Buyuk kashfiyot egalari. Nobel mukofoti sovrindorlar


Download 63.5 Kb.
bet3/3
Sana10.03.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1257625
1   2   3
Bog'liq
7 мавзу 1 вариант

Kelib chiqishi shvestiyalik bo’lgani bilan, u franstuz, nemis, ingliz va rus tillarini mukammal bilar va ularni o’z ona tiliday ardoqlar edi. A.Nobel ko’p vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga bag`ishlagan bo’lsa-da, bu narsa unga jahon adabiyoti durdonalaridan tuzilgan ulkan kutubxonani tashkil qilishiga halal bergan emas.
Umrining so’ngi yillarini San-Remoda o’tkazgan A.Nobel, yurak xastaligiga uchraganligiga qaramasdan, adabiy asarlar yozish bilan ham shug`ullandi hamda bu sohada ham o’tkir qalam soxibi ekanligini namoyish etdi.
Insoniyat tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk olim va ajoyib fazilatlar egasi Alfred Nobel 1896 yil 10 dekabr kuni olamdan o’tdi.
Nobel olim sifatida fanning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Shuningdek o’z hayoti davomida ko’p marta homiyliklar qilgan, ayniqsa shogirddari va iqtidorli yosh olimlarga.
Nobel ilm-fan bilan shug`illangan olimlarni doimiy ravishda qo’llab quvatlash va rag`batlantirish zarur deb hisoblagan. Balki shuning uchundir ham umrining oxirida bu fikrni amalga oshirish maqsadida o’zining korxonalaridan tushgan daromadning ma’lum bir qismini ilm-fanning ravnaqi yo’lida sarf qilishni ma’qul topdi. Ushbu g`oya uning vasiyatida o’z aksini topdi va kelajakda (1900 yil 29 iyun) uning nomi bilan ataluvchi jamg`armaning ta’sis etilishiga asos yaratib berdi.
Alfred Nobelning etuk shaxs va buyuk olim ekanlagini aniq tasavvur qilishimiz uchun uning qoldirgan vasiyati bilan tanishishni ma’qul ko’rdik.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling