Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
65 4. ISHLOV BERISHNING IQTISODIY ANIQLIGI Mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot olishga asosan ishlov be- rish aniqligni oshirish orqali erishiladi. Ammo ishlov berish aniqli- gini chegaralovchi omil iqtisodiy omil hisoblanadi. Ushbu amaliy mashg‘ulot uchun [18] adabiyot manbasida keltirilgan ma’lumotlar asos qilib olindi. Uni bajarish uchun yordamchi manbalar sifatida ГОСТ lar, mashinasozlik texnologiyasi bo‘yicha normativ hujjatlar, turli bildirgichlar va xorijiy va mahalliy nashrlardan keng foydalnish talab etiladi. Ulardan foydalnish to‘g‘risidagi ma’lumotlar matnda o‘z o‘rnida berib boriladi. Ishdan maqsad: Ishlov berish xatoliklarining paydo bo‘lish sa- bablari va ularni hisoblash to‘g‘risida tasavvurlar hosil qilish. 1. Nazariy ma’lumotlar Ishlov berish aniqligi to‘g‘risida tushuncha Mashinani konstruksiyalash va tayyorlash jarayonida mustahkam- lik, yeyilishbardoshlik va kinematik hisoblar bilan bir qatorda aniqlik bo‘yicha ham hisoblashlar olib boriladi. Ishlov berish aniqligi degan- da tayyor detalning chizmada qo‘yilgan talablarga va texnik shartlar- ga javob berish darajasi tushuniladi. Xatoliklar doim paydo bo‘lib turishi sababli hech qaysi detalni absolut aniqlik bilan tayyorlab bo‘lmaydi va bu amalda talab qilin- maydi ham. Ishlov berish aniqligini ta’minlash – bu zagotovkaga ishlov berish jarayonida detal geometrik parametrlarining chizmada konstruktor tomonidan ko‘rsatilgan dopusklar chegarasida bo‘lishini ta’minlash demakdir. Detalning yuzalari o‘lchamlari, shakli va nisbiy holatlariga do- pusk ko‘rinishida beriladigan aniqlik detal chizmasida ko‘rsatiladi. Ishlov beriladigan yuzalarning g‘adir-budirligi alohida baholanadi, ammo ishlov berilgan yuzalar aniqligi bilan g‘adir-budurligi orasida ma’lum bog‘liqlik mavjud. 66 Talab qilinayotgan aniqlikni texnolog ta’minlaydi va buning uchun u ishlov berish xatoliklarining kelib chiqish sabablarini aniq tasavvur qila olishi kerak. Ishlov berish natijasida olingan aniqlik quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi. 1. Detal yuzalarining geometrik jihatdan to‘g‘ri shakllardan og‘ishi. Masalan, silindrik yuzalar biroz konus, oval shakliga ega bo‘lishi yoki o‘qlarning siljishi yuz berishi mumkin va h.k.; tekis yuzalar – biroz qabariqlik yoki botiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda yuza shaklining og‘ishlari uning o‘lchamiga qo‘yilgan do- pusk chegarasida belgilanadi. Masalan, val bo‘yinchasiga ishlov be- rishda ruxsat etilgan ovallik va konuslilik odatda diametral o‘lcham- ga qo‘yilgan dopuskning yarmi chegarsida bo‘ladi. 2. Detallar yuzalarining o‘zaro to‘g‘ri joylashishdan og‘ishi. O‘za- ro joylashish xatoligiga detal yuzalarining ekssentrikligi (o‘qdoshlik- dan og‘ish), parallellik va perpendikularlikdan og‘ish, teshiklarning bir-biriga nisbatan joylashishidagi og‘ishlar va h.k.lar kiradi. 3. Detal haqiqiy o‘lchamlarining ruxsat etilgan chegaralardan og‘ishlari. Detalga ishlov berish sermehnatligi hamda narxi ko‘p ji- hatdan talab etilayotgan aniqlikka bog‘liq bo‘ladi va aniqlik oshgan sari orta boradi. O‘lchamlarning chizmada berilgan aniqligiga har xil texnologik usullar yordamida erishish mumkin. Yakka tartibda ishlab chiqarish sharoitlarida bunga har bir zago- tovkani stanokka o‘rnatishda uni tekshirish usuli bilan bazalash, za- gotovkadan sinov qirindi olish va o‘lchash amallarini ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Chizmada berilgan o‘lcham aniqligi ish- chining malakasiga bog‘liq bo‘ladi va ketma-ket yaqinlashish usuli bilan ta’minlanadi. Seriyalab va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlik oldin- dan sozlab qo‘yilgan stanokda o‘lchamlarni avtomatik olish usuli orqali ta’minlanadi. Zagotovka oldindan tanlangan baza yuzalariga qo‘shimcha tekshirishlarsiz o‘rnatiladi. Zagotovkalar partiyasi yetar- licha katta bo‘lganda bu usul ancha samarali hisoblanadi, chunki 67 ishlov berish bitta o‘rnatishda bajariladi va stanokni sozlash ham- da moslashga sarflanadigan vaqt ko‘p zagotovkalarga taqsimlanadi. Bunda ishlov berish aniqligi sozlovchi malakasiga bog‘liq. Sozlovchi kesish asbobni almashtirganda uni sozlaydi yoki o‘tmaslashgan as- bobni rostlash ishlarini bajaradi. Ikkala holatda ham aniqlikka subyektiv faktor ta’sir qiladi. Bu ta’sir o‘lchamli kesish asboblarini (razvertkalar, metchiklar, parmalar, ariqchalar uchun kalibr keskichlar va h.k.) qo‘llash orqali bartaraf etilishi mumkin. Biror yuzani ishlash uchun qo‘llaniladigan har bir ishlov berish usuli, eng avvalo uning aniqligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun texnologik jarayonni loyihalashda talab etilgan aniqlikni ta’minlash uchun xatolikni keltirib chiqaruvchi sabablarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Aniqlikning erishish mumkin bo‘lgan va iqtisodiy turlarini ajra- tib ko‘rsatish mumkin. Mexanik ishlov berishning erishish mumkin bo‘lgan aniqligi deganda yuqori malakaga ega ishchi tomonidan si- fatli asbob va a’lo darajadagi texnik holatda bo‘lgan stanokda chega- ralanmagan vaqt va sarf-xarajatlar evaziga olinadigan aniqlik tushu- niladi. Real ishlab chiqarish sharoitlarida esa ishlov berishning turli usullari uchun sanoatning ko‘p yillik tajribasi asosida ishlab chiqil- gan vaqt, mehnat, material sarflashning afzal va muayyan chegaralari belgilab qo‘yilgan. Yuzaga tanlangan usulda ishlov berilganda ushbu yuzaga ishlov berishning boshqa usullari qo‘llanganga nisbatan kam sarf-xarajatlar bilan olingan aniqlik darajasiga iqtisodiy aniqlik deyiladi. Iqtisodiy aniqlikka ishga to‘liq yaroqli bo‘lgan stanok yordamida, kerakli as- bob va moslamalarni to‘g‘ri qo‘llab va normal ish jadalligi sharoitida erishiladi. Iqtisodiy aniqlik darajasi ishlab chiqarish sharoitlariga qa- rab o‘zgarishi mumkin. Yuzaga biror usul bilan ishlov berishning iqtisodiy aniqligi bu usulni qo‘llash sarflari shu yuzaga ishlov berish uchun yaroqli bo‘lgan boshqa usulni qo‘llashdagi sarflardan ko‘p bo‘lmagani bilan 68 tavsiflanadi. Ishlov berish sarf-xarajatlari bilan ishlov berish aniqligi o‘rtasidagi aloqadorlik 4.1-rasmdagi grafikda ko‘rsatilgan. Agar yassi yuzaga frezalash yo‘li bilan ishlov berish (4.2-rasm, I egri chiziq) va o‘sha yuzani jilvirlash (4.2-rasm, I I egri chiziq) sarf-xarajatlari S ning ishlov berish aniqligi (Δ xatolik) bilan bog‘liqli- gi grafik orqali tasvirlansa, ishlov berish xatoligi qandaydir Δ 1 ga teng bo‘lganda ikkala usul bilan ishlov berish sarf-xarajatlari bir xil bo‘lganini ko‘ramiz (C 1 tannarx). Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling