Davlat va huquq asoslari


O`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning huquq va erkinlik tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari


Download 193.65 Kb.
bet7/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

3. O`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning huquq va erkinlik tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari
Huquq va erkinliklar o`rtasidagi keskin yuridik farqni ko`rsatish ancha mushkul ish. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma'lumki, subyektiv huquq bu shaxs yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xulqi chegarasining o`lchovi. Fikrimizcha, bu ta'rif erkinlik tushunchasiga ham mos keladi.
Shu bilan ko`pchilik hollarda, subyektiv huquq haqida gap ketganda, ushbu huquqqa tegishli muayyan burchlar mavjud bo`lib, u huquq subyektlariga ma'lum darajada tegishli bo`ladi.
Masalan, sog`liqni saqlash huquqi e'lon qilinganda, uning tabiatiga ko`ra majburiyat subyektlari sifatida davlat (ayrim hollarda nodavlat) sog`liqni saqlash muassasalari yoki amaliyot bilan shug`ullanuvchi muayyan tibbiyot xodimlari qatnashadilar.
Erkinlik haqida gap ketganda, ushbu erkinlikni rad etish yoki cheklash huquqi hech kimga berilmaganligi ushbu erkinlikni hurmat qilishning majburligi tushuniladi, aks holda tegishli huquqiy javobgarlik mavjud bo`ladi.
Aytaylik, Konstitutsiyada so`z erkinligi berilgan bo`lsa, inson davlatdan ushbu huquq asosida o`z fikrini oshkora qilishiga qarshilik qiluvchi har qanday subyektdan himoya qilishini talab qilish huquqiga ega.
Yuqorida bayon qilingan huquq va erkinlik o`rtasidagi farqlar juda shartli bo`lib, u barcha hollarda ham bir xilda qo`llanilishi mumkin emas.
Masalan, agarda ta'lim berish erkinligi (akademik erkinlik) belgilangan bo`lsa, u holda o`qituvchining bu erkinligini ta'minlash majburiyatining subyekti o`quv yurtining ma'muriyati yoki shu o`quv yurtining homiysi timsolida bo`ladi va ular ta'lim berish erkinligini hurmat qilishlari va kafolatlashlari shart Aks holda ular bu erkinlikni cheklovchilar qatoriga qo`shilib qolishlari mumkin. Shuni qo`shimcha qilib aytish mumkinki, Anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlardagi qonun chiqaruvchi hokimiyat, odatda, konstitutsiyalarda subyektning pozitiv huquqlarini belgilashdan yoki ushbu huquqlarni sanab o`tishdan ko`ra, tegishli erkinliklarning kafolatlanishini afzal ko`rishi e'tiborga loyiq.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari va ikkinchi tomondan, ularning boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o`zaro aloqadorlikni inkor qilish xato bo`lur edi. Zero, umumiy huquq nazariyasidan bizga ma'lumki, burch bu xulqning zaruriy me'yori hisoblanadi. Inson muayyan qoidalarga rioya qilishi kerakki, u o`zining huquq va erkinliklaridan foydalanganida, boshqa kishilarga asossiz ravishda ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to`sqinlik qilmasligi lozim. Konstitutsiyalar hayotiyligini ta'min-lanishining zaruriy sharti–o`z mazmuni va mohiyatini inson va fuqarolar huquq–erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi.
Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarining ajralmas ekanligi takidlanib, uning mavjudligi tegishli burchlarni bajarmaslikka yoki bajarishga bog`liq emas, degan qarashlar mavjud. Fuqarolarning huquqlari esa davlat oldida qator burch va majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq, deb ko`rsatiladi. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, shaxsning armiyada xizmat qilmaganligini ro`kach qilib, uni saylov huquqidan mahrum qilish mumkin emas.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: har qanday huquq va erkinliklarni amalga oshirishni muayyan burchni bajarish bilan bog`lab qo`yish to`g`ri emas. Shu bilan bir vaqtda, inson va fuqarolarning o`z burchlarini bajarishi davlat va jamiyatning normal hayot kechirishi umumiy omil hisoblanadi va nihoyat, shuni qayd qilish kerakki, konstitutsiyaviy burchlar ikki qirraligi, ya'ni insonlarning muayyan burchlari va fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi.
Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy ifodalanishining ikki usuli – pozitiv va negativ usullari mavjud:
a) pozitiv usulda, konstitutsiya subyektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi yoki takidlaydi;
b) negativ usul shunday ifodalanadiki, unga ko`ra har qanday subyektga o`zga subyektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta'qiqlanadi.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling