Bu Shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat


Joyda turib xarakatlanishdan yurishga o‘tish


Download 182.58 Kb.
bet5/11
Sana29.01.2023
Hajmi182.58 Kb.
#1139507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gimnastika3

Joyda turib xarakatlanishdan yurishga o‘tish.
Buyruqlar:
«To‘gri-ga!». Chap oyoqdan beriladi. O‘ng oyoq bilan turgan joyda qadamlab, chap oyoq Bilan oldinga xarakat boshlanadi.
«Ikki (uch, to‘rt va xokazo) qadam oldinga (orqaga, yonga)- qadam- Bos!»
Xarakatli to‘xtatish uchun «gurux- to‘xtang!» buyrug‘i (chap oyoqdan) beriladi. O‘ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqnio‘nga juftlaShtiriladi.
Joydan- joyga ko‘chishning turini o‘zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «Bir xil qadamlab- qadam-Bos!», «Xar xil qadamlab- yuring!». Bu buyruqni bergandan keyin, butun gruppa bajargunga qadar sanab borish zarur.
Qdam kengligi va xarakat tezligini o‘zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «O‘zun qadam!», «Kalta qadam!», «Sekin qadam!», «Katta qadam-Bos!», «Yarim qadam-bos!».
Yugurish. Buyruq: «Gurux- yugur!». Agar yurishdan yugurishga utilsa (muzika jurligida), ijro buyrug‘i chap oyoqdan beriladi, o‘ng oyoq bilan qadam o‘tkazilib, chap oyoqdan yugurish boshlanadi. Muzika jo‘rligida yugurishdan yurishga o‘tishda bajariladigan xarakat xam xuddi shunday «Gurux Qadam-Bos!» buyrug‘i beriladi. Agar muzika Jo‘r bo‘lmasa, «Yurish!» buyrug‘i o‘ng oyoqdan berilaveradi.
Xarakat chog‘ida burilishlar. Turgan joyda buriliShda qanday buyruqlar berilsa, xarakat chog‘idagi burilishda xam shunday buyruqlar beriladi. Ungga burilish uchun buyruq o‘ng oyoq qo‘yilgan paytda beriladi, Shundan so‘ng Shug‘ullanuvchi chap oyoqni bir qadam oldinga tashlab, chap oyoqning uchida buriladi va o‘ng oyoq bilan yangi yo‘naliShda xarakat qilishni davom ettiradi.
Chap tomonga burilish uchun ijro buyrug‘i chap oyoq qo‘yilgan paytda beriladi. Burilish o‘ng oyoq uchida amalga oshiriladi.
Orqaga burilish uchun «Ortga yur!»- buyrugi beriladi. Ijro buyrugi ung oyoq qo‘yilgan chog‘ida beriladi, shundan so‘ng shug‘ullanuvchi chap oyoq qo‘yilgan chog‘ida beriladi, shundan so‘ng shug‘ullanuvchi chap oyoq bilan bir qadam oldinga qadamlaydi va o‘ng oyoqni yarim qadam oldinga tashlab turib, shu oyoq uchida beriladi xamda chap oyoq bilan yangi yo‘nalishda xarakat qilishni davom ettiradi.
Xarakat chog‘ida burilishda (ayniqsa orqaga burilishda) ijro buyrug‘i berilgandan so‘ng, xarakat maromini saqlash uchun sanab borish maqsadga muvofiqdir.
Shug‘ullanuvchilar, o‘ngga va chapga burilishi yaxshi o‘rganib olganlaridan so‘ng, orqaga burilishni o‘rgatish uchun, ularni qismlarga bo‘lib o‘rgatgan ma`kul.

Download 182.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling