Yangi yil yangi baxt, orzular yili
Download 58.79 Kb.
|
YANGI YIL BAYONNOMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI 1. Yangi yil bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Yangi yil yangi baxt, orzular yili” nomli tadbir to’g’risida. ESHITILDI
- SO’ZGA CHIQDILAR
- QAROR QILADI
17 - umumiy o’rta ta’lim maktabida Yangi yil bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “YANGI YIL YANGI BAXT, ORZULAR YILI” nomli tadbir B A Y O N N O M A S I So’qoq qishlog’i 28.12.2018 Qatnashdilar: 510 ta o’quvchi, 47 ta o’qituvchi Yig’ilish raisi: A’zamov K Yig’ilish kotibi: Salovov I KUN TARTIBI 1. Yangi yil bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Yangi yil yangi baxt, orzular yili” nomli tadbir to’g’risida. ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan boshlang’ich sinflar MMIBDO’ K,A’zamov so’zga chiqdi. U o’z so’zida kirib kelayotgan yangi 2019 - yil bilan barcha o’quvchi, o’qituvchi va mehmonlarni samimiy muborakbod etdi. Yangi yilda qilinadigan ishlar borasida ham to’xtalib o’tdi. Yangi 2018 - yilda e’tibor ko’proq yoshlarimizga, ularni bilim olishiga qaratilishini alohida ta’kidlab o’tdi. Bunga yaqqol misol tariqasida “O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi” tashkilotining o’tgan o’quv yili davomida erishgan yutuqlarini aytib o’tdi. Bunga javoban o’quvchilarimizning yangi yilda yanada yangi shijoat va shiddat bilan yaxshi o’qishi kerakligini aytib o’tdi. SO’ZGA CHIQDILAR: 17 - maktab Yoshlar Ittifoqi yetakchisi I.Salovov so’zga chiqib barcha tadbir qatnashchilarini kirib kelayotgan yangi yil yangi baxt, orzular, yangi reja va yutuqlar yili bilan samimiy tilaklar bir-la tabrikladi. Yangi yil barchamizga ozrularimiz ro’yobini oshig’i bilan ko’rishimizni alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, o’tayotgan yil omadli kelganini, ko’plab yutuq va zafarlarga erishganimizni aytib, faol o’quvchilarga buning uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi. Yangi yilda barchani kuchli bilim egallashga ishtiyoq bilan kirishishini, hamda elimiz orzu qilgan farzand darajasiga yetishishi uchun ko’proq o’z ustida ishlashi kerakligini aytib o’tdi. Tadbir so’ngida tarix fani o’qituvchisi M.Xosilov o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Maktabimizning 9- ”A“,8-”B” va 4 ”B”- sinf o’quvchilari tomonidan “Yangi yil” ga bag’ishlab Yangi yil yangi baxt, orzular yili” nomli tayyorlangan tadbir yuqori savida tashkillashtirilganini va tadbirda yangi yilga atab she’r, qo’shiq, raqs va sahnaviy ko’rinishlar ijro etilganligini aytib o’tdi. Ayniqsa tadbirga bag’ishlab noyob iste’dodli o’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan chiqishlar katta hayrat va taassurot qoldirganligini alohida ta’kidlab, barcha qatnashgan va tashkillashirgan o’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olib yig’ilish QAROR QILADI: Bayramga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir qoniqarli deb topilsin. “Yangi yil” bayramiga bag’ishlab sinflar kesimida davra suhbatlari va tadbirlari o’tkazish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: ...................................... A’zamov K Yig’ilish kotibi: ..................................... Salovov I Download 58.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling