1. Zardoʻsht quyosh kalendari va uning isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari. Muchal kalendari


Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi. Oʻrta Osiyoda bosma kalendarlarning chop etilishi


Download 27.29 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi27.29 Kb.
#1631479
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi

Oʻrta Osiyoga hijriy kalendarning kirib kelishi va joriy etilishi. Oʻrta Osiyoda bosma kalendarlarning chop etilishi. Arablarning Oʻrta Osiyoga dastlabki yurishlari Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651-yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayhun)dan shimolda joylashgan yerlarga "Movarounnahr", yaʼni, "daryo ortidagi yerlar" deb nom berishadi1. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan maʼlumotlarga koʻra, Muhammad paygʻambarning shaxsan oʻzi Movarounnahrni buysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga eʼtiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga daʼvat etgan.
Umuman olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod qabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar talon-taroj qilish, oʻlkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni oʻrganish, boyliklarni olib ketish maqsadida uyushtirilgan edi. 705-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movarounnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. Oʻrta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qoʻl kelgan edi. 706-yilda u katta qoʻshin bilan Movarounnahrga yurish boshladi va Poykand shahri 15 kunlik qamaldan soʻng egallandi.
Arablarga qarshi turklar, soʻgʻdiylar, umuman, mahalliy aholi oʻzaro ittifoq tuzishga erishgan boʻlsa-da, Qutayba nayrang yoʻli bilan bu ittifoqni buzishga muvaffaq boʻldi va 708-709-yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurish qilib ,Buxoroni zabt etdi. Qutayba 710-yilda Shuman, Nasaf va Keshni egalladi. 710-712-yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh Xurzod Qutayba bilan tinchlik sulhi toʻzib, unga yirik mikdorda boj toʻlaydilar. Ammo, Samarqand aholisining tovon toʻlashga qarshilik koʻrsatishi, norozilik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va oʻlimi, Soʻgʻd podshosi va Samarqand afshini sifatida Gurakning taxtga oʻtirishi arablarning Samarqandga hujumlari uchun bahona boʻlgan edi. Shuningdek, Qutayba "Tarxunning oʻlimi uchun qasd olaman", deb eʼlon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712-yilda uni bosib oldi. Mugʻ togʻi hujjatlarining maʼlumot berishicha, 712-713-yillarda Sugʻd, Choch, Fargʻona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq toʻzib vaqtincha gʻalabalarga erishgan boʻlsa-da, Qutayba bu ittifoqka rahna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq boʻldi. 714-yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini toʻxtatib qoʻyish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi. 715-yilda Qutayba Fargʻonaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi. Shu yili Qutayba oʻziga dushman boʻlgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon kutaradi va magʻlubiyatga uchrab, oʻldiriladi.
Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi boʻlib, 720-yilda Sugʻd aholisi bosh koʻtargan va bu harakatta Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladi. Bu harakat umumxalq koʻzgʻoloniga aylanib ketganligi bois, Xuroson noibi Sayd ibn Abdulaziz uni bostirishga muvaffaq boʻla olmadi. 721-yilda xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Sayd ibn Amir al-Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlanadi. U qoʻzgʻolonchilar bilan muzokaralar olib borishi natijasida koʻzgʻolonchilarning bir qismi arablar tomoniga (Gurak boshchiligida) oʻtgan boʻlsa, bir qismi shafqatsizlarcha bostiriladi.
VIII asrning 2-choragidan boshlab arab xalifaligida ikkita sulola -Ummaviylar va Abbosiylar oʻrtasida kurash avj oldi. Maʼlumki, ulkan xalifalikni 667-yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda koʻp siyosiy oʻzgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zoʻravonlik, adolatsizlikning avj olishi ruy berdi-ki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qoʻydi. 718-yildan boshlab Muhammad paygʻambarning amakilari Abbosning tarafdorlari - Abbosiylar oʻz gʻoyalarini targʻib qila boshladilar. Ularning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 749-yilda Abu Muslim qoʻshini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilib, Iroq va Jazoirda Ummaviylarga hal qiluvchi zarbalar berdi. Qoʻzgʻolonchilar poytaxt Damashqni ham qoʻlga olib, xalifa Marvon II ni taxtdan agʻdardilar hamda Abbosiylardan boʻlgan Aboʻlabbos Safaroh (749-754) taxtga oʻtiradi. Ammo, hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari kelsa ham arablarga qarshi kurash toʻxtamadi.
751-yilda Buxoro shaxrida Sharik ibn Shayxulmahr boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtariladi. Qoʻzgʻolonchilar shialik talablarini ilgari surib, Ali avlodidan xalifa tayinlash shiorini koʻtarib chiqishadi. Bu qoʻzgʻolon Abu Muslim joʻnatgan Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qoʻshinlar va buxorxudot Qutayba ibn Tugʻshod yordamida bostiriladi. 755-yilda Abu Muslim xalifa Abu Jaʼfar tomonidan Bagʻdodda xiyonatkorona oʻldiriladi. Uning doʻsti va safdoshi Sumbad oʻsha yiliyoq doʻsti uchun oʻch olish maqsadida koʻzgʻolon koʻtaradi. Qoʻzgʻolon tez orada Xuroson va Tabaristonga yoyiladi. 70 kun davom etgan qoʻzgʻolon xalifa qoʻshinlari tomonidan qattiqqoʻllik bilan bostiriladi.
VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qoʻzgʻoloni koʻtariladi. Tarixda "oq kiyimlilar" qoʻzgʻoloni" deb nom olgan bu harakatga asli kelib chiqishi Marv atroflari yoki Balxdan boʻlgan Muqanna taxallusli Hoshim ibn Hakim boshchilik qiladi. Qoʻzgʻolon 776-yilda boshlanib, oʻsha yili Muqanna Amudaryodan oʻtib Kesh viloyatiga keladi va Kesh yaqinidagi Sanam qalʼasini oʻziga qarorgoh qiladi. Qoʻzgʻolon tez orada Sugʻd, Iloq Shosh, Naxshab va Chagʻaniyon hududlariga yoyiladi. Arab qoʻshinlari bir necha yil davomida Muqanna qoʻzgʻoloniga qarshi qaqshatqich kurash olib borib, VIII asr 80-yillari boshlarida qiyinchilik bilan qoʻzgʻolonni bostirishga muvaffaq boʻldilar.
Arablar istilosidan keyin Movarounnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqshunosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qurʼoni karim va Hadisi sharifga hamda fikhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinining koʻp jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtayi nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab boʻladi.
Qadimgi arab kalendari klassik Oy kalendari hisoblanadi. Arabiston yarim orolida Oy taqvimiga asos solgan va takomillashtirgan paytdan qadimgi arab kalendarining tarixi boshlanadi. Bu milodgacha boʻlgan I ming yillikka toʻgʻri keladi. Milodning I ming yilligi oʻrtalarida (V asrlar atrofida) Oy kalendaridan Oy-quyosh kalendariga oʻtish boshlanadi. Oy kalendarini Quyosh yili bilan moslashtirish uchun vaqt oʻtishi bilan qoʻshimcha oʻn uchinchi oy “nasi” va baʼzan yilning oxirida besh yoki olti kundan iborat qoʻshimcha kunlar qoʻshilgan. Lekin aniq embolistik oy tizimi kiritilmagan. Arab kalendarining keyingi rivojlanishida Oy-quyosh sistemasini rasmiylashtirish islom dini paydo boʻlishi bilan toʻxtab qoldi. Arablar 200-yilga yaqin vaqt davomida Oy-quyosh kalendaridan foydalandilar. Islom dinida Oy taqvimi asosini buzish taqiqlandi. VII asrning oʻrtalariga kelib arablar yana oʻzlarining klassik Oy kalendariga qaytdilar. Qadimgi arab kalendari deyarli oʻzgarishlarsiz bizgacha saqlangan. Qadimgi arab Oy yili oʻn ikki oydan iborat boʻlgan.
Bir qancha xalqlarda, ayniqsa, musulmon Sharqidagi mamlakatlarda qadimgi arab oy sistemasi hisoblashlari milliy va diniy ruh olgan. Bu tizim natijada tuzilgan kalendarlar bir qancha Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtgacha qoʻllanilib kelmoqda. Oy kalendari uzoq vaqt Oʻrta Osiyo va Kavkazda, shuningdek, tatar va boshqirdlarda keng tarqalgan.
Bugungi kungacha arab kalendarida oy nomlari ikki marta oʻzgargan. Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Masʼudiy” asarida qadimgi arab kalendaridagi oy nomlarini keltirib oʻtadi. Bular:



Download 27.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling