Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 ikkinchi satrning boshida bo‘lgan, degan rivoyatni keltiradi. Peterburgdagi nusxada esa unday emas. Barzanjiy o‘zining “Nuzhatun-nozirin” kitobida: “Hazrati Usmon (r.a.) bir rivoyatda to‘rtta, ikkinchi rivoyatda beshta, yana bir rivoyatda yettita nusxa oldirganlar”— deydi. Hozirgi paytda Makka, Madina, Qohira va Petrogradda to‘rtta nusxa mavjud va ularning hammasida qon izlari bor. Bundan kelib chiqadiki, boshqa nusxalarga, Bosh Mushafga o‘xshatish maqsadida qon izlari ataylab tushirilgan. Nima bo‘lganda ham, odamlar Peterograddagi nusxani xuddi o‘sha Bosh Mushaf deb e’tiqod qiladilar va unga juda katta ahamiyat beradilar. Xuddi shu sababga ko‘ra Bokuda tashkil topgan Islomiy osor- atiqalar boshqarmasi Moskvadagi (Petrograd bo‘lsa kerak) «Islom sho‘rosi» raisiga telegramma yo‘llab, Petrograd xatar ostida bo‘lganligi uchun sho‘ro tarafidan Mushafni mazkur kutubxonadan olib chiqishga harakat qilish va uni amniyat idoralariga qo‘yishni iltimos qiladi. Mushafning taqdiri nima bo‘lishi faqat Alloh taologa ayon. Ruslar Mushafni mazkur kutubxonadan olinishiga rozi bo‘larmikanlar?” (Maqola tugadi.) 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng imperator kutubxonasidan Mushafni zo‘rlik bilan bo‘lsa ham olish maqsadida, Preobrajenskiy polki tarkibida bir musulmon bo‘linma tuziladi. Lekin, muvaqqat hukumat bundan xabar topib, bu bo‘linmani tarqatib yuboradi. 1917 yilning Oktyabr inqilobidan so‘ng Peterburgda tuzilgan mahalliy Islom sho‘rosi Mushaf masalasida yangi hukumat raisi Lenin nomiga murojaat va talabnoma maktubi yozdi. Bunga javoban, xalqlar huquqlarini himoya qilish shiori ostida tezlik bilan Mushafni musulmonlar qo‘liga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga Lenin imzo chekdi. Mana o‘sha qarorning tarjimasi:
O’sha oyda Mushafi Sharif Peterburgdan maxsus poezdda, askarlar faxriy qorovulligida, Rusiya musulmonlarining Ufa shahridagi markaziy idorasi qarorgohiga keltirildi. Ufa shahri vokzalidagi o‘sha kungi manzara Islomning naqadar buyukligini namoyish etdi. Diniy rahbarlar, hukumat arboblari, masjid imom-xatiblari, madrasa, insititut, universitet talabalari hamda shaharning erkagu ayol aholisi Qur’oni Karimni kutib olishga chiqqan edilar. Mushafi Usmoniyning musulmonlarga qaytarilishi haqidagi quvonchli xabarlar gazeta va jurnallarda e’lon qilindi. Toshkentda chiqadigan «Izhorul- Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling