www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Imonim komilki, bu ishni kelajakda davom ettiruvchi biz zikr qilmagan ko‘p
ma’lumotlarni topadi, inshoalloh. Alloh taolo O’zi yaxshi ko‘rgan va O’zi rozi bo‘ladigan
ishlarga bizlarni muvaffaq qilsun, payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ga va ul zotning
ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin.
Ushbu kitobning musahhihi – Yaratuvchi
rabbining bandasi
Muxtor Abdulloh al-Buxoriy so‘zlari
Solih amallarni O’z ne’mati bilan nihoyasiga yetakazadigan Allohga hamd bo‘lsin!
Alloh taolo Qur’on oyatlarini nozil qilgan Payg‘ambarimizga, ilm bulog‘i, yaxshiliklar
manbai bo‘lgan ul zotning avlodlari va sahobalariga salomu salovatlar bo‘lsin.
Samarqand Usmon Mushafiga taalluqli rivoyat va xabarlarning duru javohirlarini o‘z
ichiga olgan, ushbu nodir kitob bosmadan chiqdi. U tarix sahifalariga zarhal harflar bilan
yozilishga va qalblarga nur ila kirishga loyiqdur. Chunki, u asrlar davomida odamlar
nazaridan uzoqda bo‘lgan va ular ko‘zidan yashirilgan Usmon Mushafi shariflarining
yuzidan pardani ko‘tardi. Kitobni 1391 hijriy yilda O’rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy idorasining rais noiblari shayx Ismoil Maxdum bin shayx Mullo Sotti
Oxund Namangoniy tasnif qildilar. Kitob O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy
idorasining mablag‘iga Toshkent xukumat bosmaxonasida chop qilindi.
Alloh Subhonahu va taolo
u orqali musulmonlarni naf’lantirsin.
Omin!
(Kitobning tarjimasi 1995 yil 8 martda nihoyasiga yetdi).
Do'stlaringiz bilan baham: |