Bu Shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat


Qanot bilan oldinga yurib xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish


Download 182.58 Kb.
bet6/11
Sana29.01.2023
Hajmi182.58 Kb.
#1139507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gimnastika3

Qanot bilan oldinga yurib xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish.
Buyruqlar:
(boshlanishi) «O‘ng (chap) qanot ilgarilab Qadam-Bos!». Bu buyruq bo‘yicha gurux qatorni bo‘zmasdan, chap qanotdagining atrofida yuradi, u esa joyda odimlab, tekislikni saqlagan xolda butun qator Bilan birgalikda buriladi.
(tugashi) «Tug‘ri-ga» yoki «Turgan joyda- yuring!» yoki «Gurux- to‘xta!».
Aylanib yurish. Buyruq: «Chapga (o‘ngga) aylanib –yuring!». Agar buyruq xarakat chog‘ida berilsa, u xolda «Yuring!» ijro buyrug‘ izalning (maydonchaning) burchagida berilishi kerak.
Diagonal bo‘ylab xarakatlanish. Buyruq: «Diagonal bo‘ylab- yuring!».

Teskari yunalishda xarakatlanish. Bu –butun ketma-ket katorning boshlovchi orkasidan teskari yunalishda xarakat qilishidir. Buyruk: «Ung (chap) tomondan teskari yunalishda- Qadam-Bos!».2
Qarama- Qarshi qatorlar oralig‘i- bir qadam.
Ilon izi bo‘lib yurish. Bu birini- ketin bajarilgan bir necha teskari yunalishlardan iborat yurishdir. Buyruqlar: a) O‘ng (chap) tomondan teskari yo‘nalishda- Qarama-Bos!», b) Ilon izi bo‘lib- Qadam-Bos!».
Doira bo‘lib yurish. Buyruq: «Doira bo‘ylab-qadam-bos!». Ijro buyrug‘i zalning (maydonchaning) o‘rtasidan beriladi, undan keyin doiraning xajmini belgilash uchun shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa aytiladi.
Orani ochsh va yaqinlashtirish. Orani ochsh- saf oraligi yoki masofasini o‘zoqlashtirish usullari. Yaqinlashtirish- orasi ochilgan safni zichlashtirish usullari.
Orani ochsh. (Saf nizomi bo‘yicha olingan). Buyruq: «O‘ngga (chapga, o‘rtadan va chapga) ikki ( va xokazo) qadamga- keng-gay!». Agar qadamlar soni aytilmasa, oraliq bir qadamga ochiladi.
Orani ochish boshlagan: kishidan tashqari, hamma o‘ng tomonga (chapga, o‘ngga va chapga) burilib, yonida turuvchi bilan uning orasida talab qilingan, masofa xosil bo‘lgunga kadar yuradi va saf oldi tomon burilishadi. Buyruq berilgandan keyin oqituvchi xamma shug‘ullanuvchilar safda o‘z joyiga turgunga kadar «bir- ikkilab» sanab turadi. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruq beriladi: («Chapga) o‘ngga, o‘rtalikka- yig‘iling!». Xamma xarakatlar teskari tartibda bajariladi.
Shu orani ochsh va yakinlashtirish yugurib bajarilishi mumkin. Buyruq berishda «yugurib» so‘zi qo‘Shiladi.
Juftlama qadamlar bilan orani ochsh. «O‘rtadan (o‘ngga, chapga) ikki qadamga juftlama qadamlar bilan- orani oching!» buyruq berilgandan keyin, o‘qituvchi orani ochsh tugagunga kadar «bir- ikkilab» sanab turadi. Orani ochshni chetdagi katorlar (yoki kator) boshlaydi. Keyinchalik navbatma- navbat xar ikki sanodan keyin, qolgan katorlar orani ochadilar. Orani yakinlashtirish uchun kuyidagi buyruk beriladi: «O‘rtalikka (o‘ngga, chapga) juftlama qadamlar bilan- yig‘iling!». Hamma qator baravariga yaqinlash boshlaydi. O‘qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir- ikkilab» sanab turadi.
Topshiriq bo‘yicha orani ochsh. Masalan, «Bir- biringizdan ikki qadam masofada turing!», «Qo‘llarni yonga o‘zatib orani oching!» va xokazo.
O‘qituvchi qatorlarda zarur bo‘lgan masofaga kuygan boshlovchilarga qarab orani ochsh mumkin.



Download 182.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling