Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 berilishini so‘raydi. Movarounnahr ahlining ushbu Mushaf to‘g‘risida xabarlari bor edi. Podshoh o‘ylanib qoladi va muridning talabini rad qilmoqchi bo‘ladi. Lekin, vazirlardan biri va’daga vafo qilmaslik podshohlarga loyiq ish emas, bugun Mushafni unga berib, ertaga biron narsa evaziga yana qaytarib olish mumkin, deydi. Shunda podshoh Mushafni xazinadan olib chiqib, muridga berishlikka farmon beradi. Fursatni g‘animat bilgan murid darhol Mushafni o‘z odamlari orqali Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga hadya sifatida jo‘natadi. Bir necha kun o‘tgach, haligi vazir muridning oldiga kelib, unga javohiru oltinlar berib, Mushafni qaytarib berishlikka ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Lekin, murid uzr aytib: “Mushafga bo‘lgan buyuk hurmatim tufayli uni vatanimga yubordim” deydi. Buni eshitgan podshoh nihoyatda g‘azablanib, Mushafni olib ketganlar orqasidan odam yuboradi. Lekin, uning barcha harakatlari zoe ketgach, taqdirga tan beradi. Mushaf Toshkentga, Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga yetib keladi. U zot Samarqandga hijrat qilganlarida u yerda masjid va madrasa qurib, Mushafni madrasaga qo‘ydirtiradilar. 6) Mushafi Usmoniyning diyorimizga kelishiga oid rivoyatlardan yana biri, shayx Abu Ahmad Muhammad qozi Andijoniy-Shoshiyning «Silsilatul-orifin» nomli kitoblaridadur. Ul zot Xo‘ja Ahror valiyning xalifalaridan bo‘lib, shunday yozadilar:
Shayx Mushafni olib, xuddi oldingi rivoyatdagi kabi, murid qilgan ishni qiladilar. Shundan bir necha kun o‘tgach shayx qasidaning javobini e’lon qiladilar. “At-Tabaqotish-shofi’iyya» kitobida alloma Sabkiy ham Rum podshohi tomonidan Islomga qarshi ayb, tuhmatlarga to‘la va boshqalarni madh etuvchi bir qasida yuborilganini, unga shayx Qaffol Shoshiy javob berganliklarini zikr qiladi. Shuningdek, shayx boshqa bir qasida yozib, unda nasroniylarni sharmanda qildi, deb rivoyat qiladi Sabkiy. Lekin unda (ya’ni rivoyatda) Mushafi Usmoniy zikr qilinmagan. 7) Rivoyatlardan yana biri «Samariyya» deb atalgan Samarqand tarixiga oid kitobda zikr qilingandir. Unda aytilishicha, Xo‘ja Abdi Darun (Samarqandda dafn qilingan Shayx Abdulloh. U kishining qabrlari ustidagi maqbara qubbali bo‘lib, tabarrukona ziyorat qilinadi va qabr yonida qadimiy masjid va hujralar bor) mashhur ulamolardan bo‘lib, Samarqand qozisi edilar. Xo‘ja Abdi Darun Movarounnahr fotihlarining ilk guruh boshlig‘i va Usmon(r.a.)ning kuyovlari Saidning avlodlaridandir. Mushafi Usmoniyni bu diyorga olib kelgan ham mana shu Said bo‘ladilar. Samarqandni birinchi marta fath qilgan
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling