Mavzu: Islomdagi masxablar reja
Download 68 Kb.
|
REJA mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)
- HANAFIY SUNNIYLIK
Mavzu: Islomdagi masxablar REJA : I. KIRISH. MAZHAB HAQIDA TUSHUNCHA II. Asosiy qism : 1. Hanafiy Sunniylik mazhabi 2.Shofi`ylik Shialik mazhabi 3.Boshqa mazhablar III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab) Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi. Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Musulmon kishi mazhabda to’rtta mazhabda birida va aqidada Moturudiy yoki Ashariy bo’lishi Ahli sunna val jamoa ekanligini belgisidir. Bu eng to’g’ri yo’ldir. Islom tarihida, turli maktablarning tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. Asta-sekin kichik maktablar ortib borgan. XV asrdan soʻng sunniylikda 4 ta mazhab qolgan boʻlib, ularning huquqlari teng. Hanafiylik Sunniylik (45%) Shofi'iylik Sunniylik (28%) Molikiylik Sunniylik (15%) Hanbaliylik Sunniylik (2%) Ismoiliylar Shialik (0.5%) O'n ikki imom Shialik (8%) Zayidiylar Shialik (1%) Ibodiylar (0.5%) HANAFIY SUNNIYLIK Hanafiy mazhabi ( arabcha: حَنَفِي rum ) islom huquqshunosligining (fiqh) toʻrtta anʼanaviy asosiy sunniy maktablaridan (mazhab) biri hisoblanadi. Uning eponimi 8-asr kufonlik olimi Abu Hanifa an-Nu'mon ibn Sobit bo'lib, kelib chiqishi fors bo'lgan tabiiy bo'lib, uning huquqiy qarashlari asosan uning ikki muhim shogirdi Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy tomonidan saqlanib qolgan. Abbosiylar homiyligida hanafiylik mazhabi Iroqda gullab-yashnadi va sharqqa yoyilib, IX asrga kelib Xuroson va Movarounnahrda mustahkam oʻrnashib oldi va u yerda mahalliy Somoniy hukmdorlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Turkiy ekspansiya maktabni Hindiston yarimoroli va Anadoluga olib kirdi va Usmonli imperiyasining bosh yuridik maktabi sifatida qabul qilindi. Hanafiy mazhabi eng ko'p tarafdorlari bo'lgan mazhab bo'lib, undan keyin dunyo bo'ylab musulmonlarning taxminan uchdan bir qismi turadi. U Afg'oniston, Turkiya, Pokiston, Misr, Bolqon, Levant, Markaziy Osiyo va Bangladeshda, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eronning bir qismidan tashqari keng tarqalgan. Boshqa boshlang'ich sunniy huquqiy maktablar - Molikiy, Shofi'iy va Hanbaliy maktablari Hanafiy ulamolarning ro`yhati • Abu Hanifa • Abu Yusuf • Muhammad ash-Shayboniy • Yahyo ibn Main • Abu Mansur al-Moturidiy • Abu Ja'far at-Tahaviy • Al-Hujviriy • Abu Hafs Umar an-Nasafiy • Burhoniddin al-Margʻinoniy • Farididdin Attor • Rumiy • Bahouddin Naqshband • Ali al-Qoriy • Ibn Obidin • Al-Maydoniy • Meher Ali Shoh • Ahmad Rizo Xon Barelvi Sunniylik (sunna soʻzidan) - islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Sunniylikka (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, O'rta Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi. Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. VII asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi. Sunniylik boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam) ning "Al-Fiqhul Akbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. Sunniylik tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1.Mavjudotlarning haqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql. 2.Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 3.Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 4.Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang al-Asmo al-husno). 5.Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 6.Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi Odam, oxirgisi — Muhammad. 7.Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 8.Islomning besh rukni — iymonkalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish. 9.Iymon — Muhammad Alloh Taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda iymonnuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda iymonnuri ozayib turishini tasdiklash va h.k. 10.Sunniylikda 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. S. islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan. Sunniylik bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekistonda, asosan, Sunniylikka eʼtiqod qilinadi.. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling