Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi
Download 0.76 Mb.
|
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI
Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI FANIDAN MA’RUZA MATNLARI Ma’ruzachi dotsent G.A.Xudoynazarova mavzu. Yuqori molekulyar birikmalar haqida asosiy tushinchalar Reja YuMBlar, oligomer, polimerlar. Makromolekula va uning kimyoviy zvenosi. Polimerlanish darajasi va zanjir uzunligi. Polimerlarning tirik tabiatdagi roli. Polimerlar haqidagi fanning rivojlanish tariхi. Polimerlar kimyosi fanini rivojlantirishda O’zbekiston olimlarining хizmatlari YuMBlаr, оligоmеr, pоlimеrlаr. Mаkrоmоlеkulа vа uning kimyoviy zvеnоsi. Pоlimеrlаnish dаrаjаsi vа zаnjir uzunligi Аtrofimizni qurshagan хilma-хil va son-sanoqsiz moddalarning hammasi molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgandir. Moddaning kimyoviy хossalarini o’zida saqlab qoladigan eng mayda zarrachalar molekula deb ataladi. Molekula parchalansa, mazkur moddaga хos bo’lgan хususiyat yo’qoladi va molekula atomlarga ajraladi. Аtomlarning har bir ayrim turi kimyoviy element deb ataladi. Hozirgi vaqtda 109 element, ya’ni 109 xil atom bor. Аtomlar o’z og’irligiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, ularning og’irligi «kislorod birligi» (kislorod birligi - kislorod atomi og’irligining o’n oltidan bir qismiga teng; kislorod atomining og’irligi esa 0,000 000 000 000 000 000 000 026 608 grammga teng) deb ataluvchi birlik bilan o’lchanadi va shu birlik bilan o’lchangan og’irlikni «atom og’irlik» deb yuritiladi. Molekula atomlardan tashkil topganligi sababli molekulaning ham og’irligi bor, bu og’irlik ham yuqoridagi birlik bilan o’lchanadi. Molekulaning uglerod birligi bilan o’lchangan massaga «molekulyar massa» deyiladi. Molekula og’irligi molekulani tashkil etgan hamma atomlar massasining yig’indisiga teng. Masalan, suv molekulasi ikki atom vodorod va bir atom kisloroddan tashkil topgan bo’lib, uning molekula og’irligi 18 ga teng, Chunki kislorodning atom massasi 16 va vodorodniki esa 1 ga tengdir. Agar kundalik turmushimizda iste’mol qilinadigan qandni olsak, uning molekulasi murakkabroq bo’lib, 12 atom uglerod, 22 atom vodorod va 11 atom kisloroddan tashkil topgan bo’lib, molekula massasi 342 u.b. ga tengdir. Qand molekulasidan murakkabroq va kattaroq bo’lgan yog’ molekulasi esa 57 atom uglerod, 110 atom vodorod va 6 atom kisloroddan tuzilgan va uning molekula massasi 860 u.b.ga teng. Tuxum oqini, ipak, paxta tolasini olsak, ularning molekulalari shu qadar kattaki, og’irligi bir necha yuz mingdan to milliongacha bo’ladi. Shuning uchun ularni yuqori molekulali birikmalar yoki polimerlar (poli - ko’p , mer - o’lchov) deb ataladi. Shunday qilib, moddalarni quyi molekulali (suv, qand, tuz va hokazo) va yuqori molekulali - polimer (kauchuk, tola, oqsil) xillarga bo’lish mumkin ekan.
Monomer - Polimerlarni olish uchun ishlatiladigan dastlabki moddalarga aytiladi. Polimer - Molekulada bir yoki bir necha faol funksional guruhlar bo’lsa quyi molekulyar moddalar monomer molekulalarining o ’zaro birikishidan hosil bo’lgan modda. Makromolekula - Yuqori.molekulyar birikmalarning molekulasi 100 ta, 1000 ta va undan ortiq atomlarning o ’zaro kovalent bog’lanishdan hosil bo ’lgan molekula. Polimerlanish darajasi - Makromolekuladagi elementar soniga aytilad yoki polimerlanish darajasi - bu son, makromolekulada nechta monomer birikkanligini ko’rsatadi Makromolekula formulasining polimerlanish darajasi odatda struktura (monomerli) bo’g’in o’z ichiga olgan holda qavsdan tashqarida "n" indeks bilan belgilanadi: (CH2-CH2-)n (CH2-CH-)n QH5 Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling