Chin eritmalar


Download 18.25 Kb.
bet2/2
Sana16.04.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1359367
1   2
Bog'liq
Eritmalar

SUVLI ERITMALAR

Qattiq kristall moddalarning suvda erish jarayoni bir vaqtda ikki xil jarayon orqali boradi: zarrachalarning sol- vatlanishi (suv bo‘lganda — gidratlanadi) va kristall qa- faslarning parchalanishidan iborat.
8.1-rasmda natriy xloridning suvda erish jarayoni kel- tirilgan. Natriy Na+ va xlorid СГ ionlari NaCl kristali sir- tida bo‘lib, suvning dipol molekulalari bilan gidratlanadi. Musbat natriy ioniga suv dipolining manfiy qismi to‘g‘ri keladi, xlorning manfiy ioniga suv dipolining manfiy qis­mi to‘g‘ri keladi, xlorning manfiy ioniga suv dipolining musbat qismi to‘g‘ri keladi. lonlar va suvning qutblangan molekulalari o‘rtasida dipol ion bog‘ vujudga keladi, nati- jada dipollar qattiq fazadagi Na+ va СГ ionlari orasiga ki- rib, kristallarni uzadi. Bunda erishning yuqori natijada bo‘- lishi, erituvchi molekulalar bilan eruvchi modda zarracha- lari o‘rtasidagi birikish kuchi, zarrachalar o‘rtasidagi tor- tishish kuchiga nisbatan katta bo‘Iadi. Suv molekulasining qutblanishi, boshqa erituvchilarnikiga nisbatan kuchli bo'ladi. Albatta, ushbu xossasiga ko‘ra, suvning ionlanish qobiliyati va juda ko‘p qutblangan birikmalarning kristall qafaslarini parchalash ta’siri namoyon bo'ladi.
Moddaning erish vaqtida issiqlik yutilishi yoki ajralishi namoyon bo‘ladi. Issiqlik yutilishida energiya sarflanadi. Bu quyidagicha ta’riflanadi: bunda modda qattiq holatdan erit- ma holiga o‘tayotganda, kristall qafaslarni parchalash uchun, albatta, energiya sarflanadi, bu energiya erituvchidan olinadi, natijada, eritmaning sovishi kuzatiladi. Eritmaning sovishi qancha yuqori bo‘lsa, kristall qafaslar shuncha mustahkam bo‘ladi va shuncha ko‘p energiya parchalanishi uchun sarf bo‘ladi. Modda erishi natijasida issiqlik ajralishi har doim solvatatsiyaning aktiv kechishini ko‘rsatadi va eruvchi modda bilan erituvchi o‘rtasida birikmalar hosil bo‘ladi.
Issiqlikning sezilarli yutilishi natijasida eriydi, masalan, kaliy nitrat, kaliy yodid, natriy xlorid, kam sezilarli — natriy bromid. Issiqlik ajralishi bilan kumush nitrat, kalsiy gidroksid, kalsiy xloridlar va boshqalar eriydi. Yuqorida ta’kidlaganidek, ko‘pchilik qattiq moddalar o‘z-o‘zidan beixtiyor erish xususiyatga egadir. Eritma tayyorlashda dori moddalarning konsentratsiyasi normadan kam bo‘lganda, masalan:
Rp.: Kaliijodidi 10,0
Aquae destillatae 200 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2—3 mahal.
Kaliy yodidning 1:0,75 nisbatda erishidagi sistemada katta eruvchanlik zaxirasi bor. Ammo ko‘p hollarda erish jarayoni ayrim sabablarga ko‘ra alohida texnologik usullarni qo‘llashni talab qiladi

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling