Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi


Download 39.5 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1590733
1   2
Bog'liq
Aziz tashqi taqriz

Ishning maqsadi.
xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llashga mo‘ljallangan, xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan oligomerni olishning texnologiyasini yaratish va xossalarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan yangi aminoaldegid oligomeri sintez qilingan;
sintez qilingan aminoaldegid oligomerlari tarkibi, molekulyar massasining komponentlar nisbati, reaksiya davomiyligi, harorat va reaksiya muhit (pH)iga bog‘liqligi aniqlangan;
aminoaldegidli oligomerlarni olish jarayoni, sintez qilingan oligomerlarning strukturasi tahlili va termik barqarorligi asoslangan;
modifikatsiyalangan aminoaldegid oligomeri olishning texnologik asoslari yaratilib, jarayonning optimal texnologik parametrlari aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Magistrlik dissertatsiyasi natijalari bщyicha chop etilgan ishlar ro‘yxati:
Abdukarimov J.Sh., Ramazanov B.G. Aktualnost polucheniya aminoaldegidnыx oligomerov. НАУКА И ОБРАЗОВАНИЕ: ДОСТИЖЕНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ. Materialы IV Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii 28 maya 2021 g. Samara – Saratov
Abdukarimov J.Sh., Haydarov A.A., Ramazanov B.G. Issledovaniye napolnyayuщey sposobnosti aminoaldegidnыx oligomerov.
Abdukarimov J.Sh, Ramazanov B.G. Study of some parameters of modified aminoaldehyde oligomers produced on the basis of urea and formaldehyde. The Peerian journal. Open access, peer reviewed. Volume 5, April,2022
Najmiddinov A. ning dissertatsiya ishini bajarish davomida katta hajmdagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirgan. Aminoaldegidlar va ularning kompozitsiyasiyalarini olinish texnologiyalarini chuqur o’rganib, uni keng yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish jarayonlarida resurslarni tejash ekologik nuqtai nazardan mahalliy xom ashyolardan foydalanish, shu bilan birga import o’rnini bosuvchi va charmni to`ldirish jarayoniga buni tadbiq etish va mavjud muammolarni o’rganish shular jumlasiga kiradi. Mazkur ishlarni bajarish dissertant tomonidan chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Bu borada dissertant o’zining nazariy bilimlari va yaxshi eksperimentator ekanligini namoyon eta olgan. Ish yuqori saviyada bajarilgan bo‘lib, dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati va joriy etilishi olib borilgan tajriba tadqiqotlarga asoslanganligi ishning ishonchligiga yaqqol dalildir.
Yuqorida keltirilgan ijobiy fikrlar, mulohazalar bilan bir qatorda dissertatsiya bo‘yicha ba’zi takliflar va kamchiliklarni ko‘rsatish lozim:
1. Dissertatsiyada ba’zi imloviy xatoliklar mavjud.
2. Adabiyotlar tahlilida ba’zi havolalarda xatoliklar mavjud.
Yuqorida aytib o‘tilgan kamchilik va takliflar ishning mazmun-mohiyatiga ta`sir etmaydi. Najmiddinov Azizbek Isomiddin o’g’li “aminoaldegid oligomerlarining olinishi, xossalari va texnologiyasi “ mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tuzilishi, hajmi, bajarilgan ishlarning ko‘lami, ilmiy va amaliy ahamiyati jihatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi.
Qilingan ishlaning barchasi ijobiy baholanib, ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishini himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi

Buxoro davlat universiteti


“Umumiy va noorganik kimyo”
kafedrasi muduri t.f.n. dot. S.I. Nazarov
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling