Ztransgaz aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil
Download 21.13 Kb.
|
O`ZTRANSGAZ
O`ZTRANSGAZ" AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISh CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA Tarixi
Faoliyatining tashkil etilishi Mustaqillik yillarida sohaning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. 3 may 1992 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning „O’zbekneftgaz“ neft va gaz sanoati O’zbekiston davlat konsernini tashkil qilish to’g’risida"gi Farmoni imzolandi. 23 dekabr 1992 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini „O’zbekneftgaz“ neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish to’g’rida" Farmoni e’lon qilindi. 11 dekabr 1998 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekneftgaz neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini „O’zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to’g’rida" gi Farmoni imzolandi. „O’zbekneftgaz“ MXK — bir butun birlashgan uch pog’onali xolding kompaniya. Kompaniyani amaldagi boshqaruv tizimi „O’zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi PQ-446 son Qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 iyuldagi PQ-906 son „O’zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risida"gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan. Respublika sanoati barqaror, jadal va mos ravishda rivojlanishini, qayta o’zgartirishlar strukturasini chuqurlashtirish, soha komplekslari va sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida uning asosiy sohalarini diversifikatsiyalashga, hamda eksport salohiyati, samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan asosiy vazifalar 2011-2015 yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning muhim yo’nalishlarida belgilab berilgan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 dekabr 2010 yildagi „2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’rida“gi PQ-1442 son Qarori qabul qilingan. Bugungi kunda „O’zbekneftgaz“ MXK neft-gaz sohasining barcha faoliyat yo’nalishlarini ta’minlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pog’onali xolding kompaniyadir. Korxonalari Download 21.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling