Dars ishlanmasi bajardi mirzaqulov L qabul qildi toshpo


Mavzu: Fizikadan masalalar turlari va ularning klassifikatsiyasi


Download 440.66 Kb.
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1769074
1   2   3   4
Bog'liq
metodika seminar 1-top

Mavzu: Fizikadan masalalar turlari va ularning klassifikatsiyasi
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash:

-o‟qituvchi: Bugun sinfda kim navbatchi?
-Navbatchi o‟quvchi: Bugun sinfda menman navbatchi
Sinfda bor 25 o‟quvchi.
16 ta o‟g‟il bola, 9 tasi qiz bola.

  1. O’tilgan mavzuni va vazifalarni takrorlash va tekshirish

Vazifalarni tekshirish: O‟quvchilar sheriklari bilan daftarlarni almashtirib oladilar.O‟quvchilarning diqqati elektron doskaga qaratiladi. Unda uy vazifalari javoblari ko‟rsatiladi. Ekrandagi tayyor javoblarni kuzatgan holda o‟quvchilar sheriklarini ishlagan vazifalarini tekshiradilar va unga mos ballarni qo‟yadilar.
Takrorlash uchun savollar: (“Zakovatli zukko” metodi )
O‟tilgan mavzuni takrorlash uchun “Zakovatli zukko” metodidan foydaliniladi. Bunda mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda o’quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega.
“Zakovatli zukko” metodi o’quvchlarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Doskaga ilingan sonlardandan birini o’quvchi tanlaydi va ushbu son ostidagi savolga javob beradi

3. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni boshlashdan oldin sinf uch guruhga ajratib olinadi. 1-guruh Al-Xorazmiy, 2- guruh Al-Farg’oniy, 3-guruh
Beruniy. Yangi mavzu to’laligicha proyektor orqali ko’rsatilib, tushuntiriladi.

Masalalar turlari

  1. Sifatga oid masalalar (sifatli masalalar)

  2. Hisoblashga oid masalalar (Sonli masalalar)

  3. Grafikka oid masalalar (Grafik masalalar)

  4. Eksperimentga oid masaialar (Eksperimental masalalar).

Sifatga oid masalalar yechish uslubiyoti
Sifatga oid masalalar ilgari va yangi o’rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida beriladi. Sifatga oid masala fizikaning ba'zi bo’limlaridaasosiy bo’lib xizmat qiladi. Berilgan masalani qisqa vaqt ichida fizik mohiyati ochib tashlanadi.
Sifatga oid masalani yechish uslubiyoti ikki asosiy guruhga bolinadi.

  1. Sifatga oid sodda masalalar yoki ularni ba'zida masala - savollar deb ham ataladi. Ular odatda bitta fizikaviy qonunga asosan yechiladi va bunda bir qator mantiqiy xulosalar chiqarish ancha oson boladi.

  2. o’zida bir necha sodda masalani mujassamlashtirgan sifatga oid murakkab masalalar. Ularni yechishda bir qator ancha uzoq mantiqiy xulosalar chiqarish, bir necha fizikaviy qonunlarni analiz qilishgato g rikeladi.

Hisoblashga oid masalalar yechish uslubiyoti (Sonli masalalar
yechish metodlari)Sonlimasalalarni yechish uslubi masalaning murakkabligiga, o’quvchilarningtayyorgarligiga, o’qituvchiningqo’ygan maqsadiga bog’liq.
Sonli masalalarni yechish uslubiyotlari ko’proq matematik jarayonda olib boriladi. Masaian; arifmetik, algebrik, geometrik va grafik usullarga bo’linadi.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling