Ingiliz tili o’qituvchilari uchun chiqarilgan serfikatlar va ularning konseptual pedagogik asoslari kirish


Download 36.67 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1796149
  1   2   3
Bog'liq
INGILIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN CHIQARILGAN SERFIKATLAR VA ULARNING KONSEPTUAL PEDAGOGIK ASOSLARI1


INGILIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN CHIQARILGAN SERFIKATLAR VA ULARNING KONSEPTUAL PEDAGOGIK ASOSLARI
Kirish

  1. Ingiliz tili o’qituvchilari uchun chiqarilgan serfikatlar

  2. Ingliz tili o‘qituvchilari sertifikatlari

Xulosa
Foydalanilgan manbalar

Kirish
O‘qituvchilar sarosimada. Ularni eshitib, nima istayotganini tushunib, vaziyatni chetdan kuzatayotgan odam sifatida miyamda faqat bir fikr g‘ujg‘on aylana boshladi: vazirliklar nega o‘qituvchilarni bunchalik yomon ko‘radi va nega ularni odam o‘rnida ko‘rmaydi?
Keling, gap nimadaligi haqida bir boshidan hikoya qilib beray.
Prezidentning 2022 yil 11 maydagi «2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Avvalgi vazir Baxtiyor Saidov va moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 29 iyulida Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar ro‘yxati ham tasdiqlangan edi.



Vazirliklarning qo‘shma qarori / Kun.uz
Bu qo‘shma qarorning 3-ilovasida ingliz tili bo‘yicha 13 ta xalqaro sertifikat ro‘yxati keltirilgan.
Vazirliklar qo‘shma qarorida o‘tgan yili ingliz tili bo‘yicha tasdiqlagan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati.
Ingliz tili o‘qituvchilari maoshiga ustama olish uchun til bilish darajasini aniqlab beruvchi xalqaro sertifikatlarning ikkitasi 1 avgustdan e’tiboran Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan bekor qilinibdi. Qaror 28 iyul kuni imzolangan bo‘lsa ham, u 31 iyul kuni ommaga oshkor qilingan.
Ya’ni oradan bir yil o‘tib, xalqaro sertifikatlar orasida British Council APTIS va Linguaskill kabilari bekor qilinmoqda. Xalqaro tan olingan sertifikatlar soni 11 taga tushirilgan.
Vazirliklarning joriy yil 28 iyuldagi qo‘shma qarorida ingliz tili bo‘yicha tasdiqlagan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati.
Mazkur sertifikatlarni 31 iyulgacha qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga 3 yil davomida maoshiga 50 foizlik ustama to‘lanadi. 1 avgustdan keyin sertifikat bekor qilingan — test muvaffaqiyatli topshirilib, sertifikat olingan taqdirda ham maoshga ustama berilmaydi. Test o‘tkazuvchi ta’lim tashkiloti bu bizga bog‘liq bo‘lmagan holat, deb test imtihonlari topshirish uchun 750 ming so‘m pul to‘lab qo‘yganlarning pullari ham qaytarib berilmasligini bildiribdi.
«Qizig‘i — test o‘tkazuvchi assessment.uz xususiy tashkilot ekanligi, bu haqda xabari yo‘qligini aytib, biz test o‘tkazib beramiz, u tomoni bilan ishimiz yo‘q, deb pulni qaytarmasliklarini aytishdi», — deb yozadi o‘qituvchilardan biri.
Assessment.uz aloqa markazidagi operatorlardan biri o‘qituvchilardan biriga quyidagi ko‘rinishda yozma javob bergan:
«Biz bu borada siz kabi rasmiy ma’lumotdan emas, internetdagi e’lonlar orqali 31 iyul kuni xabar topdik. Bu qaror davlatning mas’ul vazirliklari: Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan qabul qilingan.
Biz xususiy tashkilotmiz, bizning asosiy faoliyatimiz test sinovlarini tashkil etish va biz bunday qarorlarni chiqarish huquqiga ega emasmiz.
Bizda o‘tkaziladigan imtihonlar faqat maoshga ustama haq olish uchun o‘tkazilmaydi. Oliygohlarga kirish, xorijiy davlatlarga ketish va hokazolar uchun topshiriladigan imtihonlarimiz ham bor — ro‘yxat uzun. Pul qaytarilmaydi, qaytariladigan holatlar ro‘yxati ommaviy ofertada ko‘rsatilgan. Ommaviy oferta shaxsiy kabinetingizga joylashtirilgan. Imtihonlar belgilangan kun va vaqtda o‘tkaziladi, bemalol kelib, topshirishlaringiz mumkin», — degan operator o‘z javobida.
Ya’ni APTIS testiga to‘lov qilgan o‘qituvchilar test imtihonlariga kirishlari mumkin, ammo testdan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng beriladigan sertifikat tan olinmaydi, tabiiyki, bunday muammoga duch kelgan ingliz tili o‘qituvchilari maoshiga 50 foizlik ustamadan ham quruq qolishadi.
Keyinroq Assessment.uz tashkiloti murojaatlardan keyin Aptis’ga to‘lov qilganlarning 50 foiz pulini qaytarib berib, TOEFL ITP bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun 10 foizlik chegirma e’lon qilibdi. Ammo Aptis’ga tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchilar TOEFL uchun ham kamida bir oy tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, uning tuzilishi, imtihon savollarini ko‘rib chiqishi uchun vaqt talab qilinishini aytishmoqda.
Sizda «bor-yo‘g‘i 2 ta sertifikat bekor bo‘lyapti ekan, qolganlari turibdi-ku, boshqasiga topshirishsa bo‘lmaydimi?» degan savol tug‘ilishi mumkin.
Avvalo o‘qituvchilar yoz bo‘yi mana shu test imtihonlariga tayyorlanishgan. Repetitorlarga borishgan, o‘quv adabiyotlari sotib olishgan. Ikkinchidan, bu sertifikatlar to‘lovi qolganlarga nisbatan arzonroq — 750 ming so‘m. Qolgan sertifikatlarni qo‘lga kiritish uchun o‘qituvchilar kamida bir oylik maoshidan voz kechishi kerak.
Ro‘yxatda qoldirilgan til sertifikatlarining narxi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faqat 2 avgust kuni tungi soat 22:23 ga kelib Telegramdagi rasmiy kanalida rasmiy bayonot berdi.
Ro‘yxatdan chiqarilayotgan sertifikatlar bilan bog‘liq vaziyatni vazirlik quyidagicha tushuntirgan:
«Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: 

  • Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, ya’ni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;

  • Ba’zi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

  • Sertifikatlarning haqqoniyligi tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

  • Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollari doimiy takrorlanishi.

Ammo o‘qituvchilar fikricha, arzonligi tufayli hamma ustamaga ega bo‘lish uchun ushbu sertifikatni qo‘lga kiritishga harakat qilayotgani vazirlikka yoqmagan.
«Hukumat ingliz tili ustozlarida sertifikat bo‘lishi shart degan talabni qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Hamma ustozlar o‘zi uchun qulay bo‘lgan sertifikatni qo‘lga kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rib, uni olishga harakat qilishyapti.
Sertifikatlarning turi ko‘p. Ko‘pchilik ustozlar «APTIS for teachers» imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Shu qatori men ham. Lekin hukumat hech qanday ogohlantirishsiz bu sertifikatni ustama beradigan sertifikatlar qatoridan olib tashlagan. Biz to‘lagan pulimizni qaytarib olaylik, desak iloji yo‘q ekan. Endi uni topshirib, yaxshi natija ko‘rsatgani bilan ustoz uchun hech qanday foydasi yo‘q. Olib tashlanganining asosiy sababi shuki — ustama olayotgan ustozlarning 50 foizdan ko‘pida aynan shu sertifikat bor. Shuning uchun atayin qilishgan», — dedi o‘qituvchilardan biri.
Vazirlik taxmin qilinganidek, turli vaj-korsonlarni keltirgan, arzon sertifikat bilan ustama turli qing‘ir yo‘llar bilan qo‘lga kiritilayotgani kabi. Davlat budjetiga ustama to‘lash og‘irlik qilayotgani haqida hech narsa demagan. «Biz mana shunday fikrdamiz» qabilida ish ko‘rmasdan, o‘sha qing‘irliklarni amalda ko‘rsatib, isbotlab berishsin edi unda. Avvalroqdan e’lon qilib, ogohlantirib borishlari kerak emasmidi?!

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling