Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet5/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

2 ЦГВИА РФ, Архив внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись 111/1, дело № 1, опись 132/1, дело № 6.


3 Yoriiqlaming xususiyati va matniy tarkibiy qismlari haqida qarang: Григорьев All. Конкретные формуляры чингизидских жалованных грамот XIII-XV вв. //: Тюркологический сборник. - М., 1978, стр. 198-218.


4 Qarang: Троицкая А.Л. Гаичи, Ганчибоши в Кокандском ханстве (XIX в.) // Тюркологические исследования. М. - Л., 1963. стр. 252.


Muqaddima




Oktyabr to'ntarishidan keyin sho‘rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o*zi- ning istibdod yo‘rig‘iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchi- lik, idoraviy ish yuritish tamoyillariham bu yo‘riq sirtmog‘idan chetda qolmadi. Mohiyatan o‘ta g‘irrom til siyosati tufayli milliy jumhuriyatlardagi tillaming ijtimoiy mavqei pasayib bordi. Turkiston o‘lkasining 1918-yiidagi Asosiy qonunida o‘zbek va rus tillari davlat tili deb e'lon qilingan. Holbuki, o‘sha davrdagi o‘lka nufusining 37 foizini o‘zbeklar, 35 foi- zini qirg'izlar (qozoqlar bilan birga), 17 foizini tojiklar va ati- gi 7 foizinigina ruslar tashkil etar cdi. Bu hoi hisobga olinsa, davlat tilini belgilashdagi mantiqning sog‘lom emasiigini aniq ko‘rish mumkin. Tabiiyki, rasman o^zbek va rus tillari davlat tili deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda idoraviy ish yuritish rus tilida olib borilavergan.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bag‘ishlab 1921-yilda o‘tkazilgan Butun Rossiya konferensiyasi kun tartibiga kiritilgan boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish va hujjatlar bilan ishlash masalasi, shuningdek, mamlakatda bu ishlami muvofiqlashtiruvchi va yo‘lga solib turuvchi max- sus tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining ijtimoiy mavqeini yanada kuchaytirishdan iborat cdi.
Sho‘ro siyosati go^yoki o‘zini «millatlar va tillaming tengligini ta’minlash» tamoyilini amalga oshirganday qilib ko‘rsatish maqsadida jumhuriyatimizda idoraviy ish yuri- tishni o‘zbekchalashtirish borasida ba’zi harakatlami amalga oshirgan. 0‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi 1924-yilning 31 -dekabrida 48-raqamli bir qaror qabul qilgan. Bu qaroming nomi aynan mana bunday: «Ishlami o‘zbek tilida yurgizish ham 0‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mi- tasi huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashtirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida». Ush- bu qaror, unda ta’kidlanishicha, sho‘ro idoralarining ishlarini yerli xalqqa yaqinlashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.


Muqaddima




Qarorda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari va bosh­qa muassasa, tashkilot va korxonalar jumhuriyatning bo‘list (волость) ham uyaz (уезд) doiralarida butun yozuv ishlari- ni faqat o‘zbek tilidagina yurgizishga majbur etish vazifa- si qo'yiladi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasa- larda «ishlami o‘zbek tilida yurgizish bo‘lmalari(ni) tashkil qilmoq», yo‘riqnomalar nashr etish, «yerlik xalqdan amaliy ishchilar (ish yuritish bolyicha) tayyorlamoq» va boshqa tash- kiliy ishlami amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o4ilgan. Bu qaromi joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amal­ga oshirilgan, xususan, maxsus ish qog‘ozlari tayyorlangan. Lekin 30-yillaming 2-yarmidan boshlab o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor rasman susayib borgan. 0‘sha murakkab tarixiyjarayon, xalqlaming milliy o‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv esa hukmron qatag‘on davxining achchiq samarasi ekanligi bugun hech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjat- laming tilini sof o‘zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin- yaqinlargacha «Berildi ushbu spravkani falonchiyevga shul haqdakim, haqiqatan hambu o‘rtoq shul joy da yashab turadi» qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andoza olish tufayli paydo bo‘lgan, ya’ni shaklan o‘zbekcha ma’lumotnomalar yozib kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli «Дана настоящая справка Иванову в том, что товарищ Иванов действительно проживает по такому-то адресу» tarzida bo'lib, bu matn til nuqtayi nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va benuqson. Ammo o‘zbek tilida ayni so‘z tartibini saqlashning o4ziyoq o‘zbek tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish kerakki, bunday hoi boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham kuzatiladi), biron-bir darajada bo‘Isin, o‘zini oqlay olmaydi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tarixdagi ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Ok- tyabr to‘ntarishidan keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi jum-


9



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling