rekombinatsiya va disproportsiya mexanizmlarda borganligi uchun. 6. Zanjirni (aktiv markazni) uzatilish reaktsiyasi ketganligi uchun.
1, 2, 3, 6
4, 5, va 6
2, 4, va 6
2 ,3 va 6
9.Shtaundenger formulasi yordamida qanday molekulyar massali polimerlarning molekulyar massasini topish mumkin?
500 dan 100 000
300 dan 100 000
300 dan 110 000
600 dan 100 000
Molekulyar og’irligi 140000 ga teng bo’lgan polietilenning polimerlanish darajasini aniqlang.
5000 B)100 C)1000 D)500
0’rtacha soniy molekulyar massani topishning osmometr usuli qanday intervalda qo’llaniladi?
40 000- 1000000
100 000 - 1000000
40 000- 500000
10000 - 500000
Polimerlar molekulyar massasini aniqlash mumkin bo’lmagan usul?
Krioskopiya
Osmotik bosimni ulchash
Funktsional guruhlarni aniqlash
Sedimentatsiya usuli
Qanday polimerlar odatda monodispers bo’ladi?
tabiiy
molekular massasi katta bo’lgan
molekular massasi kichik bo’lgan
sintetik
Adabiyotlar
Christopher S. Brazel, Stephen L. Rosen. Fundamental principles of polymeric materials // Published by John Wiley & Sons, Inc., Hoboken, New Jersey. Published simultaneously in Canada, 2012. -427 p.
Seymour/Carraher's Polymer Chemistry: Sixth Edition, Revised and Expanded, Charles E Carraher, Jr. -Marcel Dekker, Inc., New York, Basel, 2003.- 902 p.
Babaev T.M. Yuqori molekulyar birikmalar. -T.: “Fan va texnologiya”, 2015, 528 bet.
CeM4rnoB Ю.Д. Высoкoмoлeкyлярныe сoeдинeния. М.: Aсaдeмa 2005, 367 с.
Internet saytlari
http://www.chem.msu.ru.
http://www.rushim.ru
mavzu. Polimerlarni sintezi. Radikal polimerlanish
Reja
Polimerlarni sintez qilishning asosiy usullari. Zanjirli va bosqichli polimerlanish.
Radikal polimerlanish. Radikal polimerlanishni inisirlash.
Fotokimyoviy polimerlanish. Inisiatorlar. Radiasion polimerlanish. Termik polimerlanish.
Radikal polimerlanish bosqichlari. Rivojlanish, uzilish va zanjir uzatilish reaksiyalari. Kinetik zanjir uzunligi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Ingibitorlar. Boshqaruvchilar
Polimerlarni sintez qilishning asosiy usul^n. Zanjirli va bosqichli
polimerlanish
Kirish qismida yuqori molekulyar birikmalar haqida umumiy ma’lumot berilishi bilan bir qatorda, bu birikmalarning tuzilishi va ularning tabiatda uchrashi haqida muhim ma’lumotlar berildi. Yuqori molekulyar birikmalarning olinish jarayonini chuqur o’rganish bilan hosil bo’layotgan yuqori molekulyar birikmalarning xossalarini oldindan aniqlash mumkin. Molekulyar massani ortib borishi bilan makromolekulaning asosiy xossalarini keskin o’zgarishi bu jarayonni nazorat qilib borish imkonini yaratadi. Shu sababdan makromolekulaning tarkibi, polidispersligi, tuzilishi, uning molekulyar massasi polimerning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan omillardir. Shuningdek, makromolekula zanjirida monomer bo’g’insining ketma-ket joylanishi va uning fazoviy tuzilishi, zanjirda bir xil kimyoviy xossali monomer bo’g’insining bo’lishligi va joylanish tartibi yuqorida keltirilgan xususiyatlarning asosini belgilaydi. Hosil bo’layotgan yoki sintez qilinayotgan yuqori molekulyar birikmalarning o’lchami, polimerning qanday uzunchoq yoki tarmoqlanganligi, molekula massasini katta yoki kichik bo’lishligi polimerlanish jarayonini o’rganish asosida yotadi. Binobarin, yuqori molekulyar birikmalar olishning asosiy usullari va jarayonlarini o’rganib turli tuzilishga ega bo’lgan hamda sanoat uchun qimmatli texnik xossalar namoyon qiladigan polimer materiallarini olish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |