Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 86.93 Kb.
bet17/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

Toshlar ham uyg’ondi – yondi lolazor,

Yoddan chiqqan tog’lar yodlandi takror.

Maysalar uyg’ondi – boshida tojlar,

Ko’mdi qora rangli ko’ylagin tuproq.
Kurtaklar uyg’ondi, bir xil og’ochlar

Ming xili gul bo’ldi, ming xili yaproq.

Nasimlar uyg’ondi, birdan jaranglab,

Ochildi bog’larning yo’qolgan tili.

She’rda boshdan-oyoq bahor fasli madh etiladi. Шoira бунda o’simliklar dunyosi предметлари orqali bahor fasliga ishora etuvchi so’zlardan foydalanadi: lolazor, maysalar, kurtaklar, gul, nasimlar kabi. “Ko’mdi qora rangli ko’ylagin tuproq” misrasida shoira bahor faslining kirib kelishi bilan maysalarning unishi jarayonini ramziy ifodalaydi.

Шoiraning қуйидаги she’rida ҳам o’simliklar dunyosi orqali bahor faslining ramziy ifoda этилганini kuzatish mumkin:

Daraxtlar kiyingan gul libos,

Og’rig’in oladi ko’zimning.

Yugursam, yugurar so’qmoqlar,

O’zimni qoldirmas hech yolg’iz.

O’tirsam, maysalar quchoqlar,

Shivirlar kiyik o’t ham yalpiz.

Shoira bahor faslini qanday tarannum etsa, boshqa yil fasllarida ham xuddi shunday go’zal ramziy ifodalardan foydalanadi. Masalan:



Ilk bora tik qadding egildi yerga,

Oq gul emas, oq paxta, bilding.

Nafis oq ko’ylaging qoraydi terdan,

Silliq qo’llaringni chanoqlar tildi.

ilk bor yomg’irlarning to’riga tushding,



Uchding shamolli kun yelkanlarida,

Loy kechding, ich-ichdan titrab uvishding,

Isinding qamishzor gulxanlarida.

Ushbu she’rda kuz faslining manzarasini ochib berish uchun Q.Rahimboyeva oq paxta, chanoqlar kabi so’zlarni qo’llaydi. Har qanday o’quvchi bu she’rni o’qiganida, so’z kuz fasli haqida ketayotganini darrov payqaydi. Yozning o’rtalarida ekilgan paxta o’simligi kuzga kelib ochiladi. Ochilgan paxtalarni terib olish maqsadida barcha muassasalar, korxonalar ushbu jarayonga jalb qilinadi. Shoira she’rda aynan mana shu holatni chizib beradi. Paxta terish jarayonining o’ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Шoira ana shunday hodisalarni she’rga tizish orqali o’sha muhitni o’quvchiga ta’sirli tarzda yetkaza olgan. Bunday тасвир Abdumajid Azim she’rlarida ham o’z ifodasini topgan:



Bu bizning quvonchdir o’zgalarga yot,

Oppoq xirmonimiz osmon shiftida,

Bu bizning azobdir, ko’tardi azot

Qizlar xirmonlarni mitti kaftida.

Oppoq xirmon – paxta xalqimizning milliy boyligidir. Shoir birgina paxta образи orqali куз vaqti манзарасини tasvirlashga erishadi.

Buxoroning ko’zga ko’ringan shoirlardan Sadriddin Salimovning ijodida ham ana shunday tabiat tasvirining ohorli o’xshatishlarini uchratamiz:

Kurtaklar daraxtning o’ylari,

Daraxtning o’ylari gullaydi.

Kurtaklar daraxtning kuylari

Kuylari iqboldan so’ylaydi.

Ushbu she’rda shoir bahor tarovatini kuylaмоқда. Bahor faslinining uyg’onish, yangilanish fasli ekaniga ishora qilмоқда: Kuylari iqboldan so’ylaydi. Bahor fasli ta’rifi orqali шоир ўқувчини kelajakka ishonch ko’zi bilan qarashga undaмоқда.

Shavkat Rahmonning “Ochiq kunlar” nomli to’plamidan joy olgan bir qator she’rlarida ham tabiat tasvirini кузаtish mumkin. Бунга шоирнинг “Sehrgar qiz” deb nomlanuvchi she’ridaн қуйидаги парчани мисол қилиш мумкин:

Birdaniga barcha daraxtlar

Qovjiratib to’kadi bargin.

Uxlab qolar sho’x o’spirinlar

Xafa bo’lgan bolalar kabi…

Badiiy adabiyotda xazon tashbehini, одатда, шоирлар insonning hayotidagi alamli kunlari тасвирини ifodalashda qo’llashadi. Ushbu she’rda ham kuz tabiatiга хос tasvir орқалi bolalarning tushkun kayfiyati акс эттирилган. Bundan хulosa шуki, har bir fasl o’ziga xos qandaydir ramziy ma’no ifodalashga xizmat qiladi: bahor umrning eng go’zal onlari hisoblansa, kuz hayotning dardli kechinmalarиni ifodalaydi.

Xurshid Davron o’zining she’rlari bilan allaqachon o’quvchi- kitobxonlarning yuragidan joy olib ulgurgan shoirлардандир. U so’z qadrini teran his eta olgan, ohorli tashbehlari orqali kitobxon qalb torlarini cherta olgan shoir sanaladi.

Daraxtlarning rangi qorayib,

Bog’da esdi achchiq kuyundi.

Kuz yo`llari misli qora ip

Cho`zildilar – yomg’irlar yuvdi.

Шоир “Qishloqqa qaytish yoki Umrzoq Laylakning o’limi” шеърида кuz faslini ta’riflar ekan, unda ro’y beradigan tabiat hodisalariga sirli ravishda ishora etadi. Daraxtlarning kuz kelishi bilan barglarini to’kishi – xazonrezgilik hodisasini tasvirlab, bu barglarning yoqib yuborilishini va bu havoning ifloslanishini she’riy misralar bilan ramziy bayon etadi: Daraxtlarning rangi qorayib, Bog’da esdi achchiq kuyundi.

Yomg’ir – bahor va kuz faslining xarakterli bir-biriga o’xshash xususiyati hisoblanadi. Ammo vazifasi jihatdan tubdan farq qiladi. Bahorda yomg’ir maysalarning unishiga, daraxtlarning kurtak yozishiga xizmat qilsa, kuzda esa daraxtda qolgan barglarni to’kishga xizmat qiladi. Bu jihatdan ikki faslning yomg’iri bir-biriga zid bo’lib qoladi. Shoir ana shu hodisani “Kuz yo`llari misli qora ip, Cho`zildilar – yomg’irlar yuvdi” misralari orqali ifoda etadi. Shunga o’xshash, kuzning xazonrezgilik fasli ekanini va bu faslni inson kayfiyati bilan bog’lab shunday yozadi:

Ko`zini yumadi, g’amgin dalalar

xayolga bostirib kirar ushbu on.

Paxtazor… Charchagan yerni allalar

namxush xazon isi va telba osmon.

Shоир шундай бадиий маҳоратини қуйидаги шеърий мисраларида ҳам ёрқин намоён эта олганини кузатиш мумкин. Жумладан:



Qora yomg’ir va yolg’izlik, qorong’i chorbog’ –

G’amgin qushlar karvon bo`lib ko`chib ketadi.

Yomg’ir yuvgan daraxtlardan eng so`nggi yaproq

Uzilar-u yurak kabi uchib ketadi.

Yoki яна:



Qora tunda so`ldi yaproq –

So`nggi yaproq.

Vujudlarda so`ndi titroq,

Tindi tuproq.

Yuqorida ta’kidlab o’tилganidek, ushbu she’rий мисраlarda ham shoir o’simliklar, табиат ҳодисалари тасвири ва образи orqali vaqtga, ya’ni yil fasllariga ishora qilyapti. Shoir bu misralar воситасида umrning o’tkinchi ekanligiga ishora qilmoqda. Shunga o’xshash ramziy o’xshatishlarni Abdumajid Azim she’rlarida ham uchratish mumkin:



Yana qaytayapsan horg’in izingga,

Sarg’aygan qirlarga to’ymaydi nigoh.

Yo’llar, masofalar oqar izingdan

Yaqinlab keladi qadrdon qishloq!

Yoki:


Fasllar sarg’aydi, unutib o’zni,

Porloq ahdlaringni tingladim shoyon.

Fasllar sarg’ardi o’pib yuzimni,

Rostgo’ydir fasllar, fasllar yolg’on.

Ikkala she’rda ham kuzga ishora qiluvchi ramziy so’zlar mavjudki, bu she’rni o’qib kuz fasli manzaralarini beixtiyor ko’z oldimizga keltira olamiz. “Sarg’aygan qirlarga to’ymaydi nigoh” yoki ikkinchi she’rda “Fasllar sarg’aydi, unutib o’zni” deya, шоир kuz fasli orqali dardli insonning qiyofasini ko’rsatib bera олган.

G’azal mulkining sultoni bo’lmish Alisher Navoiy bir g’azalida:

Sarig' og'rig' bo'ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,

Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir qahrabo, –

deya dard-u alamini xazonlar orqali ramziy tasvirlaган эdi. Bundan kelib chiqadiki, badiiy adabiyotda insonning g’am-anduhini ifodalash uchun kuz faslidan ramziy ma’noda foydalaniш, кuzning oltin tusi insonning g’amdan sarg’aygan yuziga o’xshatilиши бадиий анъана бўлиб, замонавий шоирлар ижодида ҳам давом этиб келмоқда.




Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling