Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

7

boshlaganlarida Umar bilan Zaydga: «Masjidning eshigi oldida o‘tiringlar, kimki 



Qur’ondan ikki kishi guvox;ligida biron narsa olib kelsa, uni yozib olinglar»,—deb 

buyurdilar. Hazrati Umar kimning qo‘lida Qur’ondan biron bir narsa bo‘lsa, olib kelishlikni 

e’lon qildilar. Odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan, har xil narsalarga yozilgan Qur’on 

oyatlari va suralarini olib kela boshladshlar. Agar ikki guvohi bo‘lmasa, ulardan hech 

narsa qabul qilinmas edi. 

Imom Buxoriy: “Ya’ni, o‘sha yozuv Rasulullohning o‘zlaridan eshitib yozilganligiga 

ikki kish guvohlik berishliklari kerak edi», deydilar. 

Zayd bin Sobit zimmalaridagi masuliyatni to‘la his qilganliklaridan bu vazifaga izchil 

yondashdilar. 

Az Zuhayriy rahimahulloh aytadilar: «Bundan maqsad faqat, yod etishning 

o‘zigagina e’tibor kilmasdan, balki, yodlangan va yozilgan ikki manba’ga e’timod qilish 

edi. Vaholanki Qur’onni yod olganlar ko‘p edi. Zayd bin Sobitning o‘zlari ham Qur’onni 

to‘la yod olgan

 

edilar». 



Abu Shommaning aytishlaricha, maqsad shunchaki yod olinganini emas, balki, 

aynan Rosulullohning huzurlarida yozilgan bo‘lishligini isbotlashdan iborat edi. 

AsSaxoviy aytadilar: «Maqsad, yoziladigan narsa Qur’onning nozil bo‘lish tartibiga 

mos ekanligini o‘sha ikki guvoh tomonidan isbot qilish edi». 

AsSuyutiy esa: «Maqsad shu narsa Payg‘ambarning vafot yillarida qilgan xatmlariga 

muvofiq ekanligini isbotlashdadur»,— deydilar. 

Mana shu tariqa, murattab qorilarning qiroatlariga va Rasululloh huzurlarida vahy 

nozil bo‘lish paytida yozilganligi isbotlangan narsalarga asosan Qur’onni sahifalarda jam’ 

qilish nihoyasiga yetdi. Bu ulug‘ ish Abu Bakr Siddiq zamonlarida, ul zotning va Umar bin 

Xattob raziyallohu anhumoning rahbarliklarida amalga oshdi. Abu Bakrning bu xizmatlari 

o‘z davrlarida qilingan ishlarning eng ulug‘laridan biri bo‘ldi. 

Abdulxayr aytadilar: Hazrati Alining: Qur’oni Karim xizmati borasida eng ulug‘ 

savobga ega bo‘lgan kishi Abu Bakrdir, unga Allohning rahmati yog‘ilsin, — deganlarini 

eshitdim». 

Abu Bakr Siddiq Qur’onni jam’ qilgan birinchi kishidir. Bu ish hazrati 

Rasululloh(s.a.v.) ning vafotlaridan olti oy keyin, Yamoma jangida hofizi Kalomulloh 

sahobalarning shahid bo‘lganlaridan so‘ng, hijratning 12-sanasida boshlanib, taqriban bir 

yil davom etdi. Bu ishga boshqosh bo‘lish Qur’oni Karimni to‘la yod olgan va uni to‘liq 

bilganlarning eng mashhuri, vahiylarni yozib olishda doimo hozir, hamda Rasulullohning 

oxirgi xatmlarining guvohi bo‘lgan Zayd bin Sobitga topshirildi. Bu vazifani u zot a’lo 

darajada, 23 yoshlarida bajardilar. Usmon mushafi yozilgan paytda esa, u kishi 35 

yoshda edilar. 

 


Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling