Buyuk kashfiyot egalari. Nobel mukofoti sovrindorlar
Download 63.5 Kb.
|
7 мавзу 1 вариант
Buyuk kashfiyot egalari. Nobel mukofoti sovrindorlar Insoniyatning uzoq yillik rivojlanish tarixi fan va jamiyat o’rtasida murakkab munosabotlar va bir biri bilan juda qattiq o’zaro bog`lanishning mavjudligini ko’rsatadi. Ilgarilari fan insoniyat taraqqiy etishida jamiyatning kundalik xayotida unchalik katta qiziqish uyg`otmagan. Buyuk kashfiyotlargina onda-sonda katta universitetlarda salgina bo’lsada ilm fanga, shu jumladan fizika va astronomiyaga qiziqishni uyg`otar, keyin esa yana ilgarigi hol davom etardi. Qadimiy Grestiyaning mashhur sarkardasi Aleksandr Makedonskiy (eramizgacha 356-323 yil) hukumat boshida bo’lgan davrda ellinizm eppoxasini asoschisi sifatida hamda grek madaniyatini dunyoga tarqatish maqsadida har bir bostirib olgan hududlarda o’z davriga mos “ilmiy” muassasa hisoblangan markazlar (madrasalar, kutubhonalar va boshqa muassasalar) qurgan va olimlarga (asosan grek olimlariga) ijod uchun ba’zibir shart-sharoitlar yaratgani xaqidagi ma’lumotlar balki to’g`ri bo’lsada, lekin tarixda bu qoidadan ko’ra ko’proq istisnodir. Ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, iqtisodiy o’sishga erishish kabi muammolar har qanday mamlakat uchun ilm-fan bilan ularni aloqadorligni kuchaytirish zaruriyatini talab eta boshladi. Ilm-fanga nihoyatda ehtiyoj ortib bordi. Natijada jamiyat, fan va texnika o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bora-bora o’zgara boshladi. Ilm-fanning intellektual potenstiali samarali rivojlanishi va uning ravnaqi uchun, jamiyatda turli moddiy va ma’naviy rag`batlantirishlar vujudga kela boshladidi. Davlat hamda davlatlararo miqyosida hilma hil ilmiy yutuqlar bo’yicha ko’rgazma va tanlovlar o’tkazilishi, halqaro mukoffatlar ta’sis etilishi va ular bilan tantanali taqdirlanishlar boshlandi, ilm-fan va jamiyatning o’zaro mujassamlanishi yuqori darajaga ko’tarila boshladi. Ta’sis etilgan nufuzli mukoffotlar ilmiy jamoalarga, buyuk olimlarga ayrim fan va ilmiy yo’nalish bo’yicha qilgan ishlari uchun mukofot va medallar bilan taqdirlanadi. Masalan: 40 yoshga to’lmagan buyuk matematiklar uchun “Filds” mukofoti; astronavtika sohasidagi ulkan yutuqlari uchun “Gugengeym” mukofoti; Angliyada o’zlarining buyuk vatandoshlari (ayrim hollarda, chet ellik olimlariga ham) uchun “Vollaston”, “Rezerford” hamda “Reyli” medallari; Amerika qo’shma shtatlarida texnika sohasidagi yutuqlari uchun “S.Bellantayn” nomidagi Oltin medal; Rossiya Federastiyasining eng yuksak ilmiy mukoffoti hisoblangan, yiliga bir marta bitta Rossiyalik va bitta chet ellik olimga berilishi mumkin bo’lgan “Lomonosov” medallari ta’sis etilgan; birinchi marta 2008 yil iyunida mukofotlash marosimi o’tkaziladigan yangi o’ta nufuzli Fred Kavli fondining mukofoti ta’sis etilgan. B u mukofot astrofizika, nanotexnologiya va neyrofan (tibbiyot) sohasidagi buyuk yutuqlar uchun berilishi rejalashtirilgan. Mukofot ta’sischisi Fred Kavli: “Birinchisi (astrofizika) eng katta, ikinchisi (nanotexnologiya) – eng kichik, uchinchisi (neyrofan) esa - eng muhim insoniyatning ilmiy muammolarini echishga mo’ljallangan” deb mukofotning mazmunini ochib bergan. Mukofotning miqdori 1 million AQSh dollariga teng. Mavjud qator mukofotlardan yana biri, 1901 yilda ta’sis etilgan va hozirgacha eng nufuzli bo’lib hisoblanayotgan Alfred Nobel mukoffotidir. Shunday ekan ushbu mukoffotining ta’sis etilish tarixi, uning ilm-fanning rivojlanishiga qo’shgan hissasi, ahamiyati va mohiyati haqida batafsil to’htalib o’tamiz. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling