1. Zardoʻsht quyosh kalendari va uning isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari. Muchal kalendari
Download 27.29 Kb.
|
Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zardoʻsht kalendari
Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi Reja 1. Zardoʻsht quyosh kalendari va uning isloh qilinishi. 2. Xorazm quyosh kalendari. 3. Muchal kalendari. 4. Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi. Oʻrta Osiyoda bosma kalendarlarning chop etilishi. Zardoʻsht kalendari – Eron va Oʻrta Osiyo xalqlari qoʻllagan eng qadimgi yil hisobidir. Zardusht yil hisobi Quyosh yiliga asoslangan boʻlib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana besh kun bor. Bu besh kun alohida oy hisoblanadi. Bu besh kun sakkizinchi oydan keyin qoʻyilgan boʻlib, shunda toʻqqizinchi oyning boshlanishi Navroʻzga toʻgʻri kelgan. Taqvimdagi 12 oyning nomi “Avesto”dagi maʼbudalarning nomiga borib taqaladi. Oy nomlaridan tashqari oy tarkibiga kirgan kunlar (30 kun)ning ham alohida-alohida nomlari bor. “Avesto”ning milodiy VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oy va kunlarning toʻliq nomi roʻyxati keltirilgan. Biroq baʼzi kalendar atamalari “Avesto”ning eng azaliy qismlari deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda tarkib topgan. Bu “Gatlar”da ham uchraydi. Olimlarning taxmin qilishicha, bu taqvim Sharqiy Eron va Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan. Dastlab, Gʻarbiy Eronda Ahamoniylar davrida rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilingan (ilmiy adabiyotlarda Qadimgi Eron yil hisobi deb atalishining sababi ham shu). Abu Rayhon Beruniy oʻzining “Xronologiya” asarida miloddan avvalgi 441-yilni zardusht yil hisobi shu yildan boshlangan deb koʻrsatadi. Zardusht kalendari 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, toʻrt yilda yana bir kun orttirilgan. Demak, har toʻrt yilda (kabisa yilida) oʻn ikkinchi oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qoʻshilgan. Oʻttiz kunga atab qoʻyilgan mazkur nomlar yilning oʻn ikki oyidagi hamma kunlarga taalluqli boʻlgan. Zardusht yil hisobi milodiy 632-yilgacha qoʻllanib keldi. 632-yilda sosoniy podshohlardan Yazdgird III zardusht taqvimini isloh qiladi. Abu Rayhon Beruniy Soʻgʻd oylar toʻgʻrisida ham maʼlumot beradi. Ularda oʻn ikkita oy boʻlib, ularning har biri oʻttiz kundan hisoblangan. Soʻgʻdiy oy nomlari:
Download 27.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling