Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot


Ishlov beriladigan zagotovkani o‘rnatish xatoligi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1305960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77

Ishlov beriladigan zagotovkani o‘rnatish xatoligi
O‘rnatish xatoligi ishlov berishda yuzaga keladigan umumiy xato-
likning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Umumiy holda bu xato-
lik bazalash xatoligi va mahkamlash xatoligi 
vektorlarin-
ing yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
(4.1)
Bazalash xatoligi o‘lchash va o‘rnatish bazalari birlashtirilmagan-
da yuzaga keladi. Bu xatolik o‘lchamga o‘rnatilgan kesish asbobi 
qirrasidan o‘lchash bazasigacha bo‘lgan chegaraviy masofalar ( max 
va min) farqi bilan aniqlanadi. O‘lchash va o‘rnatish bazalari bir-
lashtirilganda bazalash xatoligi nolga teng bo‘ladi. Shuning uchun 
zagotovkaga ishlov berishda uni o‘lcham berilgan yuzaga o‘rnatishga 
harakat qilish zarur. Yakka ishlab chiqarish sharoitida sinov qirindi 
olish usuli bilan ishlov berishda bazalash xatoligi nolga teng bo‘ladi, 
chunki ishchi har bir detal uchun stanokni alohida sozlaydi.
Mahkamlash xatoligi – o‘lchash bazasining olinayotgan o‘lcham 
yo‘nalishi bo‘ylab siljishlarining chegaraviy qiymatlari orasidagi farq. 
Mahkamlash xatoligi zagotovkani mahkamlash uchun ishlatilgan 
siqish kuchi ta’sirida siljishidan paydo bo‘ladi. Bu siljishlar siqish 
kuchi ta’sirida zanjirning alohida elementlari deformatsiyalanishi 
natijasida yuz beradi. Siljishlar o‘q bo‘ylab, radial yo‘nalishda va 
burchak ostida ro‘y berishi mumkin:
Yassi yuzalarga ishlov berilganda bazalash va mahkamlash xato-
liklari vektorlari bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, shu tufayli o‘rnatish 
xatoligi quyidagi formuladan aniqlanadi
(4.2)
Aylanish o‘qiga ega jismlarga ishlov berishda xatolik vektorlari 
har xil burchaklar ostida yo‘nalgan bo‘ladi va o‘rnatish xatoligini eng 
katta ehtimollik bilan 


75
(4.3)
formuladan aniqlanadi.
Mahkamlash xatoliklari qatoriga yupqa devorli vtulkalar, halqalar, 
gilzalarda teshik ochish uchun ularni mahkamlashda yuzaga keladi-
gan xatoliklarni kiritish mumkin. Masalan, uch kulachokli patronda 
yupqa devorli halqani o‘rnatishda (4.3-rasm, a) siqish kuchlari ta’siri-
da u deformatsiyalanib, 4.3-rasm, b da ko‘rsatilgan shaklga keladi. 
Patronga siqib ishlov berilgandan keyin teshik to‘g‘ri aylana shaklini 
oladi (4.3-rasm, c).

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling