Ingiliz tili o’qituvchilari uchun chiqarilgan serfikatlar va ularning konseptual pedagogik asoslari kirish
Download 36.67 Kb.
|
INGILIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN CHIQARILGAN SERFIKATLAR VA ULARNING KONSEPTUAL PEDAGOGIK ASOSLARI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Malika). «Hech bo‘lmaganda avgust-sentabr oyi sertifikatlari o‘tsin! Pulni qaytarish yechim emas. Muddatini cho‘zdirish kerak». (Sohiba).
- (Durdonaxon).
- (Gulmira Ashurova)
O‘qituvchilar nima deydi?
«APTIS shu kungacha o‘tkazib kelingan. Biz istaymizki, registratsiya qilib pul to‘laganlarning oladigan sertifikatlari tan olinsin. Chunki bizga ogohlantirish berilmadi. «Falon kundan boshlab APTIS o‘tmaydi», deyilmadi. Bo‘lmasa biz ro‘yxatdan o‘tmasdik, tayyorlanmas edik bu imtihon uchun. Bizda boshqa chora ham yo‘q edi, qolgan imtihonlar qimmat va vaqti to‘g‘ri kelmaydi». (Malika). «Hech bo‘lmaganda avgust-sentabr oyi sertifikatlari o‘tsin! Pulni qaytarish yechim emas. Muddatini cho‘zdirish kerak». (Sohiba). «Men universitetni yaqinda bitirib, setifikatsiz ishga qabul bo‘lmaslik qarorini bilgan holda, IELs to‘loviga imkonim yo‘qligi uchun ishga kirib, keyin topshirishni niyat qilgandim. Multilevel sertifikati registratsiyasi yopiqligi uchun men APTIS for teachers sertifikatini tanladim. Chunki bu sertifikatning javobi boshqalariga qaraganda javobi tezroq chiqadi. Linguaskill va boshqalarining soxtalari ko‘p, hisobga o‘tmaydi, deyishgani uchun tanlamagandim. APTIS’ga tayyorlanib endi bilimimizni sinaymiz, deganimizda bu sertifikat bekor qilindi. Iltimos qilib qolamiz: 1 avgustdan emas, 1 sentabrdan bu qaror kuchga kirishini. Keyin albatta ishlab, mablag‘ yig‘ib IELs’ga topshiramiz. APTIS for teachers sertifikati uchun avgust oyida registratsiya qilgan ustozlarimizning imtihon natijalari avgust oyida hisobga olinishini, yangi o‘zgarish sentabrdan kuchga kirishini so‘raymiz». (Xursanoy). «Asosiy maqsad — O‘zbekistondagi barcha o‘qituvchilarida sertifikatni majburiy qilishni 2025 yildan bekor qilishsin. Ustama olmoqchi bo‘lgan harakat qilsin, majburiy bo‘lmasin. Sabab sertifikat olaman deb repetitorga qatnab ishga ko‘ngil qo‘yib bo‘lmaydi. Agar stajga qarab ustama to‘lashadigan bo‘lsa, unga rozimiz. APTIS sertifikat olish uchun repetitorga qatnab, qarz bo‘lib, to‘lov qilganlarning pulini qaytarishsin, chunki o‘qituvchilar o‘zi arzimagan maoshga ishlashmoqda. Misol uchun, men o‘g‘il uylashim, kontrakt to‘lashim kerak, bolalarimga uy-joy qilishim kerak. Repetitorga qatnab, sertifikat olishga ortiqcha mablag‘im yo‘q. Bozorga chiqish, boshqa kasb qilish oliy ma’lumotli o‘qituvchi odamning qo‘lidan kelmaydi. Hozir faqat APTIS tiklansin, desalaring vaqtincha bekor bo‘lib bo‘ldi. Undan ko‘ra, pullarni qaytarishsin. 4 yil o‘qib olganmiz diplomni axir. Butun O‘zbekistonda 2025 yildan sertifikat olmasa ingliz tili o‘qituvchilarining taqdiri nima bo‘ladi? Qaysi sertifikat ko‘p olinsa sekin-asta bekor bo‘lyapti. Hamma sertifikatga o‘zining kitobini o‘qib tayyorlanish kerak axir. Umuman, yozda ham dam olmadik. Yo‘q bo‘lsin sertifikat». (Durdonaxon). «Shu sertifikat deb yoshi katta ustozlarning yelkasi qisilib qoldi, yosh o‘qituvchilar yoshi ulug‘ ustozlarni mensimay qolishdi. Bir parcha qog‘oz inson qadrini belgilab qoldi. To‘g‘ri, yoshi ulug‘ ustozlarning boshida ming tashvish bilan bilimi yetmayotgandir, lekin o‘z o‘quvchilari, nevarasi tengilar uning shuncha yillik mehnatini bir tiyinga olmay qo‘yishdi. Sababi — ular ingliz tilini «zo‘r» bilishadi. Boshqasi-chi?! Tarbiya, o‘zbek tilimiz, tariximiz va boshqa qadriyatlarimiz-chi?! Umuman olganda, hayotimiz faqat shu sertifikatga bog‘liqmi? Ustozlarning sha’nini ko‘tarmoqchi ekanmiz, ularning mehnati, sog‘lig‘i, vaqtini qadrlaylik». (Gulmira Ashurova) Guvohi bo‘lib turibsizki, sertifikat uchun tayyorlanib, to‘lov qilib qo‘ygan o‘qituvchilar hech qursa avgust oyida ham sertifikat uchun imtihon topshirish uchun izn berilishini talab qilishmoqda. Chindan ham shunisi adolatli bo‘ladi. Har qanday keskin qaror imi-jimida emas, bir-bir yarim oy avval ogohlantirib e’lon qilinishi kerak-ku? Tayyorgarlik ko‘rgan, to‘lov qilgan o‘qituvchilarning rejasini chippakka chiqarmasdan? Yoki o‘sha British Council APTIS va Linguaskill sertifikatlarining barchasi birato‘la bekor qilinsin. Bu qanday adolat bo‘ldiki, bir kun avval olganniki hisobga o‘tadi-yu, ertasi kuni topshirishga izn yo‘q? 1 avgust qanaqa sehrli sana bo‘ldi?! Download 36.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling