Korporativ boshqaruv fanidan oraliq nazorat ishi
Download 0.82 Mb.
|
bekzod korp bosh.pptx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ipoteka bank aksiyadorlar tuzilamasi
- Korporativ boshqaruvi.
- Moliyaviy natijalar.
Korporativ boshqaruv fanidan oraliq nazorat ishiTursunaliyev BekzodIpoteka banki aksiyadorlik jamiyati
Bank bosh maqsadi.
Xodimlar: Xodimlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlagan holda mas'uliyat hamda tashabbusni rag'batlantiradigan ish muhitini yaratish. Aksiyadorlar : Aksiyadorlarimiz manfaatlarini ko'zlagan holda shaffof va samarali (operatsion mustaqil) ish yuritib, ular uchun yuqori daromadlilikni ta'minlaydigan korporativ boshqaruv tizimini yaratish. Jamiyat: : Jamiyatning mas'uliyatli a'zosi sifatida, sog'lom turmush tarzini rag'batlantirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda loyihalarda atrof-muhitni himoya qilish standartlariga amal qilish. Ipoteka bank aksiyadorlar tuzilamasi1. Ustav kapitali 100%. 2.Jismoniy shaxslar 0.47%. 3. Yuridik shaxslar 99.53% Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz ( O‘z.R. “Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida”gi qonuni, 3-modda). “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan muomalaga chiqarilgan va to‘liq joylashtirilgan aksiyalarning umumiy soni: 2 989 584 338 941 dona. Oddiy aksiyalar - 2 981 532 338 941 dona. Imtiyozli aksiyalar - 8 052 000 000 dona. 1 dona aksiya nominal qiymati – 1 so‘m. Oʼzbekiston Respublikasi “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunining 53-moddasiga asosan, Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar toʼlanganidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʼng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar oʼrtasida taqsimlanishi kerak boʼlgan qismidir. Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, dividendlar - aksiyalar boʼyicha toʼlanishi lozim boʼlgan daromad? yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʼrtasida (ishtirokchilari, aʼzolari oʼrtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari boʼyicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) oʼtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi? Yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, aʼzo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, aʼzo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) koʼpaytirish uchun yoʼnaltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, aʼzosining) qoʼshimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari. Korporativ boshqaruvi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi. Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi. Moliyaviy natijalar.E’tiboringiz uchun raxmat...Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling