiyasi tarkibida qo‘g‘irchoq markazga tobe Turkiston avtonom respublikasi tashkil qilindi.

12.Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.

Turkiston oʻlka sovetlarining 5sʼyezdi (1918 y. 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Koʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarkand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6sʼyezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi.

13-14. Turkiston mintaqasida bolsheviklar hukmronligidagi sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati 1918-yil fevral oyining so‘nggi o‘n kunligida dastlab Qo‘qon atroflarida boshlandi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo‘qon atrofidagi Bachqir qishlog‘idan bo‘lgan Kichik Ergash (1885 – 1918) va Katta Ergash (1882 – 1921) kabi qo‘rboshilarning nomlari bilan bog‘liqdir. 27-fevralda bolsheviklarning harbiy kuchlariga qarshi bo‘lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo‘lgach, uning o‘rniga Katta Ergash Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko‘tardi. Qo‘qon uyezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi Bachqir edi. 1918-yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketdi. Marg‘ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig‘i Madaminbek – Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li (1892 – 1920) kurash boshladi. Farg‘ona vodiysida 1918-yilning o‘rtalariga kelib taxminan 100 ga yaqin qo‘rboshi o‘z guruhlari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Biroq sovet hokimiyatining rasmiy hujjatlarida milliy ozodlik harakatining mohiyati soxtalashtirilib, u “bosmachilik” harakati, uning qatnashchilari esa “bosmachilar” tarzida noto‘g‘ri talqin qilindi.

15.1917-yil noyabrda Turkiston o‘lkasida bolshe￾viklarning hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi. 1917-yil 2-dekabrda Yangi Buxoro (hozirgi Kogon)da bo‘lib o‘tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag‘darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi Fyodor Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi. Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh buxoroliklarning kishidan iborat in￾qilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi. 2-mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum boshlandi. Buxoro shahri yaqinidagi Fathobodda bo‘lgan dastlabki to‘qnashuv￾da amir Olimxon qo‘shinlari yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar Kolesov otryadini qurshab olishdi. Karmanadan Qorako‘lgacha bo‘lgan 170 km maso￾fadagi temiryo‘l izlari amir sarbozlari tomonidan buzib tashlandi. Buxoroliklar shahar himoyasiga qo‘zg‘aldi. F.Kolesov 5-mart kuni kechqurun Toshkent tomonga chekinishga buyruq beradi. 17-martda Kolesov otryadi bilan Samar￾qandga yetib keldi.Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin 1918-yil 25-martda sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi. Amir nomidan bitimni bosh zakotchi Mirza Salimbek imzoladi. Kolesovning tajovuzkorona hujumi sharmandalarcha barbod bo‘lsa ham, o‘z mustaqilligini himoya qilgan Buxoro amirligi bosqinchi qizil askarlarning o‘z hududidagi harbiy harakatlari uchun javobgar deb hisoblandi hamda katta miqdorda tovon to‘lashi belgilandi. Shuningdek, Kolesov otryadi Buxoro, Karmana va Xatir￾chida talon-toroj qilingan katta boylik bilan Toshkentga qaytdi. Bu hodisalar amir hay’atiga boshchilik qilgan taniqli davlat arbobi va mashhur tarixchi Mir￾za Salimbekning “Tarixi Salimiy” asarida o‘z aksini topgan.

1917-yil boshlarida Rossiya markazida yuz bergan voqealar Xiva xonligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon (1910 – 1918) Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekdi. Yosh xivaliklar partiyasi 1914-yil tashkil topgan edi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temiryo‘l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, bar￾cha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlani￾shi, butun aholining shariat oldida tengligi ta’kidlangan edi.Islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi. 8-aprel kuni mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida qozika￾lon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husayn￾bek devonbegi Matmurodov raisligida Nozirlar Sho‘rosi tashkil topdi. Bu bilan Xiva xonligida qisqa muddatga bo‘lsa ham konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. 1917-yil mayda Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupovboshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi. Biroq Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vaki￾li general Mirbadalov boshchiligidagi harbiy kuchlar￾ga tayanib, iyun oyida Majlisni tarqatib yubordi. Xon o‘ziga ma’qul kishilardan Ortiq Oxun va Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev boshchiligida yangi tarkibdagi Majlis va No￾zirlar Sho‘rosini shakllantirdi.Yosh xivaliklardan shafqatsiz o‘ch olishga kirishildi. Husaynbek Matmu￾rodov boshchiligidagi Majlisning 17 nafar sobiq a’zosi qamoqqa olindi va keyinchalik qatl etildi. 1917-yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yor￾damida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda mag‘lubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakat hududidan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

16.Yosh xivaliklar partiyasi 1914-yil tashkil topgan edi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temiryo‘l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, bar￾cha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlani￾shi, butun aholining shariat oldida tengligi ta’kidlangan edi.Islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi.

17. 1919-yil 4-no￾yabrda Yosh xivaliklar, To‘rtko‘ldagi inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qo‘shmamedxon Sapiyev va G‘ulomalixon Bahodir boshchiligidagi turk￾man qabilalari Xiva xoni Said Abdullaxon va turkman yovmutlarining ye￾takchisi Junaidxonga qarshi kurash boshlash uchun o‘zaro ittifoq tuzib, Xiva shahrini egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi.Aslini olganda Xivada xon, Buxoroda amir hokimiyatlarining ag‘darili￾shi obyektiv qaraganda to‘g‘ri hodisa bo‘ldi. Faqat bu hokimiyat ichkikuchlar tomonidan tinch yo‘l bilan emas, balki tashqi kuchlar – sovet Rossiyasi va bolsheviklarning harbiy qismlari tomonidan zo‘ravonlik bilan tugatildi. Mintaqadagi 2 mustaqil o‘zbek davlati hududiga qizil armiya kiritildi hamda ularni sovetlashtirish jarayoni boshlandi. Shu bilan birga xonliklarda ijtimoiy￾iqtisodiy munosabatlar chuqur inqirozga uchrab, jamiyatning ilgarilab borishida monarxiya tuzumi jiddiy g‘ovga aylangan edi. Yosh xivaliklar ham, Yosh buxoroliklar ham bolsheviklar va sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilishsa￾da Xorazm va Buxoroda demokratik islohotlarni amalga oshirish uchun jiddiy kurashdilar.

18.Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqa￾li amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. Petro￾gradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nis￾batining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sad￾riddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘l￾lovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi. Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Bu￾xoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmon￾ni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostiril￾di. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi.

19. Sanoatni milliy￾lashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20-yillarning oxirlariga kelib Ittifoqning, shu jumladan, O‘zbekiston￾ning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kucha￾yishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o‘z mazmuni va mohiyatini tobora yo‘qota bordi.

21.Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko‘zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zamin￾da mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq etish yo‘lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati podsho Rossiyasining ko‘p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug‘ davlatchilik siyosatidan mo￾hiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli￾shamoyili o‘zgargandi, xolos.

22.Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko‘zga ko‘rinarli va ko‘zga ko‘rinmas ming xil qizil iplar bilan O‘zbekistonni o‘z domiga kiritib, uning amalda￾gi rasmiy mustaqilligini ham yo‘qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi. Shuning uchun ham Markaz milliy kuchlarni bo'lib tashlashga harakat qildi.

23.O‘z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko‘zlab, o‘zida kuch-iroda to￾pib, bor haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-zahriga duchor bo‘ldi. Qatag‘on zulmkorlari, ularning gumash￾talari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini oradan olib tashlash, faoliyatini og‘machilik, buzg‘un￾chilikda ayblash, sha’niga millatchi, xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari singari asossiz bo‘h￾tonlar bilan la’nat tamg‘asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan to‘qib chiqarilgan va o‘zbek milliy kadrlari sha’nini bulg‘ashga qaratilgan «18 lar guruhi», «inog‘o￾movchilik», «qosimovchilik» degan siyosiy ishlar miso￾lida ko‘rish mumkin.

24.Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalarining yeng shimarib qilgan «sa’y-harakatlari» natijasida 1937— 1938-yillarda go‘yo O‘zbekistonda bir qator yirik aksilin￾qilobiy tuzilmalar borligi to‘qib chiqarildi. Bular: respubli￾ka rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi «Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriyev rahbar bo‘lgan «Musulmon ruhoniylari￾ning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro va Turkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkilot, I. Ortiqov boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-mil￾latchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi» va boshqalar edi.

25.O‘zbek adabiyotining ustunlari bo‘lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Elbek (Mashriq Yunu￾sov), Mahmud Botu, G‘ozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlar quruq bo‘hton-u tuhmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo‘q qilinib, yorqin faoliyati so‘ndirildi.

26.Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yol￾g‘onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog‘lab, jonlarini jabborga berib, ter to‘kib mehnat qilsalar, o‘zlarini sotsializm ishiga bag‘ishlasalar-da, biroq bu￾ning evaziga undan beadad zulm-sitam ko‘rsalar! Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalash￾tirish, quloqlashtirish yoxud madaniy inqilobni amal￾ga oshirish jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzi￾lish va chekinishlardan qattiq aziyat chekkan aholi tabaqalarini rasmiy hokimiyat organlari ommaviy tarzda quvg‘in va ta’qib qilishganligi va turli xil jazo￾larga tortganligi ham buning asosli isbotidir.

27.Totalitar sovet tuzumi be￾dodligi va zulmining haddan ziyod kuchayib borishi nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzini, qismatini zavol toptirib qolmasdan, shu bilan birga millionlab fuqarolarning oddiy insoniy qadr-qimmati, or-nomusi hayosizlarcha tahqirlandi. G‘addor tuzum zulmkorlari o‘z g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib borar ekanlar, bunda har bir insonning yurish-turishi, kun￾dalik mashg‘uloti, muomalasidan tortib to uning qan￾day tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayon￾larni o‘z nazoratiga olishga intilganlar.

28.Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham shaxsga sig‘inish oqibatlarini tu￾gatish tadbirlari ko‘rildi. Qatag‘on qilinganlar ishini qaytadan ko‘rib chiqishga kirishildi. Ko‘pgina jinoiy ishlar to‘qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qa￾malib, ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi va ular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa ko‘plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shuk￾rullo, Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar ham oqlandi. Minglab partiya, sovet, komsomol xodimlari oqlandi.

29.50—80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib», Sh. Rashidovning «Qudratli to‘lqin», Shuhratning «Shi￾nelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O. Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa», H. G‘ulomning «Tosh￾kentliklar» romanlarida aks ettirildi. Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar» (Oy￾bek), «Qo‘shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A. Qah￾hor), «G‘oliblar» va «Bo‘rondan kuchli» (Sh. Ra￾shidov), «Ixlos» (I. Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O‘qituvchi» romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi.
Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling