Bu Shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat


Download 182.58 Kb.
bet1/11
Sana29.01.2023
Hajmi182.58 Kb.
#1139507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gimnastika3


SAF VA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
2.1.Saf mashqlar
Saf mashqlari – bu Shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‘ulotni tashkil etish marom va sur`at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvoffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo‘lib harakat malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo‘lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari 4 guruhga bo‘linadi:

1.Saf usullari


2.Saflanish va qayta saflanish
3.Joydan - joyga ko‘chish
4.Orani ochsh va yaqinlashtirish


Saf – Shug‘ullanuvchilarning birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko‘ra joylanishidir.
Mashg‘ulotda safni o‘quvchi va talabalar guruh raxbari yoki boshlovchisi, o‘quv bo‘linmalarini boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi:
Zich saf – Shug‘ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft kengligida (tirsaklar o‘rtasi)oralig‘ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qo‘l uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf – Shug‘ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o‘qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir.


Saf usullari- turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlardan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati eng avvalo Shundan iboratki, ular yordamida intizomlilik va uyuShqoqlik tarbiyalanadi.
«SAFLANING!»- bu buyruqqa ko‘ra Shug‘ullanuvchilar safga turadilar.
«TEKISLANG»,- «O‘rtaga qara!», «Chapga qarab tekislan!».
«ROSTLANG!»- bu buyruqqa ko‘ra saf tik turish holatini qabul qiladi. U
gimnastikada asosiy tik turish holatiga to‘g‘ri keladi.

Download 182.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling