G’uzor tumani 8-sonli dmtt 1-o’rta guruh tarbiyachilari Ergasheva Gulbar va Boqiyeva Nilufarlarning “Salom yangi yil” nomli bayram ertaligi senariysi


Download 266.54 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi266.54 Kb.
#1238364
Bog'liq
yangi yil 8


G’uzor tumani 8-sonli DMTT 1-o’rta guruh tarbiyachilari Ergasheva Gulbar va Boqiyeva Nilufarlarning “Salom yangi yil” nomli
bayram ertaligi senariysi



2022-yil

Guruh xonasi bayramona bezatilgan, bolalar musiqa sadosi ostida kirib kelishadi.


Boshlovchi: Nilufar
Assalomu aleykum aziz ustozlar! Jajji bolajonlar ! Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Sizlarga uzoq umr baxt saodat , oilaviy baxt tilayman. Hozir bizning 1-o’rta guruh bolalari o’zlarinig “Salom yangi yil “ nomli bayram dasturlarini taqdim etishadi. Marhamat tomosha qiling.
Azizbek: Soat millarida oxirgi daqiqalar
Eski yilni kuzatib qolamiz bugun bizlar
Seni aslo unutmaydi dil, xayr endi yilbobo
Kirib kelar bugun yangi yil
Karnavalga do’stlar marhabo

Sevinch: Yangi yilda olam uzra yog’sin tilaklar


Zafarlardan baxtdan so’zlab
Tog’day o’ssin yuraklar
Olam go’zal hayot shirin
Ko’ngillar shod bo’lgan chog’
Qorning ajib ertaklarin tinglab
Dilda unsin tilaklar

Davlatbek: Dilimizda orzu mo’l


Yuzimizda kulgu mo’l
Qayg’uni unutamiz
Yangi yilni kutamiz

Hayvonchalar raqsi

Ruslan: Yangi orzu yangi shon


Tilaklari bir jahon
Dunyo bo’lsin deb omon
Kulib kelgan yangi yil

Sevinch: Archa archa jon archa


Yaproqlaring ninacha
Atrofingda aylanib
Qo’shiq aytadi barcha
Og’abek: Tinglang bizlar dunyoda
Eng baxtiyoryoshlarmiz
Keling quvnoq ohangda
Yangi yilni boshlaymiz
Bolalar qorboboni chaqirishadi. “Qorbobojon qorbobo, davramizga
marhabo”. Musiqa sadosi ostida qorbobo va qorqiz kirib kelishadi.
Zaxrohon: Yo’laklarim olmos qor
Ko’ylaklarim olmos qor
Sochlarim ham olmos qor
Tojlarim ham olmos qor
Tilim novvot qaynoqdir
Ko’nglim yumshoq qaynoqdir
Oqqina oqqush oqqizman
Qorbobo qorga qorqizman

Shoxruh: Qor yog’di guppillatib


Qorbobo dukkillatib
Kelib qoldi bog’chaga
Soqqolin silkillatib

Abdulloh: Biz o’ynaymiz kulamiz


Shod qo’shiqlar kuylaymiz
Atrofidan aylanib
Qorboboni qutlaymiz
Qizlar ijrosida “Qorparcha” raqsi
Xusnora; Salom yangi yil bayram kunimiz
Baxtiyor o’tar kun-u tunimiz
Bizlarni bayram xo’p sevintirdi
Qorbobo bizga sovg’a keltirdi

Asadbek: Qorbobojon qorbobo


Soqollari zar bobo
Orqangizda quyoncha
Menga bering sovg’acha

Shaxzoda: Men qorqizman qorqizman


Qorbobomga yolg’izman
Issiq uyda yotmayman
Sovuq uyda qotmayman
O’g’il bolalar ijrosida rep. “Ole ole “ rep
Akbarali: Bugun archa bezaymiz
Va dasturxon tuzaymiz
Kirib keldi yangi yil
Shodlikka to’lar ko’ngil

Madina: Keldi yashnab yangi yil


Xub bezandik barchamiz
Har yil qishda yam yashil
Tovlanadi archamiz
Yashil archa shoxida
Chumchuq qarg’a olmaxon
O’ynaymiz atrofida
Yulduzi bor charog’on
Chexroza: Yangi yil archamizga
Mehmon bo’ldi qorbobo
Birma bir barchamizga
Sovg’a berdi qorbobo
Qizlar ijrosida “Archa “ raqsi
Elmurod: O’rmondan kelgan mehmon
Salom senga archajon
Yil bo’yi kutdik seni
Biz yana quvnoq shodon
Yusuf: Ahil bo’lib shod bo’lib
Hur shodlikdan o’rgilib
Ming ochilib ming kulib
Yangi yilni kutamiz
Jaloliddin: Qorbobojon keeling tez
Qo’shiq aytar o’g’il qiz
Sovg’alar bering bizga
Rahmat aytamz sizga
O’g’il bolalar ijrosida “Lezginka” raqsi
Begzod: Buncha ham chiroylisan
Yam yashilsan har qachon
Yangi yilni ko’rkisan
Sevimlisan archajon
Shuning bilan bayram ertaligimiz nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun
rahmat!

G’uzor tumani 8-sonli DMTT da “Salom yangi yil “ nomli o’tkazilgan ma’naviy –marifiy bayram dasturi
HISOBOTI
Yangi yil munosabati bilan “Salom yangi yil” nomli ma’naviy-marifiy bayram dasturi barcha joylarda nishonlanadi. Shu qatorda G’uzor tuman 8-sonli DMTT da 1-o’rta guruhda ham bayram dasturi o’tkazildi . Tadbirni DMTT direktori S.Yuldasheva kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng bolajonlar o’larining she’r va quvnoq raqslari bilan bayramni davom ettirishdi. Bayram barchaga xush kayfiyat baxsh etdi. Tadbirni o’rta guruh tarbiyachisi Ergasheva Gulbar yakunladi.

Tayyorladilar:
DMTT direktori S.Yuldasheva
Tarbiyachilar: G.Ergasheva
N.Boqiyeva
Musiqa rahbari: M.Shafoatova
Download 266.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling