Bu ifodadagi I=mv


Absolut elastik va noelastik urilishlar


Download 301.42 Kb.
bet5/9
Sana15.06.2023
Hajmi301.42 Kb.
#1484785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doc1

4.3. Absolut elastik va noelastik urilishlar
Jismlarning o'zaro urilishida ularning sirtlari bevosita bir-biriga tegadi va deformatsiya yuz beradi. Bunda jismlarning urilishidan oldingi kinetik energiyasi qisman yoki to'la ravishda elastik deformatsiya potensial energiyasiga va jismlarning ichki energiyasiga aylanadi. Ichki energiyani ortishi o'z navbatida jismning haroratini ortishiga sabab bo'ladi. Urilishlarning ikki xil turi mavjud bo'lib, bular - absolut elastik va absolut noelastik urilishlardir.
Avval absolut noelastik urilishni qarab chiqaylik. Plastilin, loy, qo‘rg‘oshin va boshqa shular kabi moddalaming urulishi absolut noelastik urilishga yaqin bo‘ladi. Absolut noelastik urilish shu bilan ifodalanadi, bunda, deformatsiya potensial energiyasi vujudga kelmaydi; jismlarning kinetik energiyasi batamom yoki qisman ichki energiyaga aylanadi, urilishdan so'ng to'qnashgan sharlar yo bir xil tezlik bilan harakatlanadi. yo tinch holatda qoladi. Bu to‘qnashuvda faqat impulsning saqlanish qonuni bajariladi xolos. Massalari m1 va m2
bo'lgan sharlar v1 va v2 tezliklar bilan harakatlanib absolut noelastik to'qnashsin. Impuls saqlanish qonuniga binoan sharlaming urilishdan keyingi impulsi ulaming urilishdan oldingi impulsiga teng bo'lishi kerak, ya’ni m1v1,+ m2v2=(m1+ m2)v'.


Bundan

v1 va v2; vektorlar bir to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalganligi uchun v' vektorining yo'nalishi ham shu to'g'ri chiziq yo'nalishida bo'ladi. 4.4 - rasmdagi hol uchun qaysi bir shaming impulsi katta bo'lsa, urilishdan so'ng ikkala shaming birgalikdagi
harakatining yo'nalishi o'sha v' vektor yo'nalishida bo'ladi, ya’ni impulsi katta shaming yo'nalishida bo'ladi. Bu holda sharlaming urilishidan oldingi impulslari teng bo'lsa, urilishdan so'ng harakat to'xtaydi, ya’ni v'= 0 bo'ladi. Endi absolut elastik urilishni ko'rib chiqaylik. Po‘lat, fil suyagi va boshqa moddalardan iborat jism larning urilishi absolut elastik urilishga ancha yaqin bo'ladi. Bunday urilishda impulsning saqlanish qonuni bilan mexanik energiyaning saqlanish qonuni bajariladi.
Massalari m1 va m2 urilishga qadar tezliklari v1 va v2, urilishdan keyingi tezliklari v1 va v2 bilan belgilangan sharlami olamiz. Impuls va energiyaning saqlanish qonunlarini yozaylik:
m1v1,+ m2v2=m1 v1'+ m2v2' (4.17)

(4.17) va (4.18)ni birgalikda yechib

va (4.19)

Ifodalarni hosil qilamiz.


Ba’zi xususiy hollarni ko‘rib chiqaylik.
1. Sharchalarning massalari har xil bo'lib, ulardan ikkinchisi tinch holatda bolsin (v2 = 0). U holda (4.19) tenglik yordamida urilishdan keyingi tezliklarni aniqlaylik:
;
(4.20) dan ko'rinadiki. sharlarning to'qnashishidan keyingi tezliklari ular massalarining nisbatiga bog'liq bo'lar ekan. Agar m2 » m1 shart bajarilsa, (4.20) ga asosan:
' = - , = 0 (4.21)
boladi. Bunday hol elastik shar devoriga urilganda amalga oshishi mumkin (4.5-rasm). Devorga urilgan absolut elastik shar tezligining qiymati o'zgarmaydi, yo'nalishi esa qarama-qarshi tomonga o'zgaradi. Bu toifadagi urilishlar ideal gaz molekulalarining idish devoriga elastik urilishini va orqasiga qaytishini eslatadi. 2.Urilishda ishtirok etayotgan sharlarning massalari bir xil bolsin (ya'ni m1 =m2). U holda (4.19) ifodalar
' = , =
ko'rinishga keladi. Demak, massalari teng bo‘lib to‘qnashganda ular o‘z tezliklarini almashadi (4.6-rasm).


Download 301.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling