Meni kichik olim deyishadi
Download 12.89 Kb.
|
Toshmamatova Amina
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm olish haqidagi hadis Assalomu alaykum! Hadisda «Bir soatlik ilm organish, bir kechalik ibodatdan yaxshidir» deyilgan. Bu faqat diniy ilm uchunmi yoki dunyoviy ilmga ham xosmi
- Maqol Bilish uchun bilish kerak. Bilim - kuchda, Kuch - bilimda.
- JAVOBI: Hoshimjon bilan Olimjon boshqa viloyatdan bolsa ham uning kinoda suratga tushgan sehirli qalpoqcha roli yoqardi 2. Hikoya qahramoniga nima uchun Olimjon deb ism qoyishgan
- JAVOBI: Bu yerdan buyuk ipak yoli otgan bolim koplab karvonlar otgan TEST 1. Olimjonning bobosi kelajakda kim bolsin deb shunday ism qoyganlar
- A. Imom Buxoriy, Imom Termiziy B. Abdulla Qodiriy, Muqumiy C. Alisher Navoiy 3. Olimjonlar tomonda qanday poyezd quruldi A. Yangi hayot
MENI KICHIK OLIM DEYISHADI Assalomu alaykum, do'stim! Ahvollaringiz qalay?! Yaxshi yuribsizmi?! Keling, tanishib olaylik. Ismim - Olimjon, 6-sinfda o'qiyman. Men olamga mashhur bo'lgan, buyuklar yurti Buxoro tomondanman. Biz tomoniami Qiziltepa deyishadi. Bu yerdan qadimda Buyuk ipak yo'li va ko'plab karvonlar o'tgan. Ha, biz tomondan-chi, Zarafshon daryosi oqib o'tadi. Aytishlaricha, ana shu daryoning ostida oltin darvaza bor emish. Undan qadimiy afsonaviy shaharga kirilarmish. Lekin bu shahar haqida hech kim hech narsa deya olmaydi. Biznikiga mehmonga kelmoqchi bo'lsangiz, Buyuk ipak yo'lidan, katta-katta karvonlar qatnagan yoldan o'tasiz. Jizzax tog'laridagi dovondan shundoq tushganingizdan so'ng, mashinada bir soat yursangiz, go'zal Samarqandga yetasiz, yo'l ikkiga bo'linadi, bir tomoni Samarqandga kiradi, bir tomoni esa Buxoroga. Esingizdami, haligi, sehrli qalpoqchasi bilan sarguzashtlar ko'rsatgan Hoshimjon bor-ku, shu bolaga juda havasim keladi-da, dunyoga nomi ketgan bola. Ha, nima deyayotgan edim, Buxoro yo'lidan to'g'ri yurib kelsangiz, Navoiy shahriga duch kelasiz, undan o'tib, Qiziltepaga o'ngga burilib, yigirma daqiqa yursangiz, Zarafshon daryosiga yetasiz, ko'prikdan o'tsangiz bas, bizning qishloq ko'rinadi. Hoshimjon bilan men, ya'ni Olimjon boshqa boshqa viloyatdanmiz. Shunday bo'lsa ham ismlarimiz bir- biriga yaqin, o'xshab ketadi. U Hoshimjon, men esa Olimjon. Bobom meni kelajakda katta dim bolsin, deb ismimni Olimjon qo'yganlar... Nima deyatuvdim? Ha, Buyuk ipak yo'lidan yurganingizda, Jizzaxning baland-baland dovonlaridan mashinada tog'ning cho'qqisiga yetsangiz, shundoqqina boshingiz tepasida oppoq bulutlarni ko'rasiz. Hozir bu joylar obod bo'lib, kengayib ketgan, bobomning aytishlaricha, bir vaqtlar bu dovondan bittagina karvon zorg'a o'ta olgan. Hatto buyuk bobokalonlarimiz imom Buxoriy, imom Termiziy ham ilm izlab shu yo'llardan o'tgan ekanlar. Dadamning aytishlaricha, keyinroq bu joylardan mashinalar bir-biriga yo'l berib, asta-sekin harakatlanar ekan. Buni qayerdan bilasan, deysizmi?! Chunki dadam mana shu yo'ldan katta yuk mashinasini bir necha bor minib dtganlar. Endi esa bu yerlardan mashina tugul, vagonlar ham bemalol o'tadi. Ha, aytgancha, biz tomonlarda poytaxtdan poyezd yo'li qurildi. Qanaqa poyezd deysizmi, "Afrosiyob". Ko'z ochib yumguncha yetib kelasiz. Bir minib ko'ring, so'zimning rostligiga ishonasiz. Endi Toshkentga shu tezyurar poyezdda boramiz. Mashinalar baland tog'lami chumolidek aylanib o'tguncha, poyezd ana shu qoyalarning ostidan shuvillab o'tadi-yu, bizni poytaxtga eltadi. Qanday mazza!.. Ilm olish haqidagi hadis Assalomu alaykum! Hadisda «Bir soatlik ilm o'rganish, bir kechalik ibodatdan yaxshidir» deyilgan. Bu faqat diniy ilm uchunmi yoki dunyoviy ilmga ham xosmi? «Zikr ahlidan so'rang» hay'ati: Va alaykum assalom! Oyat va hadisda kelgan ilmdan murod diniy ilm hisoblanadi. Chunki bu ilm Alloh taolo va Uning rasulining tanituvchi ilmdir. Bu ilm o'z zotida go'zal va farz bo'lgan ilmdir. Hozirgi kunda bu ilmni talab qilish umumiy tarzda barcha uchun farzi ayn darajasidadir. Chunki o'zini musulmonman deb hisoblagan milionlab kishilar, birinchi sinf o'quvchisi harflarni tanib alifbo bayrami o'tkazadigan darajada diniy savodga ham ega emas. Qolgan holatni tasavvur qilavering. Qolgan ilmlar esa holat va niyatning e'tibori bilan ibodat darajasiga ko'tarilishi mumkin. Bu xuddi Qur'on va hadis ilmini o'rganish uchun arab tilini o'rganish kabidir. Arab tilini o'zini o'rganish ibodat emas. Shu til orqali Qur'on o'qiyman, tafsir o'qiyman, hadis o'qiyman va unga amal qilaman desa ularga olib boruvchi vosita sifatida arab tilini o'rganish ham ibodat bo'ladi. Dunyoviy ilmlar ham kelajakda xalqqa manfaat etkazish, foyda keltirish, oilani o'zgalar oldida qo'l cho'zishdan qaytarish, kasbidan topgan pulini halol ishlarga sarflash maqsadida o'rganilsa ibodat hisoblanadi. Aks holda ma'lumotdan boshqa narsa hisoblanmaydi. Shunga ko'ra dunyoviy ilm ham ba'zi vaqt farz, ba'zida vojib, ba'zida muboh, ba'zida (noshar'iy ishlarga olib boradigan bo'lsa) harom bo'ladi. Siz aytgan gap Ibni Abbos roziyallohu anhuning gaplari bo'lib, imom Termiziy "Sunan"larida rivoyat qilganlar. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari emas. Vallohu a'lam! Maqol Bilish uchun bilish kerak. Bilim - kuchda, Kuch - bilimda. Bilimli - olim, Bilimsiz - zolim. Hikoya qahramoni o'z so'zi davomida nima uchun Hoshimjonni tilga oldi? JAVOBI: Hoshimjon bilan Olimjon boshqa viloyatdan bo'lsa ham uning kinoda suratga tushgan sehirli qalpoqcha ro'li yoqardi 2. Hikoya qahramoniga nima uchun Olimjon deb ism qo'yishgan? JAVOBI: Chunki Olimjoni bobosi kelajakda olim bo'lsin deb shunday ism qo'ygan. 3. Matnda Buyuk ipak yo'li haqida qanday ma'lunot uchratingiz? JAVOBI: Bu yerdan buyuk ipak yo'li o'tgan bo'lim ko'plab karvonlar o'tgan TEST 1. Olimjonning bobosi kelajakda kim bo'lsin deb shunday ism qo'yganlar? A. Yaxshi bola bo'lsin deb B. Olim bo'lsin deb C. Odam bo'lsin deb 2. Davondan ilm olish uchun qaysi bobokalanimiz o'tishgan A. Imom Buxoriy, Imom Termiziy B. Abdulla Qodiriy, Muqumiy C. Alisher Navoiy 3. Olimjonlar tomonda qanday poyezd quruldi? A. Yangi hayot B. Orzular mashani C. Afrosiyob 4.. Olimjon endi nimada Toshkenga boradi? A. Tez yurar poyezd B. Mashina C. Samalyot Download 12.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling