Buxdupi 1-2mig‘-21 guruh talabasi Hamroyeva Ruxsoraning 7-maydan 23-may sanasigacha Armechan mfyda o‘tagan amaliyot hisoboti


“Xotira muqaddas, xotira abadiy “


Download 20.76 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi20.76 Kb.
#1540268
1   2
Bog'liq
hisobot

“Xotira muqaddas, xotira abadiy “ nomli kecha tashkillashtirdik. Bu kechamizda xalqimizning qalbidan o`zining munosib o`rniga ega bo`lgan, mahallamiz rivojiga o`zining be,innat xizmatini baxshida qilgan qishloq faollarimizni yod etdik va ularning oila a`zolariga ozgina bo`lsada yordam qo`llarini cho`zishga harakat qilindi. Bu kunimizda ham o`zimizdan bir ozgina bo`lsada o`chmas iz qoldirishga harakat qildik. 19-may kuni kunimiz yana zavq shavqqa to`la holatda boshlandi. Bu kuni biz mahalla yoshlar yetakchimiz bilan birgalikda mahalla yosh vakillari o`rtasida “ Quvnoqlar va zukkolar “ tanlovini tashkillashtirdik. Tadbirimiz 2ta shartdan iborat edi. har bir shart bo`yicha guruh a`zolari o`zlari tayyorlab kelgan ishlarini namoyish etib berishdi va tomoshabinlarning to`xtovsiz qarsaklariga sazovor bo`lishdi. Tadbirimiz orqali biz ham oz muddatga bo`lsada kulib, madaniy hordik chiqarishga erishdik. Tanlovda “SETALON” jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. 20-may kuni jamiyatimiz uchun siyosiy ahamiyatga molik bo`lgan mahalla fuqarolar yig`ini raisimizga saylov bo`lib o`tdi. Saylovda 3nafar nomzod taqdim etilgan edi. Har bir nomzodimiz saylovdan oldin o`zlarining dasturlari va 3yilga mo`ljallangan amalga oshirishni rejalashtirgan vazifalari haqida tushuncha berib o`tdilar. Saylovda Ravotoyim qishlog`ida yashovchi 1985-yilda tug`ilgan Q.X.Toshpo`latov nomzodlari xalqimiz vakillari tomonidan ko`p ovozni yig`ib raislikka saylandilar. Saylov hududimizda joylashgan 18-maktab sport zalida bo`lib o`tdi. Saylov yakuni boyicha rayosat komissiya a`zolari o`z fikrlarini bildirib o`tdilar. Saylov 9:00da boshlanib, 11:00da yakunlandi. 21-may kuni soat 8:00da Mahalla fuqarolar yig‘inimizga tashrif buyurdim. 9:00da 18-maktab o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intelektual o‘yinini tashkillashtirdik. Zakovat inteletual o‘yinida 2nafar jamoa ishtirok etdi. O‘quvchilarga 11ta savollarni taqdim etdik. Shundan “Liderlar” jamoasi 5, “Zukkolar” jamoasi 4ta savolga to‘g‘ri javob berib, 5: 4 hisobi bilan “Liderlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbirdan so‘ng MFYga qaytdik va Ayollarning onlayn platformasini shakllantirdik. 23- may amaliyot faoliyatimizning oxirgi kuni. Bugun soat 9: 00da MFY ga keldim. 1- navbatda ayollarimizga bandlik yuzasidan berilgan ko‘mak ishlarini o‘rgandim va tahlil qildim. MFY raisimizdan shartnoma hujjatimizni 2nusxada tayyorlab oldim va u kishi tomonidan menga amaliyot yakuni bo‘yicha tavsiyanoma taqdim etildi. Men malakaviy amaliyotimiz natijasida mahallada yuritiladigan normativ huquqiy hujjatlar, nizom dasturlari, ayollar, temir va yoshlar daftari yuritilish asoslarini o‘rgandim. Yoshlar yetakchisi va xotin- qizlar faoliyati yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlar bilan tanishdim. Amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirlar, tanlovlar bayonnomasini shakllantirish va hisobot taqdim etib o‘z ish faoliyati natijasini himoya qilib berishni o‘rgandim. Bu amaliyotim kelajakda menga o`z faoliyatimda asqotishiga to‘liq ishonaman va institutimiz, MFYmiz tomonidan menga amaliyot o‘tashimda yaratib berilgan imkoniyat uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
1-2 Mig‘-21 guruh talabasi Hamroyeva Ruxsora
Download 20.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling