Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 mavjud bo‘lgan katta qabilalarning lahjalaridir. Abu Ubayda: «Buning ma’nosi Qur’onning har bir so‘zi yetti xil o‘qiladi, degani emas, balki, yetti lahja Qur’onga bo‘lib qo‘yilgan, ya’ni uning (Qur’onning) ba’zi joylari Quraysh lahjasida, ba’zi joylari huzayl lahjasida, boshqa bir joylari havozin lahjasida va yana bir xil joylari yaman lahjasida, degan ma’noni beradi», deydilar. «Jabroil (a.s) Qur’onni payg‘ambar (s.a.v.)ga har yili bir martadan ko‘rsatar edilar. Vafot yillari esa, mansux bo‘lgan joylari ketgan va qolgan joylari to‘liq holda 2 marta ko‘rsatib, o‘qitdilar. Har safar boshqa boshqa lahjada ko‘rsatar edilar, toinki yetti lahja (qiroat)ga yetdi. Bu narsa ummatga xuddi shariat osonlikka buyurgani kabi, ularga Qur’on tilovati oson va yengil bo‘lishi uchun qilingan marhamatdur», — deb, davom etadilar Abu Ubayda. Qozi Abu Bakr Boqiloniy: «Qur’oni Karim arablarning hamma lahjalarida nozil bo‘lgandur», — deydilar. «Qur’onni oson va yengillik bo‘lishi uchun, shu lahjalarning hammasida o‘qilishiga ruxsat berilgan. Rasululloh (s.a.v.) har bir insonga uning tiliga va shevasiga muvofiq qiroatdan ta’lim berar, sahobalarga shu yetti qiroatning qaysinisini hohlasalar, shunda o‘qishlariga ruxsat berar edilar. Agar ixtilof qilsalar va o‘zlaridan boshqalarning qiroati xususida Rasulullohdan so‘rasalar, hammasi to‘g‘ri va Alloh tomonidan ruxsat berilgan, Qur’on xususida ixtilof va janjal qilmanglar»,— deb javob berardilar». Rasululloh(s.a.v.) vafot qilgan vaqtlarida ham shu yetti xil lahjada qiroat qilinar edi. Abu Bakr (r.a.) jam’ qilgan Qur’on to‘plami ham shu yetti qiroatni o‘z ichiga olgan edi. «Irshodul-qurro val-kotibin» («Qiroat qiluvchi va yozuvchilarga ko‘rsatma»)nomli kitobda, Zayd bin Sobit Qur’oni Karimning hamma juz’larini zikr qilingan barcha holatlarga rioya etgan holda va «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgan, qaysinisi oson bo‘lsa, o‘sha qiroatda o‘qinglar», deb aytilgan hadisga muvofiq yetti qiroatga mos qilib yozdi, deyiladi. Shayx Abdulaziz al-Buxoriy «Al-muntaxab al-hisomiy» kitobining sharhida aytadilarki, Qur’on avvalda arab lahjalarining eng fasohatlisi bo‘lgan Quraysh lahjasida nozil bo‘ldi, so‘ngra boshqa arablar qiynalganliklari uchun, Rasululloh (s.a.v.)ning duolari bilan yengillik nozil bo‘lib, boshqa lahjalarda ham tilovat qilishlariga izn berildi. Shunday qilib, asl qiroatga rioya qilishlikning vojibligi soqit bo‘ldi. Kengchilik shu darajada ediki, har bir jamoaga o‘z lahjalarida ham, o‘zgalar lahjasida ham o‘qishlikka ijozat berilgandi. Bunga payg‘ambar (a.s.) ushbu so‘zlari bilan ishora qildilar: «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgandur, hammasi shofiyu kofiydur», Har bir arab uchun o‘z lahjasi qolib, boshqa lahjada, masalan, Quraysh arabining Tamim lahjasida qiroat qilishligi joiz bo‘ldi. Payg‘ambar vafotlaridan keyin ko‘p joylar fath qilinib, Islom zamini kengaydi. Sahobalar va musulmonlar bir qancha mamlakatlarga tarqab ketdilar. Islom mintaqalarining har bir diyoridagi aholi Qur’on qiroatini o‘sha yerda mavjud bo‘lgan sahobalar ichidagi mashhur qoriydan olardilar. O’z navbatida bu qoriy sahoba biron bir lahjaga mansub edi. Masalan, Shom ahli Ubay bin Ka’b qiroatida, Kufa ahli Abdulloh bin Mas’ud qiroatida, yana boshqalar Abu Muso al- Ash’ariy qiroatida va hokazo qiroatlarda tilovat qilar edilar. Yuqorida zikr qilinganidek, sahobalarning qiroatlari bir biridan farq qilgani uchun ular yashab turgan joylar aholisining qiroati ham bir biridan farq qiladigan bo‘ldi. Mana shu farq turli mintaqa musulmonlari o‘rtasida Qur’on qiroati to‘g‘risida tortishuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘la boshladi. Har bir tomon o‘zining qiroati to‘g‘ri va afzal deb, da’vo qilardi. Xuddi shunday voqea, Huzayfa bin al-Yamonning Ozarbayjonga g‘azotlari paytida sodir bo‘ldi.
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling