www.ziyouz.com kutubxonasi
22
haq» (Haqiqatni zohir qilish) jurnalining 1918 yil 18 yanvar sonida bosilgan maqolada
Mushafning avvalgi makoni Samarqand shahri ekanligi ta’kidlanib, u o‘z o‘rniga
qaytarilsa yaxshi bo‘lar edi, degan fikr olg‘a suriladi. «Mushaf uchun toshdan yasalgan
maxsus lavh hanuzgacha o‘z o‘rnida bo‘sh turmoqda»— deyiladi.
Mashhur olim Muso Jorulloh o‘zining Petrogradda chiqadigan gazetasida shunday
yozadi: “Xo‘ja Ahror masjididan ba’zi muftiylarning xiyonati oqibatida olib ketilgan
Usmon Mushafi oxir-oqibat yana musulmonlar qo‘liga qaytib keldi. Agar Samarqandda
qolganda murid-muxlis ziyoratchilar yoki ajnabiy sayyohlar tomonidan olib ketilib,
bugunga kelib bir varag‘i ham qolmagan bo‘lur edi. Mushaf avvalda Xo‘ja Ahror
masjidining vaqfi bo‘lganligi uchun Turkiston musulmonlarining talabi to‘g‘ridir. (Ushbu
talab to‘g‘risida keyinroq so‘z yuritamiz. Muallif). Ka’ba kaliti kabi amonatning o‘z
egalariga qaytarilishi ularning isbot talab qilmaydigan haqlaridir. Lekin, ular Mushafni
zarar tegmaydigan, xavfsiz joyda saqlashlik to‘g‘risida o‘ylashlari kerak. Mushaf bir
kishining mulki emas, balki, u barcha musulmonlarga tegishlidir. Bugunga kelib
Mushafning 552 varag‘i qolgan va taqriban yarmi ziyoratchilar tomonidan o‘g‘irlanib,
talon-taroj qilish oqibatida yo‘qolgan. Hofiz Abdul Karim afandi Yunus kutubxonasida
mana shu Mushafning bir necha varaqlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |