Buyuk kashfiyot egalari. Nobel mukofoti sovrindorlar


Download 63.5 Kb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1257625
1   2   3
Bog'liq
7 мавзу 1 вариант

Alfred Nobel. Nobellar sulolasi vakillari XIX asrda dinamitning ixtiro qilinishi o’sha davirgi yirik sanoatchi, moliyachilar o’rtasida katta obro’ga ega bo’lgan. Ushbu sulolaga XV11 asr boshlarida asos solingan bo’lib, Alfred Nobel beshinchi avlod vakili hisoblanadi.
Alfred Nobel - 1833 yilda tug`ilgan, u sayohat qilishni yaxshi ko’rardi, shuning uchun umri davomida juda ko’p sayohatlarga chiqqan.
Alfredning bolaligi Rossiyada o’tgani bois, Peterburgda rus tilini o’rgandi va xususiy o’qituvchilar qo’lida bilim oldi. Bir necha yil Rossiya va Evropaning yirik davlatlarida o’z bilim hamda tajribasini oshirgan Alfred, 1863 yili otasining iltimosiga binoan Shvestiyaga qaytib keldi.
1864 yil oktyabr oyida A.Nobel Shvestiya temir yullar davlat boshqaruvini o’zi yaratgan portlovchi moddalarni tunnellar qurilishida qo’llashga va katta miqdorda ishlab chiqarishga ko’ndirdi. Shunday yo’l bilan "Nitroglisterin, LTD" nomli kompaniya va harbiy zavod ishga tushirildi. Kompaniyaning rahbari ham, muhandisi ham, reklama byurosi, devonxona rahbari ham, g`aznachi ham uning o’zi edi. Bu ishlar orasida u yana ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko’rgazmasini ham tashkil qilib turishga ulgurar edi.
A.Nobel o’z ixtirolariga horijiy mamlakatlar patentlarini olish bilan bir qatorda portlovchi moddalarni ishlab chiqarishni ham yo’lga qo’ya boshladi.
Nitroglisterinli portlovchi moddalar tog-kon ishlarida qo’llashda o’ziga yarasha qiyinchiliklar tug`dirar edi. Alfred sanoat uchun o’ta zarur, lekin havfsiz moddalarni tayyorlash ishlariga astoydil kirishdi, izlanishlar o’z natijasini berdi.
1866 yili Alfred nitroglisterin bilan oltingugirtning aralashmasi asosida yangi modda yaratdi. Bu ixtiro qilingan portlovchi modda "dinamit yoki Nobelning havfsiz portlovchi kukuni" deb atala boshlandi. Bir yildan so’ng esa u o’z kashfiyoti uchun patent oldi.
XIX asrning 80-yillarida Nobel portlovchi moddalarga bo’lgan talabni qondirish maqsadida, Evropaning bir qator mamlakatlarida yangi korxonalar qurdira boshladi.
Bu vaqtga kelib shved muhandisi va ixtirochisi endi buyuk tadbirkor hamda malakali moliyachi sifatida tanilib qolgan edi. Uning umumiy mol-mulkidan oladigan daromadi ham kundan-kunga orta bordi. Shunga qaramasdan, A.Nobel fizika va kimyo sohasidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, yanada samaraliroq bo’lgan yangi turdagi portlovchi moddalar yaratish bilan shug`ullandi. Bunday yangi ixtirolar qatoriga tutunsiz portlaydigan nitroglisterinli porox - ballistitni kiritish mumkin.
Nobel o’z ixtirosiga olgan patentini Italiya hukumatiga sotgani uchun, Franstiya hukumati tomonidan qattiq tazyiqqa uchradi va doimiy yashash uchun Italiyaning tinch va osuda shaharlaridan biri San-Remoga ko’chib o’tishga majbur bo’ldi. U o’z oilasida ixchamgina laboratoriya qurdirdi va tajribalarini davom ettirdi. Laboratoriyada Nobel sun’iy kauchuk va ipak ajratib olish sohasida izlanishlar olib bordi. U Vermlanddagi metall buyum zavodini sotib olib, u erda ham ilmiy laboratoriya tashkil etdi.
A.Nobel o’z hayoti davomida ko’p marta homiylik qilgan, ayniqsa shogirddari va iqtidorli yosh olimlardan hech qachon o’z yordamini ayamagan. Masalan, 1889 yili onasi kasallikdan so’ng olamdan o’tganda, u deyarli barcha boyligini Karolina xirurgiya institutiga taqdim etgan.
O’z qo’l ostidagi xodim va xizmatchilarga nisbatan o’ta talabchan, lekin shu bilan birga ochiq qo’l, otalarcha mehribon va bag`ri keng inson edi.
Yuqorida aytilgan fazilatlarga qo’shimcha qilib yana shuni aytish mumkinki, Alfred Nobel umuman chekmagan, spirtli ichimliklardan yiroq bo’lgan va qimorli o’yinlarga toqati yo’q edi.

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling