Reja: Kirish. Mirzo Ulugbekning hayoti
Download 28.23 Kb.
|
mirzo ulugbek mustaqil ish
Mavzu:Mirzo Ulug’bek davlat arbobi va ilm fanga qo’shgan hissasi. Reja: Kirish. 1.Mirzo Ulugbekning hayoti . 1.Mirzo Ulugbek barpo etgan rasadxona. 3.1648-yildagi voqea Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Krish
Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geografiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda. Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma'lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin. 1.Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol o`ynagan. 1409-yilda temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411-yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi. Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma'rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: "Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir", deb yozdirib qo`ygan. Tarixchilarning yozishicha, Ulug`bek kuchli xotira sohibi: geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur'on, hadis va fiqh ilmlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. Ammo Mirzo Ulug`bek hayotining asosiy qismini astronomiyaga bag`ishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki O`rta asrlargacha mavjud bo`lgan yo`lduzlar jadvalining sifati, ya'ni aniqligi, O`sha zamoy astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda Mirzo Ulug`bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga oshirilgan. 2.Ma'lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda ko`rilgan va uni barpo etish rejasi bo`lajak alloma Mirzo Ulug`bekda bolalik chogidayoq tug`ilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga observatoriyasini ko`rib, havas bilan "men ham shundayni ko`raman", deb ahd qilgan ekan. Ulug`bekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan ko`p suhbatlar ko`rgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar to`plangandi. Ulug`bek ko`rdirgan rasadxonaning asosiy qismi radiusini 40,2 metrdan iborat kvadrant tashkil etgan va unda astronomik o`lchashlarni amalga oshirish uchun bir qator boshqa asbob-uskunalar ham o`rnatilgan. Rasadxona binosi uch qavatli binodan iborat bo`lgan. Mirzo Ulug`bek o`zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma'rifat markaziga turli sohalardagi 100 dan ortiq ilm ahlini to`plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Qavofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi o`z zamonasining zabardast olimlari edi. Afsuski, rasadxona binosi Ulug`bek vafotidan keyin qarovsiz qolib, asta-sekin yemirila boshlagan va XVII asrning oxiriga kelib, ustki qismi butunlay buzilgan. Inshootning yer ostidagi qismi esa tuproq ostida qolib, ko`milib ketgan. Rus arxeolog olimi V.Vyatkinning 1908 va 1914 yillardagi Samarqandda olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida Ulug`bek rasadxonasi qoldiqlari joyi aniqlanib, keyinchalik uni o`rganish ishlari davom ettirilgan. Mirzo Ulug`bek Samarqandda rasadxona zamirida "Ulug`bek akademiyasi"ga asos solgan va bu yerda olib borilgan ilmiy kuzatishlari natijasida "Ziji jadidi Ko`ragoniy" ("Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali") va "To`rt ulus tarixi" kabi mashhur asarlari yaratilgan. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, "Ulug`bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida esa Ptolomeyga o`xshardi". "Ziji jadidi Ko`ragoniy" asarida 1018 ta harakatlanmaydigan yo`lduzning koordinatlari hayron qolarli darajadagi aniqlikda ko`rsatib berilgan. Mutaxassislarning tan olishicha, ushbu yo`lduzlar jadvali grek olimlaridan miloddan avvalgi II asrda yashagan Gipparx va milodiy I-II asrlarda ijod qilgan Ptolomey tuzgan jadvallardan keyingi davrda yaratilgan eng aniq astronomik manba hisoblanadi. "Ziji jadidi Ko`ragoniy"dagi trigonometrik jadvallar ham o`zining aniqligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, Mirzo Ulug`bek astronomiyadagi muhim o`zgarmas miqdor - bir darajaning sinusi qiymatini verguldan keyin 18 ta belgi miqdoridagi aniqlikda hisoblashga muvaffaq bo`lgan. Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og`ishi qiymatini aniqlashda Mirzo Ulug`bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o`rinlarda turadi. Uning 1437-yilda amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko`ra, ekliptikaning og`ishi 2330'17″ga teng va bu qiymat hozirgi zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo`g`i 0'32″ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug`bek tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon ma'lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi. Ulug`bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik ma'lumotlar ham mavjud. "Ziji jadidi Ko`ragoniy"dagi jadvallarda dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug`bekning yozishicha, u yaratgan rasadxona 3937'28" geografik kenglikda joylashgan. Hozirgi vaqtdagi o`lchashlar shundan dalolat beradiki, ushbu inshootning joylashgan o`rni 3940'37" geografik kenglikka to`g`ri keladi. Agar O`rta asrlardagi kuzatish uskunalari va uslublarini hisobga oladigan bo`lsak, Ulug`bek amalga oshirgan ulchash natijalarini juda aniq, deb e'tirof etish mumkin. Bundan tashqari, Samarqandlik tarixchi olim Mutrubi Samarqandiyning 1605-yilda yozilgan "Tazkirat ush-shuaro" asarida Ulug`bek tomonidan yaratilgan Sharqiy yarimsharning xaritasi o`rin olgan. Muallifning yozishicha, ushbu noyob xarita Samarqanddagi Ulug`bek madrasasi devoridagi xaritaning kichraytirilgan nusxasi. Unda Sharqiy yarimshar yarim aylana tarzida, o`ziga xos iqlimga ega bo`lgan yetti mintaqaga bo`lingan, daryolar va dengizlar turli ranglarda belgilangan. Xaritada Misr, Basra, Multon, Xo`jand, Buxoro, Xazorasp, Xorazm, Qashqar, Sayhun, Sinh va boshqa bir qator joy nomlari ko`rsatilgan. Mutrubi Samarqandiyning ma'lumotiga ko`ra, Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida toliblar diniy bilimlar bilan bir qatorda adabiyot, metafizika, arifmetika, geografiya va boshqa dunyoviy fanlarni ham o`rganishgan. Muallifning yozishicha, geografiya fani ayni Ulug`bek tuzgan xarita yordamida o`rganilgan. Mirzo Ulug`bek yaratgan Samarqand astronomiya maktabining ushbu fan rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi dunyo olimlari tomonidan keng tan olingan. "Ziji jadidi Ko`ragoniy" asari XVII asrda Oksfordda ingliz tiliga va keyinchalik bir qancha sharhlar bilan dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. 1648-yilda astronom Yan Gaveliy tomonidan Polshada chop etilgan "Yo`lduzli osmon katalogi"ga dunyo astronomlarining ramziy yigilishini tasvirlovchi gravyura ilova qilingan bo`lib, undan dunyoning mashhur olimlari qatoridan Ulug`bek ham o`rin olgan. "Ziji jadidi Ko`ragoniy"da keltirilgan yo`lduzlar jadvali uzoq vaqt davomida dunyodagi eng yaxshi qo`llanma sifatida foydalanib kelindi va hozirgi vaqtda ham u o`zining ilmiy-tarixiy ahamiyatini yo`qotgan emas. Mirzo Ulug`bekni haqli ravishda yo`lduzlar ilmining sultoni, deb atash mumkin. Olimga cheksiz hurmat hosilasi sifatida mamlakatimizning qator shaharlarida va hatto, chet mamlakatlarda ham haykallar o`rnatilgan. Dunyo faniga qo`shgan katta hissasiga ehtirom sifatida Mirzo Ulug`bekning nomi fazoda ham abadiylashtirilgan. Jumladan, XIX asrda yashab ijod qilgan nemis astronomi Iogann Genrix fon Medler o`zi ochgan Oydagi kraterni Mirzo Ulug`bek nomi bilan atagan. .31648 yil Oksfordda — fan va madaniyatning eng qadimiy o‘choqlaridan bo‘lmish Angliyada ilk bor Ulug‘bekning mashhur Samarqand rasadxonasida amalga oshirilgan asosiy ishi qisman nashr etilgan. Ishni nashr uchun tayyorlab, unga sharh yozgan Jon Grivs (1602 - 1652), Oksford universitetining astronomiya professori. Keyinchalik, turkum lavhalari Angliyada bir necha bor chop etilgan. Ilk oksfordlik nashrdan 17 yil o‘tgach, olim, Oksforddagi Bodleyansk kutubxonasi qo‘riqchisi, angliyalik sharqshunos va tarjimon Tomas Xayd (1636-1703) samarqandlik nashrni fors va lotin tillarida yangi nashr uchun tayyorlab, “Tabulae Long, as Lat. Stellarum Fixarum, ex observatione Ulugh Beighi”, Oxonii nomlari ostida chop etgan, 1665. Ulug‘bek jadvallarining Ovrupada chop etilishi, shu o‘rinda, tuzish uchun ulkan va sermashshaq kuzatuv va hisob mehnatini talab qiluvchi o‘ziga xos yulduzlar katalogi sanoqli shaxslar tomonidan hisoblangan va osmon tadqiqotchilari tomonidan yuqori baholangan. Xaydning oksfordik nashridan 25 yil o‘tgach, Ulug‘bek jadvalining ma’lumotlari polyak astronomi Yan Geveliyning (1611-1687) Gdanskda chop etigan “Prodromus Astronomiae” kitobi sahifalaridan joy oladi. Bu yerda o‘z vaqtida mavjud bo‘lgan turkumlardagi ma’lumotlar o‘rtasida taqqoslash keltirilgan: Ptolemey, Tixo Brag, Richchioli, shahzoda Gass va Geveliy. 1839 yil fransuzs sharqshunosi L.A.Sediyo (1808-1876) Ulug‘bek jadvalini “Tables astronomigue d'Oloug Beg, commentees et publiees avec le texte en regard” nomi ostida qisman chop ettiradi, I bob, I bo‘lim, Parij, 1839. Va, nihoyat, Buyuk Britaniya kutubxonalarida saqlangan 8 ta qo‘lyozmani o‘rganish asosidagi Ulug‘bek jadvalining aniqroq tahlili 1917 yil AQShda E. B. Nobl tomonidan “Ulugh Beg's Catalogue of Stars. Revised from all Persian Manuscripts Existing in Great Britain” nomi ostida chop etilgan. Xulosa
Aytish joizki, Ovrupa va Osiyo kitob saqlanuvchi omborlarda “Zidjiy”ning o‘nlab qo‘lyozmalari mavjud. Ulug‘bekning yulduzlar jadvali o‘rta asrlar astronomiyasining so‘ng so‘zi bo‘ldi. Mazkur jadval teleskop ixtirosidan avvalgi, o‘rta asrlar astronomiya fanining eng yuqori poyasi bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar; Karimov Islom. O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida, xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т. «O’zbekiston», 1997 I.Karimov. ―Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. ―Sharq‖. 1998 I.A.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.‖Ozbekiston‖ 1998 Karimov I.A. ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖, O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. ―Sharq‖, 1997. B.Ahmedov. Amir Тemur. Тarixiy roman. Т., 1995 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Т., 1997 B.Ahmedov. Ulug`bek (Esse). Т., 1989 A.Muhammadjonov. Тemur va temuriylar saltanati. Тarixiy ocherk. Т., 1996 B.Shalotonin. Gorod na beregu Zarafshana. «Kizilkum», 1999 F.Qosimov. Тemuriylar davrida Buxoro. Buxoro, 1996 Mirzo Ulug`bek. Тo’rt ulus tarixi. Т., «Cho’lpon» nashriyoti, 1993 Download 28.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling