Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi


Download 39.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1590733
  1   2
Bog'liq
Aziz tashqi taqriz


Buxoro Muhandislik Texnologiya Instituti “Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi 70710103 -Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi ) mutaxasisligi magistranti Najmiddinov Azizbek Isomiddin o’g’li “aminoaldegid oligomerlarining olinishi, xossalari va texnologiyasi “ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TA Q R I Z
Bugungi kunda dunyoda aminoaldegid oligomerlariga yog‘ochni qayta ishlash, to‘qimachilik, plastik massalar ishlab chiqarish, shuningdek ko‘nchilik kabi ko‘plab boshqa sohalarda ham talab oshib bormoqda. O‘zining yuqori fizik-mexanik, shu bilan birga qator texnologik, jumladan termik barqarorlik, adgezion xossalari so‘nggi yillarda aminoaldegid oligomerlari ishlatiladigan sohalarining yanada kengayishiga olib keldi. Aminoaldegid oligomerlari asosida olinadigan yangi materiallarga qo‘yiladigan talablarning o‘sib borishi ushbu birikmalar tarkibi va funksionalligining uning xossalariga ta’sirini o‘rganishning samarali usullarini ishlab chiqilishi bilan bog‘liq tadqiqotlar ko‘lamining kengayishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda oxirgi yillarda sanoatning turli sohalarida sanoat korxonalarining xom ashyo bazasini mahalliylashtirish va ular asosida import o‘rnini bosa oluvchi materiallar ishlab chiqarish borasida muayyan natijalarga erishilmoqda. Magistrant Najmiddinov A. tomonidan tayyorlangan “aminoaldegid oligomerlarining olinishi, xossalari va texnologiyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llashga mo‘ljallangan, xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan oligomerni olishning texnologiyasini yaratish va xossalarini o‘rganishdan iborat.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 70 betni tashkil etadi.
Dissertatsiya ishi kirish qismidan boshlanib, undan oldin magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va lozimligi asoslangan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyektlari va predmetlari tavsiflangan, uning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etish istiqbollari bo‘yicha xulosa qilingan hamda chop etilgan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Dissertatsiya ishining “Adabiyotlar tahlili” deb nomlangan birinchi bobi aminoqatronlar ishlab chiqarishda formaldegiddan boshqa aldegidlar kompozitsion materiallar to‘g‘risidagi tadqiqotchilarning fikr va mulohazalari, aminoaldegid oligomerlarining tavsifi, Mochevina-formaldegidli oligomerlarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi haqida, mochevina qatronlar ishlab chiqarishda formalin yoki mochevinaformaldegidli kompleks birikmalar (forkondensat) konsentrlangan eritmalarning qo‘llanilishi kompozitsiyalarining fizik-mexanik xossalarini takomillashtirishga bag’ishlangan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi ya`ni tajriba qismida Aminoaldegid oligomerlarining olinishi va ularning asosiy xossalarini aniqlash uslullari keltirilgan.
Uchinchi bobda, Modifikatsiyalangan aminoaldegid oligomeri olishning texnologik jarayonlari o‘rganib, optimal texnologiyasi tadbiq qilingan.

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling