Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet9/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Ish yuritish tili va uslubi


Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq,
noma» ma’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy
«bilmoq» fe’Iidan yasalgan. Shularni hisobga olib, «рапорт»
deyiladigan hujjatni o‘zbek tilida «bildirish» so‘zi bilan nom-
lash mumkin. «Справка» ma’nosini «ma’lumotnoma» so'zi
bemalol ifoda etib kelmoqda.
«Акт» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa
yoki biron-bir fakming to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir
necha kishining guvohligi keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjat-
ni o'zbek tilida «dalolatnoma» so'zi bilan atayverish mumkin,
bu so4z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to4iq aks
ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma
shaklda ckanligiga ishora qiladi. «Инструкция» so‘zi o‘mida
o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin-
ligini keyingi yillardagi amaliyot ko‘rsatib turibdi.
Qisqasi, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari
asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralar-
ning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish
bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan
biri - xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlami ifodalovchi
va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xo-
lis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va
so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud.
Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shim-
chalarini olgan so‘zlar, ko4tarinki-tantanavor yoki bachkana,
dag'al so4zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina
tushunadigan so'zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag'a, isti-
ora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluv-
chi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar mat-
nidagi ifodaning noxolisligiga olib kcladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy
toMiqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga
hujjat chinakam hujjat bo4la olmaydi,
17





Ish yuritish tili va uslubi




bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning sa- maradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘nda- lik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’minlanadi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llana- di. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi: «...tayyor- garlikning borishi haqida», «...qaroming bajarilishi to‘g‘risi- da», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni so1 ray man» kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham binnuncha o‘zi- ga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) za- mondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha yuqori: topshiri(sin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo
'shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ко ‘rib chiqildi, ко ‘rsatib о 'tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasnifiash, mayda qismlarga. ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlar- ning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosa- batlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo'lakli gaplar ko‘p qoilanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mum kin bo‘lgan g‘ayriodatiy so‘z tartibiga yoi qo£yilmaydi.
Hujjatlaming mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish va buyurish amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodaianadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada ham axborot («Eshitildi...»), ham buyu­rish («Qaror qilindi...») o‘z ifodasini topadi.


18



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling