Ztransgaz aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali
Download 21.13 Kb.
|
O`ZTRANSGAZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- "O`ZTRANSGAZ" AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISh CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 iyul 2011 yildagi „ Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat Universiteti filiali faoliyatini takomillashtirish choralari to’g’risida“ PQ-1569-son Qarori, ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 29 iyul 2011 yil 06/1-488 son bilan tasdiqlagan Reja, O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Kabinetinig 14 oktabr 2011 yildagi 282-son „I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida maxsus akademik litsey faoliyatini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida“ qaroriga muvofiq 2012 yil neft-gaz sohasida yana bir o’quv muassasa — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida maxsus akademik litsey tashkil qilindi.
„O’zneftgazqazibchiqarish“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’ztransgaz“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’zneftmahsulot“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’zneftgazqurilishinvest“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’zgeoburg’uneftgaz“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’zneftgazinformatika“ Aksiyadorlik jamiyati „O’zneftgazmash“ Aksiyadorlik kompaniyasi „O’zLITIneftgaz“ Aksiyadorlik jamiyati „O’ztashqineftgaz“ Aksiyadorlik jamiyati „Neftgazinvest“ MChJ „O’zbekiston favvora va gaz xavfsizligi bo’yicha harbiylashtirilgan qismi“ Davlat korxonasi „Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti“ Aksiyadorlik jamiyati "O`ZTRANSGAZ" AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISh CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA Gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish bo`yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to`lov intizomini mustahkamlash maqsadida: 1. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi, "O`zkommunxizmat" agentligi va "O`zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining:
2. "O`ztransgaz" AJning asosiy vazifalari еtib quyidagilar belgilansin: magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari, gaz taqsimlash tarmoqlari va uskunalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalarining me’yoriy talablariga amal qilgan holda respublika iste’molchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash; magistral gaz quvurlari tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlarida yagona texnik siyosatni olib borish, bunda ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni hisobga olishhamda tabiiy gazni tashish texnologiyasi va gidravlik balansiga rioya еtish; magistral gaz quvurlari tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlarida tabiiy gazdan oqilona foydalanilishini ta’minlash; zamonaviy hisoblash jihozlari va usullarini joriy еtgan holda gazning qat’iy hisobga olinishi, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish choralari ko`rilishini ta’minlash; еksportga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish va uni tashish bo`yicha ko`rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish. 3. Quyidagilar: "O`ztransgaz" AKning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi, xodimlarning umumiy soni 157 birlik, shu jumladan, boshqaruv xodimlari 109 birlik sifatida 1, 1a va 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin; "O`ztransgaz" aksionerlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari va hududlararo unitar korxonaning tuman (shahar) bo`limlari namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovaga*muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo`yilsin: "O`ztransgaz" AK "O`zkommunxizmat" agentligi tomonidan faoliyatning tegishli yo`nalishida tuzilgan shartnoma va majburiyatlar bo`yicha huquqiy voris hisoblanadi; "O`ztransgaz" AKning hududlararo unitar korxonalari HGK shartnoma va majburiyatlari bo`yicha huquqiy voris hisoblanadi. 5. Idoralararo komissiya tarkibi va O`zbekiston Respublikasida gaz ta’minoti tizimini qayta tashkil еtish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar 5 va 6-ilovaga* muvofiqtasdiqlansin. 6. Idoralararo komissiya (E.R. Shoismatov) "O`zbekneftgaz" MXK va "O`ztransgaz" AK bilan birgalikda:
7. "O`zbekneftgaz" MXK, "O`zkommunxizmat" agentligi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va "Ipotekabank" ATIB bilan birgalikda bir oy muddatda "O`zkommunxizmat" agentligining xorijiy kreditlar va Hukumat qarorlariga ko`ra berilgan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kreditlari bo`yicha qarz majburiyatlari yuzasidan kredit hujjatlariga tegishli o`zgarishlar va qo`shimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida ko`rsatilgan o`zgarishlarni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi kafolatiga tegishli qo`shimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 8. Belgilab qo`yilsinki, "O`zkommunxizmat" agentligi HGKning berilayotgan mulki "O`ztransgaz" AKning soliqlarini hisoblashda soliq bazasiga qo`shilmaydi. O`zbekiston "O`zkommunxizmat" agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalariga ilgari berilgan mulk solig`i bo`yicha imtiyozlar "O`ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalariga joriy еtilsin. 10. "O`zbekneftgaz" MXK va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib,qonunchilikka o`zgartish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim еtsin. 11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin. Download 21.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling