Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 zotdurlar. Yurishlarini “Qarocha” degan joygacha davom ettirganlar. 8) Bu rivoyat Bayrutdagi “Andalus” nashriyotida bosib chiqarilgan Ibn Kasirning “Fazoilul Qur’on” nomli kitobining hoshiyasiga yozilgan. Unda Rusiya podshohlari qo‘lida bo‘lgan Usmon Mushafi bolsheviklar tomonidan Buxoro amiriga tuhfa qilingan deyiladi. Tuhfa qilishdan oldin Mushafdan fotografiya asboblari yordamida nusxalar olingan, deb yoziladi mazkur manba’da. Ammo, Mushafning asli yo‘lda yo‘qolib, amirga yetib kelmagan, deb xabar beriladi. 9) Rivoyatlarning yana birini Umar Rizo hazratlari o‘zlarining “Mal-Qur’on” nomli kitoblarida zikr qilganlar. Islom olamida mavjud bo‘lgan Usmon Mushaflarini birma-bir sanab o‘tib, Umar Rizo quyidagilarni aytadilar: “Xuddi shunday Mushaflardan biri 1904 yilda Buxorodan Moskvaga olib ketilib, bir muddat o‘tgach, yana Buxoroga qaytarilgan edi. Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin, uni ikkinchi marta yana Moskvaga olib ketdilar. Lekin musulmonlarning uni qaytarish uchun qilgan sa’yu harakatlari va jiddu jahdlari muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Aytishlariga qaraganda bu nusxa Abu Bakr Shoshiy tomonlaridan olib kelingan bo‘lib, keyinchalik Xo‘ja Ahror Valiy qabrlari yoniga qo‘yilgan emish. Bolsheviklar uni o‘sha yerdan olganlar, deyishadi”. Shu narsaga e’tibor qilingki, aziz o‘quvchi, Umar Rizo zikr qilgan rivoyat ham, “Fazoilul Qur’on” hoshiyasiga yozilgan xabar ham shuningdek, professor Subhi Solihning “Al-Mabohis” kitobida yozgan va biz yuqorida zikr qilgan “Mushaf keyinchalik Angliyaga olib ketilgan” degan fikrlari ham juda chalkash xabarlardir. Haqiqatga eng yaqini biz hikoya qilib bergan Mushafning Samarqanddan Peterburgga olib ketilishi va keyin Toshkentga qaytarib olib kelinishi haqidagi rivoyatdir. Muhtaram kitobxon, biz sizga eshitganlarimizni hammasini ma’lum qildik. Mushafi sharifning asli va uni qay yo‘sinda bizga yetib kelgani haqidagi o‘qigan rivoyat va xabarlarimizni naql etdik. Ular to‘qqiz rivoyatdan iboratdir. Endi ularning har biri to‘g‘risida alohida so‘z yuritib, nimaga dalolat qilishligi to‘g‘risida ta’liq (tushuntirish) beramiz. Birinchi. Ibn Qutaybaning Mushaf Tus shahrida ekanligi haqidagi xabariga “Samarqand tarixi”dagi Usmon (r.a.)ning kuyovlari Said Mushafni 54 hijriy sanada Samarqandga olib kelgan, degan rivoyatni bog‘lab, Mushaf o‘sha paytdan beri Samarqandda bo‘lgan desak, to‘g‘ri da’vo qilgan bo‘lamiz. Bu fikrni Imom Molikning: “Bosh Mushaf “Xonadon voqe’asi” dan keyin Madinadan g‘oib bo‘lgan va men uning haqida hidoyat murshidlaridan bironta ham xabar eshitmadim”, degan gaplari ham quvvatlaydi. Ikkinchi. Muhammad Amin Xonjiy “Manjamul-Umron» kitobida Ibn Batutaning Basrada Hazrati Usmon Bosh Mushafini ko‘rganligi haqida zikr qiladi. Bu Mushaf keyinchalik Samarqandga, undan so‘ng Peterburgga olib ketilgan, deyiladi. Mushafni Basradan Shomni istilo qilgan Amir Temur olib ketgan. Ibn Batuta o‘zining “Tuhfatun-nuzzor” kitobida, Shom mamlakatlariga qilgan ziyorati chog‘ida Damashqdagi Umaviylar jomi’ida kufiy Mushafni ko‘rganligini va yana bir shunday Mushafni Basrada hazrati Ali(k.v.) masjidlarida ko‘rganligini yozadi. Damashqdagi Mushaf Temur istilosi paytida yonib ketgan, Basradagisi esa Samarqandga olib ketilgan. Bu fikrga rus olimi Shebunin o‘zining «Kufiy Qur’on» nomli kitobida ham moyillik bildiradi. Ibn Batutaning Shom mamlakatlariga qilgan ziyorati Amir Temur yurishlaridan avval bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda hech qanday chalkashlik yo‘q. Uchinchi. Tarixchilarning O’rda xonlari va Misr sultonlari orasida vujudga kelgan aloqalar, ularning bir-birlariga qimmatbaho, nihoyatda qadrli hadyalar berib turganliklari haqidagi xabarlari mavjud. Hadyalar orasida Usmon Mushafi ham borligi zikr qilinadi. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling