Melaminformaldegid smola
Bu smola melamin yoki sianamid trimeri bilan formaldegidning kondensatlanishi natijasida hosil bo’ladi. Melaminformaldegid smola suv, quyosh nuri va issiqqa chidamliligi jihatdan karbamidformaldegid smoladan afzal turadi. Smola tiniq va yaxshi mexanikaviy xossalarga ega. Bu smola ham karbamidformaldegid smola kabi asosan yelim, yog’och plastiklar tayyorlashda ishlatiladi. U elektr tokini o’tkazmaganligi uchun elektr asboblarga zarur plastmassalar va laklar sifatida keng ishlatiladi. Bu smolaning ba’zi xossalari quyida keltirilgan:
Ortacha molekulyar massasi 2000-5000
Zichligi 200C, g/sm3 1,45 - 1,55
Elastik moduli, Mn/m2 50-55
Issiqqa bardoshliligi (Martens bo’yicha) 0S 160-240
22
Mustahkamligi, Mn/m (kgs/mm )
Cho’zilishda 35-50
Egiluvchanligi
60-90
Siqilishda
120-150 6 - 8 - 30 1,5-2,0
22
Zarbiy qovushqoqlik, Mn/m (kgs/mm )
Sovyuqqa bardoshliligi (mo’rtlik harorati), 0S
Suv yutuvchanlik (1 soat qaynatganda), %
Savollar
Zamonaviy makromolekulyar tuzilish nazariyasining asosi nimalardan iborat?
Tabiiy polimerlarga misol keltiring 3.Sun’iy polimerlarga misol keltiring
Viskoza tolasi qanday olinadi 5.Sintetik polimerlarga misol keltiring
Mis-ammiak tolasini olishini tushuntiring
Asetat, karboksiletilsellyuloza tolalarni olish yullarini yozing.
8.Sellyuloza asosidagi sun’iy tolalarning ishlatilish sohalarini ayting.
9.Organik va anorganik polimerlarning farqi nimada?
Polimerlar kelib chiqishi bo’yicha nechiga bo’linadi?
Monomer deb nimaga aytiladi?
Polimer deb nimaga aytiladi?
Polimerlanish arajasi deb nimaga aytiladi?
Polimergomologik qatorga misol keltiring
Gomopolimerlarga misol keltiring
Do'stlaringiz bilan baham: |