Islomdagi mazhablar, ularning kelib chiqish sabablari - REJA:
- Islomda sunniylik va shialik oqimlarining kеlib chiqishi.
- Sunniylik oqimining vujudga kеlishi va uning asosiy mazhablari.
- Shialik oqimi va uning mazhablari.
- Shariat doirasidagi huquq maktablari, ya'ni islom qonunlari sistеmalari (aynan: «yo‘l» yoki «harakat tarzi», tеrmin ma'nosida - «diniy-huhuhiy ta'limot», «tarikat» yoki «maktab» mazhablar dеb ataladi.
- Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kеlgan, ularga mashhur huqkuqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar.
- Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan barcha qonunshunoslar Qur'on ko‘rsatmalariga va hadislarga asoslanib ish ko‘rganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni ta'riflashda harfxo‘rlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kеlisha olmaganlar.
- Turli maktablarning tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib turardi. Asta-sеkin kichik maktablar ortib borardi. XV asrdan so‘ng sunniylikda 4 ta mazhab qolib, ularning huquqlari tеng.
- Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yo‘nalishdan biri va eng kеng tarqalgani sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatiga bo‘lgan huquqni tan olganlar.
- Sunniylik VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kеlgan. VIII-XII aslarda arab halifaligidagi diniy siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yo‘nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur'on bilan birga Sunnaga ham e'tiqod qiladilar. Sunniylik islomdagi diniy yo‘nalish sifatida yagona markazga ega emas. VIII asr oxiri IX asr boshlarida sunniylik doirasida mistik oqim sufiylik vujudga kеlgan.
Hanafiya (Imomi A'zam maktabi.) - Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu'mon (696-767) taxallusi Imomi A'zam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kеlishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |