Chinni xamirdan turli o’yinchoqlar yasash usuli Reja; Chinni xamirdan narsa va buyumlar yasash texnikasi Modellashtirish-badiiy ijodiyotning aniq shakli


Ko’rgazmali metod va o’rgatish usullari


Download 69.5 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1408414
1   2   3   4   5
Bog'liq
Chinni xamirdan turli o’yinchoqlar yasash usuli

Ko’rgazmali metod va o’rgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy
faoliyatga o’rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u
atrof-muhitni o’rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil
sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko’rinishi bilan aloqa o’rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo’lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog’liq bo’ladi. Lekin kuzatishning o’zi ko’rganni tasvirlab berishga to’la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muhim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yo’llariga o’rgatish zarur. Ko’rgazmali metod va o’rgatish usullariga naturadan, rasm reproduktsiyalaridan, namunadan, boshqa ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko’rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko’rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg’ulot yakunida ko’rsatish, ularni baholash kiradi.
Naturadan foydalanish. Tasviriy san’atda naturadan foydalanish
deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko’rinishni tasvirlash tushuniladi.
Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko’ziga nisbatan
naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma’lum bir nuqtai
nazardan turib, predmet ko’rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib
tasvirlash xususiyati mashg’ulot mobaynida o’zgacha idrokning rivojlanishiga
ko’mak beradi.
2. Modellashtirish-badiiy ijodiyotning aniq shakli
Plastilin, loy ishi, chinni xamir tasviriy san’atning haykaltaroshlik va amaliy san’atning muhim turlaridan bo‘lgan kulolchilik, sopoldo‘zlik xalq hunarmandchiligi san’atlari bilan mustahkam bog‘liqdir.
Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko‘radi, qo‘liga oladi, paypaslaydi, kerak bo‘lsa o‘zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo‘yqalam emas balki qo‘ldir, to‘g‘rirog‘i ikki qo‘lidir, shu sababli mahorat darajasi o‘z qo‘llarning egalik darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o‘zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling