Taqdimo t tayyorladi: Abdualimova Gulchexra islomdagi mazhablar va yo’nalishlar


Download 410.46 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi410.46 Kb.
#1119007
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdualimova Gulchexra TAQDIMOT falsafa


ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR
mavzusida
T A Q D I M O T
Tayyorladi: Abdualimova Gulchexra
ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR.
REJA:
  • Islom oqimlari va yo’nalishlari.
  • Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar.
  • Mazhablarning paydo bo’lishi va ular orasidagi farqlar.

1. Islom oqimlari va yo’nalishlari
Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
“Yahudiylar 71 firqaga bo‘linganlar. Nasroniylar 72 firqaga bo‘linganlar. Mening ummatim 73 firqaga bo‘linadi. Ularning hammasi zalolatda bo‘ladilar. Faqat savodi a’zam (mutlaq ko‘pchilik) bo‘lgani hamda mening va ashobimning yo‘lida bo‘lganlar bundan mustasno” Payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Bani soida saqfasida Xazraj qabilasining sayidi Sa’d ibn Uboda yoniga to‘plandilar. Ayni paytda musulmonlardan birining Abu Bakr oldiga kelib, Bani soida saqfasida ansorlar Rasululloxga xalifa saylash uchun yig‘ilganlarini xabar berishi e’tiborga loyiq. Chunki xuddi shu ma’lumot musulmonlar o‘rtasida xalifa saylash bir qator murakkab ixtilofiy muammolar bilan amalga oshishidan xabar beradi. Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob va Abu Ubayda ibn Jarroxlar Sa’dning betob bo‘lishiga qaramasdan, ansorlarga ma’ruza kilayotgan paytiga etib keldilar. Muhojirlar xalifani Quraysh qabilasidan saylanishini xohlar edilar. Chunki Quraysh qabilasi Arabiston yarim orolida nufuzi yuqori edi. Agar xalifa boshqa qabiladan saylansa, davlat ichida fitna oralashi shubxasiz, chunki muxojirlar birinchilardan bo‘lib payg‘ambarga iymon keltirganlar va Makka mushriklarining azoblarini birga totgan edilar.
Ansorlar esa muhojirlardan ko‘ra xalifalikka o‘zlarini xaqliroq deb bilardilar. Ular payg‘ambar qiyin axvolda qolganda unga yordam qilganlar va o‘z shaharlarining to‘rini bo‘shatib bergandilar va u bilan birga mushriklarga qarshi elkama-elka turib jang qilgan edilar.
Muhojirlar xalifalikka Quraysh qabilasining nomzodini qo‘yar ekanlar, payg‘ambarning “Imomlik Quraysh xaqqi”, “Imomlik Qurayshdan, qozilik ansordan va azon chaqirish esa xabashdandir” - degan hadislarini dalil qilar edilar. Ular xalifalikka Umar ibn al-Xattob yoki Abu Ubayda ibn Jarroxning nomzodini ko‘rsatardilar.
Mazkur xalifalikka nomzodlar orasida Payg‘ambarning urug‘idan xalifa saylanish tarafdorlari ham bor edilar. Ular Ali ibn Abi Tolib, Abbos, Zubayr, Fotima va boshqa Xoshim urug‘ining vakillari edi. Ular xalifalikka payg‘ambar oilasidan boshliq saylash ishtiyoqida edilar. Bu guruh xalifalikka Alini, undan keyin uning o‘g‘lini, keyin nabirasini va x.k. saylamoqchi edilar. Ularning ta’birlaricha, o‘rinbosar emas, faqat etakchi imomgina Qur’onni sharx va tafsir qilishi, hadislarni tahlil etishi va shariat ishlarida xukm, fatvo chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun ular payg‘ambar izdoshiga xalifa emas, “Imom” laqabini berganlar.

Download 410.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling