Toshkent kimyo-texnilogiya institute yangiyer filiali


Download 18.03 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.03 Kb.
#1542045
Bog'liq
TKTI Yangiyer filiali haqida ma\'lumot


TOSHKENT KIMYO-TEXNILOGIYA INSTITUTE YANGIYER FILIALI
Toshkent kimyo-texnilogiya institute Yangiyer filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 573-sonli qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali tashkil etilgan.
Filial o‘z faoliyatining dastlabki yilini Yangiyer pedagogika kollejini 3-qavatini ijaraga olib ish boshlagan. Bu davrda filial tarkibida 1 ta fakultet (Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi), va 4 ta ta’lim yo‘nalishi (Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi, Texnologik mashina va jihozlar, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish) hamda 2 ta kafedra (Ixtisoslik fanlar kafedrasi, Umumiy fanlar kafedrasi) mavjud bo‘lib 2019-2020 o‘quv yilida 190 nafar talabani o‘qishga qabul qilgan. O‘sha davrda filialning asosiy shtatida atiga 20 ta professor o‘qituvchi mavjud bo‘lib ilmiy salohiyat bor yo‘g‘i 3 % ni tashkil qilgan.
2020-2021 o‘quv yiliga kelib filialda ta’lim yo’nalishlari soni 6 taga yetib, mavjudlariga Oziq ovqat texnologiyasi hamda Konservalash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari qo‘shildi shu bilan bir qatorda shu yili Sirtqi ta’lim shakli ham ochildi. 2020-yilgi Qabul jarayonlarida filalda o‘qish istagini bildirib hujjat topshiragan abituriyentlar soni 2000 dan oshdi. Davlat test markazi imtihonlari natijalariga asosan ushbu o‘quv yilida filialga 900 talaba o‘qishga qabul qildi. Etiborlisi shuki mazkur o’quv yilida filialga 1 vaqtning o‘zida 2000 nafar Talabani o‘qitishga mo‘ljallangan zamonaviy tamirdan chiqarilgan 4 qavatli bino foydalanishga topshirildi.
Hozirgi kunda filial talabalari soni Kunduzgi ta’limda 1400 nafarga yetgan bo‘lib kafedralar soni 2 tadan 4 taga oshirildi. Professor o‘qituvchilar soni 150 nafardan oshiq bo‘lib shulardan 1 nafar akademik, 5 nafar professor, 8 nafar dotsent, 20 nafar katta o‘qituvchi hamda 30 nafar assitsentlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining malakali yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan hamda ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda filialimiz bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlik ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Hamda bir qator ilmiy tadqiqot institutlari ishlab chiqarish korxonalari bilan, shu jumladan.“Yangier temir-beton konstruksiyalari zavodi” UK, “OKMK Sherobod sement zavodi” OAJ, .“Navoiazot” AJ, “Metal beton sanoat” MChJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti” bilan ilmiy tadqiqot hamda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerning unumdorligini oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni talab etmoqda.
Shu bois “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Samsung Injinering” kompaniyasi bilan hamkorlikda ammiak va karbamid zavodi qurish rejalashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda 2022-yilda Turkiyaning nufuzli Universiteti va filial o’rtasida hamkorlik memarandumlari ham imzolandi.
2023-yilning dastlabki oylarida Xitoy xalq respublikasi Tiyanjin fan va texnologiya universiteti olimlari bilan hamkorlikda “Orol dengizi shoʻr koʻli suyuq litiyli manbasidan elaksimon strukturali ionli shpinil yordamida litiyni ekologik toza va samarali qayta ishlash texnologiyasi asoslari” mavzusidagi qiymati 1 millard bo‘lgan loyiha granti yutuldi.
Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling